Filologiya fakulteti


Yigirma.Namangan:yigme,yimekk; o‗g‗uz: yirmа.  O„ttiz



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/50
tarix31.12.2021
ölçüsü0,85 Mb.
#111453
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50
badiiy nutqda shevaga xos sozlarning qollanishi

Yigirma.Namangan:yigme,yimekk; o‗g‗uz: yirmа. 

O„ttiz.O‗g‗uz:ottis; Mank.:ottoz; Jizzax, Namangan:ottuz;  

Qirq. Namangan, Jizzax: qiq//qix; Qarluq:qir; o‗g‗uz: qirq(х). 

Ellik.  Qarluq:elliy,  elluv;  Surxondaryo:  (j.  lovchi):  yelu,  aluv;  Jizzax: 

olliy//elliy;  O‗g‗uz:  elli;  Andijon,  Surxondaryo:  yellig(qisman),  Toshkent: 

alliy//ellik. 

Oltmish.  Jizzax,  Qarshi,  Andijon,  O‗sh:  оlmish;  Farg‗ona:  oltmish; 

Namangan: oltmish//oltmush; O‗g‗uz: oltmsh. 



Etmish.  Forish  (uchma):yetmish;  Namangan,  Qo‗qon,  Qarshi:  yetmush, 

yetmish. 



Sakson.  Andijon,  Farg‗ona,  Namangan,  Qo‗qon:sexsan;  Andijon,  Jizzax: 

sekson; Toshkent: sexson. 



To„qson.  Toshkent:toxsen;  Jizzax,  Farg‗ona,  Surxondaryo,  Qarshi:  toxsen; 

toqsen; O‗g‗uz: doxsen. 



Yuz va ming. Yuz soni komponentlar va affikslar qo‗shilmasi, o‗zbek adabiy 

tilidan farq qilmaydi. Faqat o‗g‗uzlarda: juz, min, qipchoqlarda:min. 



Tartib  son.  Shevalardagi  tartib  sonlar  sanoq  son  o‗zagiga  qarluq  tip 

shevalarda–nchi, -inchi, -lamchi, ayrim shevalarda –unchi (Namangan: uchunchi 

),  o‗g‗uz  tip  shevalarda  –lamchi,  -lenchi,  -  lenji,  -inji,  -ndji,  -lenchi    kabi 

affikslarning qo‗shilishidan yasaladi. Masalan, qarluq:birinchi  kun, o‗ninchi  uy, 

Namangan: tortonch maktap; o‗g‗uz:billamchikalish.  

Dona  son.Sanoq  sonlarning  o‗zagiga  –ta  affiksi  qo‗yilishi  natijasida 

yasaladi.  Masalan,  Namangan:bota;  Qipchoq:  ektа;  Qarluq:  ushtа;  Qarshi:  yettа; 

Namangan: tottа. 

Taqsim  son.  Dona  sondan    so‗ng  –dan//-tan  affiksi  qo‗shilish  natijasida 

yasaladi.  Taqsim  son  yasovchi  affikslar  o‗zbek  adabiy  tilidan  farq  qilmaydi. 

Taqsim sonlar adabiy tildagi kabi  to‗daning (ko‗pning, guruhning) teng qismlari, 

bo‗laklarini  ifodalaydi.  Masalan,  Sh-sabz:  ektadan,  Jiz.:ikkitadan;  Qipch.: 

ekkitadan.  Biroq  o‗g‗uz  tip  shevalarda  sanoq  son  o‗zagiga  dona    son  afffiksi  

qo‗shmay,  to‗g‗ridan-to‗g‗ri  chiqish  kelishigining  affiksi  qo‗shilishidan  ham 




29 

 

taqsim son yasaladi:brdan. Shuningdek, o‗g‗uz tip shevalarda juft sonlar oxiriga –



diyn  affiksi  qo‗shilganda  ham  taqsim  son  yasalaveradi:uch-dortdiyn    go‗ynak 

tikdila. 



Kasr son.O‗zbek shevalari vakillari nutqida kasr sonlar kamroq uchraydi. 

Bu  sonlar  o‗zbek  adabiy  tilidagi  singari    butunning  qismini  (ulushini)  ifodalash 

uchun qo‗llanadi. Kasr sonlar tuzilish e‘tibori bilan boshqa sonlardan farq qiladi, 

chunki  ularni  bir  son  bilan  ifodalab  bo‗lmaydi  va  ko‗pincha  ma‘lum  shaklda 

kelgan  birdan  ortiq  so‗zlarning  birikuvidan  hosil  bo‗ladi.  Kasr  sonlar  bosh 

kelishikdagi  ikki  sanoq  son  o‗rtasiga  chiqish  kelishigining  affiksi  qo‗shilishi 

natijasida    yasaladi.  Masalan,  Qarl.:ushtenbir,  beshtenbir,  о‘nnenbir;  Qipch.: 

juzdenbir, vonnenbir. 

Kasr sonlar taxmin bildirishi mumkin.  Bunday o‗rinlarda  yarim,  choray, 

nimchorey  so‗zlariga dona son affiksi -ta  va chiqish yoki jo‗nalish kelishigining 

affiksi –dan hamda  yaqn,  choreytedeynyeqn. Shevalardagi  chorey(tojik tilidagi 

«chahor» - to‗rt) so‗zi to‗rtdan bir ma‘nosini anglatadi. Nimchorey  2,5 ni ifoda 

etadi. 

Jamlovchi  son.  Jamlovchi  sonlar  sanoq  sonlar  o‗zagiga    qarluq  tip 

shevalarda–av,  ala,  -оv+la+b,  оv+la+p,  qipchoq  tip  shevalarda  –av//ov,  -ovlap 

affikslarining  qo‗shilishi    natijasida  yasaladi.  Bu  affikslar,  odatda,  o‗ndan  past 

bo‗lgan sonlarga  qo‗shiladi va birgalik, egalik ma‘nolarini anglatadi. 



Chama  son.Shevalardagi  chama  sonlar  predmetning  noaniq  miqdorini, 

taxminiy hisobini bildiradi.Ular o‗zbek adabiy tilidagi singari yasaladi. 

Quyidagi affikslar chama sonlar yasaydi: 

1)  la+p   о‘nlap, yuzlap, minglap.  Ta+lәp  ushtalap,beshtalap.    

2)  –ov+lap beshov-beshovlap; beshtala-beshtalap..qipchoq 

3)  –ta+chaolmishtacha,  toxsantacha; 

4)  dona  sonlardan  so‗ng  (xoh  juft,  xoh  yakka  holda  bo‗ishidan  qat‘iy 

nazar) –mi yuklamasi  qo‗shilishi natijasida Surx. (j-lovchi): ontami-ombeshtama 

bar.  Numerativlarga  ham  –cha  affiksi  qo‗shilib  chama  sonlar  yasaladi.  Masalan, 

Qarl.: birbotmoncha keladi,uch  hovuchcha  kelar.  




30 

 

5)  umuman,  sonlarga  va  numerativlarga  chiqish  kelishigi  affiksdan 



so‗ngortiq,  kam,  jichcha,  ko‗p,    qittay    kabi  qator  so‗zlar  qo‗shilib  .  Masalan, 

Qarl.: elliydan  ortiq, elliydan  kam, elliydan  qittay//kichcha ko‗p//kam. 

 

Numerativlar.хасмунка  (50  gr.)  ботмон  (128  kg),  мъръчорай  (2kg), 



қадоғ  (400  gr.),  дахсар  (10  kg.),  пансар//понсар  (5  kg);  сесарo  (240  kg),  , 

нъмчә (500 gr.) , бъреллъ (15 sm.). pul (bir tiyin). 

Kishilik olmoshlari. O‗zbek adabiy tilidagi kishilik olmoshlarining birlik va 

ko‗plik  shakllari  qarluq  tip  (Samarqand,  Farg‗ona,  Marg‗ilon,  Namangan, 

Kattaqo‗rg‗on,  Qarshi,  Qarnob,  Buxoro,  Jizzax,  SHahrisabz,  Turk,  Urgut, 

Toshkent  kabi  shahar)  shevalarda  men,  sen,  u,  biz,  siz||sla,  ula||  ular, 

ўғузшеваларида    men,    sen,  hu  ||  vu,  bizla,  sizla,  hula,  qipchoq  tip  shevalarda 

men,  sen,  u,  bizer, sler, voler  tarzida talaffuz etiladi. 

Qarnob  shevasida  I  shaxs  ko‗plik  kishilik  olmoshi  ko‗plik  affiksini  qabul 

etganda,  qaratqichli  birikmalarda  qaratqich-qaralmish  orasida  o‗zaro  moslik 

bo‗lmaydi. Masalan: bizlen  hovlisi, bzen  permes (bizlarning fermamiz). 

Ko‗rsatish olmoshlari. Shevalarda ko‗rsatish olmoshlari u,  ul,  bu,  bul,  shu, 

shul, shi, vo, vol, shol  tarzida uchraydi. 

So‗roq  olmoshlari.  O‗zbek  adabiy  tilidagi  shaxsni  bildiruvchi  kim,  narsa 

bildiruvchi  nima,  miqdor  bildiruvchi  qancha,  necha,  vaqt  bildiruvchi  qachon, 

maqsad-sabab bildiruvchi nega, nimaga va so‗roq bildiruvchi qani kabi olmoshlar 

o‗zbek shevalarida turli variantlarda, fonetik o‗zgarishlarga yuz tutgan shakllarda 

uchraydi. 

O‗zlik  olmoshi.  Ko‗pincha,  shaxsga  ba‘zan  predmetlarga  nisbatan 

ishlatiladigano‗zlik olmoshi barcha  o‗zbek shevalarida  o‗zbek adabiy tilidagidek 

talaffuz  etiladi.  Quyi  Qashqadaryoning  Taloqtepa  qishlog‗ida  va  ayrim  qipchoq 

tip shevalarda uning voz shakli uchraydi. Masalan: voz  institutga  kirdi. 




Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin