Bo„lishsizlik olmoshlari.Bo‗lishsizlik yoki inkor olmoshlari ma‘nan
belgilash olmoshlarining aksidir. Ular narsa-predmet, voqea yoki hodisalarning
inkor ma‘nosini bildiradi.
O‗zbek shevalaridagi bo‗lishsizlik olmoshlari qarluq tip shevalardahech,
hesh, hich, hish; o‗g‗uz tip shevalarda hech//yesh, qipchoq tip shevalarda hich,
hish morfemalar yordamida yasaladi. Bu morfema yakka holda kamdan-kam
qo‗llanadi.U,
asosan,
dialoglarda
tugallanma
gap
holatida
uchraydi.
Qipchoq:qabing‘ni nan qaldim–hish.
Gumon olmoshlari.Bunday olmoshlar predmet, voqea-hodisalarning
taxminini, noaniq ma‘nosini anglatadi. Ular qarluq tip shevalarda:Namangan:
alanima, allanasa, Toshkent: allakim. Namangan: alaynima, allanassa||annasa,
Toshkent:annarsa, Nam.: kimdur, nmadir, binnama, bitanasa, allanechu,
allaqandag‘, allaqer, allaqat; Surxondaryo (j-lovchi): alla g‘alay bala. O‗g‘uz
tip shevalarida nimadur, kimdur, nimadir kabi shakllarda uchraydi.
O‗zbek shevalarida uchraydigan sifat turkumiga xos so‗zlar adabiy tildagi
kabi biror predmet, voqea-hodisa yoki holatning belgi-xususiyatlarini (rang-
tusini, hajmini, shaklini, xossa-xususiyatlarini, og‗ir-yengilligini, maza-ta‘mini va
hokazolarni) ifodalash uchun qo‗llanadi. Shevalarda sifat kategoriyasidagi so‗zlar
o‗sha shevalarga xos ayrim sifatlarning mavjudligi bilan o‗zbek adabiy tilidan
ma‘lum darajada farq qiladi. Masalan, yuqchi: siptaranna (silliq randa),
parruxadam (lavang odam); Surx: asovat (yuvvosh ot). Toshk: sillu: randa,
32
lapashang// lavang adam, yovvoshot; Surx: dopkarchi (g‗iybatchi), portoqi
(ayyor, noinsof); J.Qirg‗.:kopan (yolg‗on, yolg‗ondaka); Surx: xakar
(yolg‗onchi); Toshk: sotesi sovu:,quru: maxtancho(g‘iyvachchi, tulki//ayyor,
yolg‘ondaka, yolg‘onchi.
O‗zbek adabiy tilida mavjud bo‗lgan oq, qora, sariq, mard, chiroyli kabi
qator so‗zlardan tashqari, shevalarda narsa-predmetlarning xususiyatlarini aks
attiruvchi bir qancha so‗zlar uchraydiki, ularni ham yuqoridagi so‗zlar singari tub
sifatlar qatoriga kiritish mumkin. Masalan: Surx: (j-lovchi): bojir (cho‗tir), xopen
(beso‗naqay), zoxim (badqovoq); yuqchi: davang (katta), donzvak (sodda, oddiy);
Toshk: chotr, besonaqay,zaxar, sodda.
Qipchoq tip shevalarda so‗z oxiri k, q tovushlari bilan tugab, so‗nggi
bo‗g‗inda tor unli mavjud bo‗lsa, so‗z oxiridagi undosh tushadi:achchi, qatti,quri,
toli,
sari,
issi,
tiri,elli.Qarluq
qipchoq
shevalarda
еsa
saqlanadi: achchiq, qattiq, quruq, toliq, sariq, issiq, tirik, ellik.
Yuqchi: lup-luchchek bola (yap-yalang‗och bola). Nam.:op-oshkora guno;
Farishkom-kok o‗t; Surx.: top-toyiz (sip-silliq), zim-ziya, Nam.:sip-siyo, sup-surx
(qop-qora, qip-qizil), Surx(j-lovchi): mag‘aldoq (ezma,mijg‗ov), xakka (sezgir),
(firibgar), хаkar (yolg‗onchi), hoqqi (qo‗pol, dag‗al muomalali), bebovin
(epchil), Surx.: xarav (novcha), bojir(cho‗tir), Qarshi: xo‗ron//suq (ochko‗z).
Surx.(y-lovchi): siyokor (oq-qora), Nam.: mallamish (malla rang), Nam.: kuyindi
qizil (to‗q qizil), yalandi sapsar (och safsar), xalma talqan (tolqon rang).
-li affiksini juftlab ishlatish ham Xorazm shevalari uchun xosdir: aqli-qarali
(olachipor), ivirli-chivirli (bola-chaqali), gajali-gunduzli (kecha-kunduz). Bu
o‗rinda –li affiksi bog‗lovchi vazifasini ham bajarishi mumkin.
Surx.: (j-lovchi): portaqi (qalbaki), jortaqi (yo‗rg‗a)at.
Nam.: olasiqqiz (uzatiladigan qiz).
O‗zbek adabiy tilidagi bilan ko‗makchisi Shevalarda minan , mne (n), milan,
mnam, blan; -man, -mam, -lay, matan (barcha shevalarga xos shakllar), viylan,
vilan (Xorazm), minan (Hazorasp), vulan (Janubiy Qoraqolpog‗iston), bilan
(Mankent) shakllarida uchraydi.
33
Vosita ma‘nosini ifodalovchi o‗zbek adabiy tilidagi orqali ko‗makchisi
shevalardaarqolin, orqalig, orqaliy shakllarida uchraydi.Tosh.: oshe oy оrqaliy
otladi.
O‗zbek adabiy tilida sabab, maqsad ma‘nolarini anglatuvchi uchun,
sababli, tufayli, ko‗rako‗makchilari shevalardauchun, chun, chin (Turk.)uchun ,
ichin (Namangan) sebepli//shuvajdan, shu tupayli, tupaylin (Tosh.)shakllarida
uchraydi. kabiko‗makchisi shevalarda uchramaydi. Bu ko‗makchi funksiyasini
singari, sinorin, qatar, tengi (Tosh., Namangan, Farg‗ona dastur, sinnare,
sangarin (SH-sabz, Turkiston) ko‗makchilari va –dog‘//-da, -day//-dek, -day, -teg,
-lay, -pey//-tay affikslari bajaradi. Tosh.:menem kottela qator bir chetta turdim.
Xorazm
tip
shevalarida
kabi,
singari
ko‗makchilar
vazifasini
diyn//diyn//dayn affikslari bajaradi. Hazorasp: ulliqishdiyn//kishdayin.
Qadarko‗makchisi shevalararo har xil ko‗rinishga ega bo‗lsa-da,lekin
ularning anglatgan ma‘nolari bir xil. Ba‘zi shevalarda qadar//dovur, chovurjo:ul,
do:ur,dovur//chovir (Хоразм) kabi fonetik o‗zgarishlarga uchragan holda
qo‗llanadi.
Tomon ko‗makchisi tomon, tarap (Tosh.), taman,tomon, tarap
ko‗rinishlariga ega. Bu ko‗makchi harakatning yo‗nalish ma‘nosini bildirib,
shevalarda, ko‗proq, bosh kelishik shaklidan ko‗ra jo‗nalish-chiqish, o‗rin-payt
kelishigi shaklida ishlatiladi. G‗az.: yiyit tarapta bazm bolordi.
Turkiston guruh shevalarda chaxti, chaxli so‗zlari ham ko‗makchi
funksiyasida kelib, miqdor, chama, taxmin ma‘nolarini anglatadi: om besh
chaxli adam kedi.
O‗zbek adabiy tilidagi sari, sayinko‗makchilarining shevalarda sari, sayin
(Tosh.), sari (Farg‗ona), soyi (Qarnob), sayin //sayi (Chimkent), sayin
(Xorazm) shakllari mavjud.
Dostları ilə paylaş: |