4
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.O‗zbek tili juda boy adabiy an‘analariga ega.
O‗zbek xalqining butun tarixi davomida yaratgan yozma yodgorliklari
o‗zbek tilini o‗rganish uchun , uning turli davrdagi taraqqiyot bosqichlarini
belgilash uchun boy manba bo‗lib xizmat qiladi. Ammo o‗zbek tilining
ba‘zi xususiyatlari ularda keltirilmagan. Bular shevaga xos so‗zlardir. Ular
keltirilgan ham deylik, ularni to‗g‘ri izohlash ham ahamiyatlidir. Ta‘kidlash
joizki, shevalarni o‗rganish tilshunoslik uchungina emas, balki tarix,
etnografiya va boshqa sohalar uchun ham muhimdir.
Shevalarni o‗rganish til tarixi uchun ham, xalq tarixi uchun ham boy va
qimmatli ma‘lumotlar beradi. Adabiy tilda allaqachon yo‗q bo‗lib ketgan yoki
ma‘lum darajada o‗zgarib ketgan leksik elementlar va ayrim grammatik shakllar
mahalliy shevalarda saqlanib qolgan bo‗lishi mumkin. Bu jihatdan dialektologiya
til tarixini o‗rganish uchun juda ahamiyatlidir.
Shevalarni o‗rganish o‗zbek adabiy tilining fonetik, leksik-grammatik
me‘yorlarini belgilash uchun, shuningdek, o‗zbek orfografiya va orfoepiyasini
mo‗tadillashtirish uchun ham katta yordam beradi.Shevalar har bir milliy tilning
asosini tashkil etadi hamda u milliy-ma‘naviy qadriyatimiz hisoblanadi. Shuning
uchun ham uni asrab-avaylash, qadrlash zarur.
Atoqli o‗zbek adabiyotshunosi O.Sharafiddinov o‗zining «Adabiyot
tildan boshlanadi» nomli maqolasida shunday yozadi: "Rangsiz tasviriy
san'at, ohangsiz musiqa bo‗lmaganidek, tilsiz adabiyot ham bo‗lmaydi.
Adabiyotni insonshunoslik deydilar. Darhaqiqat, yozuvchi xilma-xil insoniy
xarakterlarni tadqiq qilib, jamiyat rivojiga yordam beradigan salmoqli
haqiqatlarni kashf qiladi.Biroq bularning hammasi adabiyotda til orqali
ro‗yobqa chiqariladi»
1
Shevaga xos so‗zlarning adabiyotda qo‗llanishi ko‗p ishlangan mavzu
bo‗lib, mening bu malakaviy ishim ulardan birmuncha farq qiladi. Sheva
mavzusiga takror qaytishimning boisi shuki, shevalar har bir milliy tilning
1
Sharafiddinov O. Adabiyot tildan boshlanadi // O‘zbekiston adabiyoti va san‘ati, 1986, 5-sentabr
5
asosini tashkil etadi hamda u milliy-ma‘naviy qadriyatimiz hisoblanadi. Shuning
uchun ham uni asrab-avaylash, qadrlash zarur. Ularni o‗rganishga hali hamon
ehtiyoj mavjud.
Har qanday mahalliy sheva tilning quyi shakli bo‗lib, u adabiy tilning
boyishi uchun bitmas-tuganmas manbaidir. Afsuski, bizning tilshunosligimizda
tilning taraqqiyotini sun‘iy tarzda tezlashtirishga intilish, xuddi mulkni
umumlashtirishga shoshilganimiz singari umumiy tilga ega bo‗lishga shoshilish
tendentsiyasini uzoq vaqt hukmron bo‗lib kelishi natijasida adabiy til mahalliy til
- lahjalarga, ayrim mahalliy lahjalar bir-birlariga qarshi qo‗yildi. Bu ham o‗z
navbatida, adabiy tilni har jihatdan kambag‘allashtirdi, g‘ariblashtirdi. O‗zbek
tilshunosligining oldida turgan eng dolzarb masalalardan biri Respublika
hududidagi barcha lahjalarni sinchiklab o‗rganib chiqish va ulardagi ko‗plab
unutilgan so‗zlarni to‗plash, ularni adabiy til xazinasiga olib kirishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: