«fil» rasmi testi



Yüklə 18,1 Kb.
tarix07.04.2023
ölçüsü18,1 Kb.
#124939
«FIL» RASMI TESTI



«FIL» RASMI TESTI
Odamning jismoni, axloqiy va emotsional holatini baholash imkonini beradigan diagnostikaning turli metodlari mavjud. SHunday metodlardan biri «Fil» nomli rasmli metodika yordamida odamni tadqiq qilish mumkin.
Tadqiq qilinmoqchi bo‘lgan odamga bir varaq oq qog‘oz beriladi va fil rasmini chizish so‘raladi. Daraxt rasmini chizayotib, odam o‘z hayotini u bilan ifoda qilganidek, fil rasmini chizayotib, ham u o‘zini, o‘z muammolarini va hayotga bo‘lgan o‘z qarashlarini ifodalaydi.
Agar filning qulog‘i, ko‘zi, og‘zi, xartumining uchi va umuman sezgi organlari bilan bog‘liq tomonlarini hammasi aniq chizilgan bo‘lsa, demak, ushbu rasmni chizgan odam hayotga etarlicha sezgir, uni ko‘ra olish va eshita olish qobiliyatiga ega.
Sezgi organlari, shu jumladan xartumi chizilgan lekin e’tiborsizlik bilan chizilgan. Eng muhim qism, ya’ni filning oyog‘ida tirnoqlari yo‘q. Bu shundan dalolat beradiki, bu odam pala-partishlik, tartibli emas, puxta emas, hayot sifatiga alohida e’tibor bermaydi, hayotda kichikroq narsalarni ko‘rmaydi.
Agar oyoqlar ham e’tiborsizlik bilan chizilgan bo‘lsa, bu shundan dalolat beradiki, bu odam asosli o‘ylamaydigan odam.
Rasmning tashqi ko‘rinishi mantiqiy proporsional, haqiqiy filni umumiy ko‘rinishi bilan mos kelsa, demak, rasmni chizgan odamda me’yor hissi bor, hayotga kompleks yondosha oladi, garmoniya nima ekanini biladi.
To‘rtta oyog‘i ham bir xil uzunlikda bo‘lsa, bu odamning hayotda etarlicha mustahkamligidan, asosan faqat o‘ziga ishonoshga odatlangandan va o‘zini ishonchli hamda turg‘un his qilishidan dalolat beradi.
Filning boshi dumaloq. Umuman rasmda bunday dumaloqliklar ko‘p. Dumaloqlik ayollik prinsipidagi energiyaning borligidan dalolat beradi. YUmaloqlik ochiq ko‘ngillik.
Katta, yuqoriga qayrilgan dandon tishlar odamning o‘zini himoya qila olish imkoniyati va shunga tayyorgarligini ko‘rsatadi. Agar dandon tishlar chizilgan bo‘lsa, lekin kichkina va yuqoriga qayrilmagan bo‘lsa, bu rasm chizgan odamning tajovuzkor emasligini bildiradi.
Filning boshi bo‘yinga o‘tayotgan joyida, ya’ni boshni orqasida chuqurcha mavjud. Agar bu chuqurcha yaqqol ifodalangan bo‘lsa, demak, rasm chizgan odamning ko‘ngli nozik, u hayotda ko‘p narsalarni unutishni xohlagan bo‘lardi. Filning dum iva xartumi pastga tushgan. Odatda bu fikrlovchi - homush, yuvvosh (bo‘shroq) xarakterni ifodalaydi. Lekin, bu bilan birga rasmda har xil aylanalar va to‘lqinlik bo‘lsa, tasavvur qilish mumkinki, rasm muallifi kayfiyatini o‘zgartirib turishga moyil.
Quloqlar tinch holatda ifodalangan bo‘lsa, joxil yoki nervoz xarakter to‘g‘risida xulosa qilishga asos bo‘ladi. Agar filning quloqlari yuqoriga ko‘tarilgan bo‘lsa, rasm muallifi doim xavfsirash holatida, u hayotdan fitnalar va noxushliklarni kutadi.
Agar fil quloqlari yuqoriga ko‘tarilgan, dandon tishlari ko‘tarilgan, dumi cho‘zilgan, xartumi yuqoriga qayrilgan holatda chizilgan bo‘lsa, demak, odam ortiqcha nevrozlik va tajovuzkorlikka ega. Uni tinchlantirish, unga hayot har doim ham jungli emas, har doim ham ortiqcha safarbarlikni namoyon qilish zarur emas degan fikrni singdirish kerak.
Filni rasmini chizgan odam faqatgina o‘zini rasmini chizgani yo‘q, u qog‘ozda o‘zini muammolarini namoyon qildi. Siz ularni ko‘rar ekansiz, odamga hayotda to‘g‘ri yo‘l tanlashiga yordam berasiz.
Yüklə 18,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin