62
Xulosa
1.
O‗zbekadabiytilileksikjihatdano‗zbekshevalariningbarchasigaasoslanadivaulardan
zaruriyso‗zlarniqabulqiladi. O‗zbek adabiy tilining leksik normasi ham shu
adabiy til xizmat qiladigan o‗zbek xalqining tiliga, uning barcha shevalariga
tayanadi. Adabiy tilning leksik tarkibini boyitish va uning normalarini
belgilashda vaqli matbuot, yozuvchilar muhim rol o‗ynaydilar.
2. Sheva so‗zlari badiiy matnda yozuvchilar o‗z qahramonlarini o‗zlari
yashaydigan hudud va muhitdan ayirmagan holda, hayotdagidek ishonarli va
jonli, tasvirlar ehtiyojidan kelib chiqib shevaga xos so‗zlarni ishlatadilar. Sheva
so‗zlari mahalliy kolorit, hududiy mansublikni o‗zida aniq aks ettirish bilan
birga badiiy nutqda muayyan estetik funksiyani bajaradi. Biroq dialektizmlarning
estetik qimmat kasb etishi ularning badiiy nutqdagi me'yori, qanday ishlatilishi
va ayni paytda qanday dialektizmlarning qo‗llanishi bilan bog'liqdir.
3. Dialektlar adabiy tilning boyishi uchun tabiiy manbalardan biri bo‗lib
qoladi. Dialektizmlarning adabiy tilga singib ketish jarayoni qiyin kechadi, lekin
badiiy adabiyotning ta‘sirchan kuchi orqali bir asarda qo‗llangan dialektizm
63
keyingi asarlarga o‗tadi va shu tariqa umumxalq mulkiga aylanadi va adabiy tilda
o‗zlashib ketishi mumkin.
4. Dialektizmlardan badiiy asarda turli xil maqsadlarda foydalaniladi.
Ayniqsa, ularning uslubiy vazifasini bajarib kelishi badiiy asar tilining boy va
jozibador bo‗lishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababdan ular adabiy
tilning funksional nutq doirasiga o‗tadi, o‗sha uslubga mos emotsional bo‗yoq
oladi. Yuqorida aytib o‗tilgan fikrlar bilan birga ularning uslubiy vazifasini
bajarishi haqida yana alohida mulohazalar mavjud. Demak, dialektizmlar uslubiy
vazifani bajaruvchi leksik vositalar hisoblanib, bundan foydalanish yozuvchi ijodi
uchun xarakterli xususiyat darajasiga ko‗tarilishi mumkin.
5. Badiiy asarlarda turli mavzularga oid shevaga xos so‗zlar
qo‘llanadi. Bu yozuvchining o‘z qahramonini, xarakterini ochib berishda,
uning yashash muhitini yaqindan his qilishi, so‘zlarni ta‘sir kuchi ortishida
unumli foydalanadi va aynan badiiy adabiyot orqali mahalliy shevalar
ommalashib, adabiy tilga qo‘shilib, uni boyitishi mumkin.
6. Shevalarni bir- biridan afzal jihatini qidirib, u yuzasidan bahs
qilish kulgili. O‗zbek shevalari turli-tuman va g‘oyat qiziqali bo‗lib,
shevalar tilimiz boyligidir.
Qodir Dehqonovning ―Shevalar bahsi‖ she‘ri
Talabalik yillari
Ko‗p tortishuv bo‗lardi.
Bahs kuchayib ba‘zida
Ancha shov-shuv bo‗lardi:
―Qaysi sheva adabiy
Tilimizga mos kelar?
Xalq tilida qay biri
Juda-juda oz kelar?
Qo‗qonda ―aqa-baqa‖.
Toshkentda ―votti-votti‖,
64
Bu qanaqa til o‗zi?‖
Deb o‗tirardi Sotti.
-Hoy, Eshniyoz, ne uchun
―Pichoq‖ni ―pakki‖ deysan?
-Sen o‗zing-chi, Mirgulshan
―Tomchi‖ni ―chakki‖ deysan.
Ne ajab Abdurahmon
―Valish‖ni ―so‗ri‖ desa,
Qurbonali baqrayib
―Qashqir‖ni ―bo‗ri‖ desa.
Tosh o‗rtaga qo‗yib, der:
-Mana shu- oddiy ―paqir‖ .
Agar shu ―chelak‖ bo‗lsa,
Guvohlaringni chaqir!
Qani kim u,- der Soli
―Marvartak‖ni ―tut‖ degan?
O‗qib ko‗rsin ―oyoq‖ni
Navoiy ham ―put‖ degan.
Olar qisti-qafasga
Olim bilan To‗rani,
Ularning ―aybi‖ shuki
―Dovuchcha‖ der ―g‘o‗ra‖ni.
Kimdir der har narsaning
Har joyda bor o‗z oti,
Toshkentda ―narvon‖ bo‗lsa,
Farg‘onada der- ―shoti‖.
Hamid der:- Hoy, ―ko‗k choy‖ni
Nega sen ―oq choy‖ deysan?
―Qora choy‖ni-chi ―pamil‖,
Nega ―yog‘‖ni ―moy‖ deysan?..
65
…Qizigandan qiziydi
Tortishuvlar tonggacha
So‗z qolmaydi lug‘atda
―Ayvon‖u ―shiypon‖gacha…
Deyman: - Do‗stlar, bu so‗zlar-
Elning toshqin soyligi.
Ogoh bo‗ling, shevalar-
Tilimizning boyligi!...
Dostları ilə paylaş: