Filologiya fakulteti



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/50
tarix31.12.2021
ölçüsü0,85 Mb.
#111453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
badiiy nutqda shevaga xos sozlarning qollanishi

 

Xulosa……………………………………………………................................63 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro„yxati ……........................................................66 



 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

KIRISH 



Mavzuning dolzarbligi.O‗zbek  tili  juda  boy  adabiy  an‘analariga  ega.  

O‗zbek    xalqining    butun    tarixi    davomida    yaratgan    yozma    yodgorliklari  

o‗zbek  tilini  o‗rganish  uchun ,  uning  turli  davrdagi  taraqqiyot  bosqichlarini  

belgilash    uchun    boy    manba    bo‗lib    xizmat    qiladi.    Ammo    o‗zbek    tilining  

ba‘zi  xususiyatlari  ularda  keltirilmagan.  Bular  shevaga  xos  so‗zlardir.  Ular  

keltirilgan  ham  deylik,  ularni  to‗g‘ri  izohlash  ham  ahamiyatlidir.   Ta‘kidlash  

joizki,  shevalarni    o‗rganish      tilshunoslik      uchungina    emas,    balki    tarix,  

etnografiya va  boshqa  sohalar  uchun  ham  muhimdir.   

Shevalarni  o‗rganish  til  tarixi  uchun  ham,  xalq  tarixi  uchun  ham  boy  va 

qimmatli  ma‘lumotlar  beradi.  Adabiy  tilda  allaqachon  yo‗q  bo‗lib  ketgan  yoki 

ma‘lum darajada o‗zgarib ketgan leksik elementlar va ayrim grammatik shakllar 

mahalliy shevalarda saqlanib qolgan bo‗lishi mumkin. Bu jihatdan dialektologiya 

til tarixini o‗rganish uchun juda ahamiyatlidir. 

Shevalarni  o‗rganish  o‗zbek  adabiy  tilining  fonetik,  leksik-grammatik 

me‘yorlarini  belgilash  uchun,  shuningdek,  o‗zbek  orfografiya  va  orfoepiyasini 

mo‗tadillashtirish uchun ham  katta  yordam  beradi.Shevalar har  bir  milliy  tilning 

asosini tashkil etadi hamda u milliy-ma‘naviy qadriyatimiz hisoblanadi. Shuning 

uchun ham uni asrab-avaylash, qadrlash zarur. 

Atoqli    o‗zbek    adabiyotshunosi    O.Sharafiddinov    o‗zining      «Adabiyot 

tildan      boshlanadi»    nomli    maqolasida    shunday    yozadi:  "Rangsiz    tasviriy  

san'at,  ohangsiz  musiqa  bo‗lmaganidek,  tilsiz  adabiyot  ham  bo‗lmaydi. 

Adabiyotni  insonshunoslik  deydilar.  Darhaqiqat,  yozuvchi  xilma-xil    insoniy 

xarakterlarni  tadqiq    qilib,    jamiyat    rivojiga  yordam  beradigan  salmoqli 

haqiqatlarni  kashf  qiladi.Biroq    bularning    hammasi  adabiyotda    til    orqali 

ro‗yobqa chiqariladi»

1

 



Shevaga  xos  so‗zlarning  adabiyotda  qo‗llanishi  ko‗p  ishlangan  mavzu  

bo‗lib,  mening  bu  malakaviy  ishim  ulardan  birmuncha  farq  qiladi.  Sheva  

mavzusiga    takror    qaytishimning    boisi    shuki,    shevalar  har  bir  milliy  tilning 

                                                 

1

Sharafiddinov O. Adabiyot tildan boshlanadi // O‘zbekiston adabiyoti va san‘ati, 1986, 5-sentabr



 


 

asosini tashkil etadi hamda u milliy-ma‘naviy qadriyatimiz hisoblanadi. Shuning 



uchun ham uni asrab-avaylash, qadrlash zarur.  Ularni  o‗rganishga  hali  hamon  

ehtiyoj  mavjud.   

Har  qanday  mahalliy  sheva  tilning  quyi  shakli  bo‗lib,  u  adabiy  tilning 

boyishi  uchun  bitmas-tuganmas  manbaidir.  Afsuski,  bizning  tilshunosligimizda 

tilning  taraqqiyotini  sun‘iy  tarzda    tezlashtirishga  intilish,  xuddi  mulkni  

umumlashtirishga  shoshilganimiz  singari  umumiy  tilga  ega  bo‗lishga  shoshilish 

tendentsiyasini uzoq vaqt hukmron bo‗lib kelishi natijasida adabiy til mahalliy til 

-  lahjalarga,  ayrim  mahalliy  lahjalar  bir-birlariga  qarshi  qo‗yildi.  Bu  ham  o‗z 

navbatida,  adabiy  tilni  har  jihatdan  kambag‘allashtirdi,  g‘ariblashtirdi.  O‗zbek 

tilshunosligining  oldida  turgan  eng  dolzarb  masalalardan  biri  Respublika 

hududidagi  barcha  lahjalarni  sinchiklab  o‗rganib  chiqish  va  ulardagi  ko‗plab 

unutilgan so‗zlarni to‗plash, ularni adabiy til xazinasiga olib kirishdan iboratdir. 




Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin