3.2. Hikmatli so‘zlarning farqli jihatlari
Hayotiy
hodisalar, Alisher Navoiyning pandnomasida salaflarida mavjud
timsollar “Mahbub ul-qulub”da qayta ishlanib yangi g‘oya
va axloqiy-falsafiy
xulosalarga asos bo‘lgan “Guliston”ning “Suhbat odobi zikrida” deb nomlangan
faslida shunday hikmat bor:
Pand: Sayyod be ro‘ze mohiy dar Dahla nagirad va mohiy ba ajal dar
xushk namirad.
“Shayx Sa’diy “hikmati “rizq azliy va umr atoiy” degan ilohiy aqida
zamirida yuzaga kelgan.”
22
“Mahbub ul-qulub”dagi 84-tanbeh
ham anashu ilohiy
aqida va Sa’diy nasihatiga tayanilgan holda yaratilgan.
Tanbeh (84).
Sayyodning baliqqa shast solmog‘i nafs muddaosi uchundur va baliqning ham
qarmoqqa giriftor bo‘lmog‘i ju’ balosi uchun.
Bayt:
Bo‘ldi sayyodg‘au saydg‘a nafs orzusi qayd,
Yo‘qsa ne ul edi sayyod, ne bu erdi anga sayd.
Bu pandlarning har ikkalasida ham bir hodisa haqida so‘z borsada, Shayx
Sa’diy pandida ilohiylik kuchliroq bo‘lib, rizq-nasiba
Allohdan ekanligi
takidlanadi. Navoiy tanbehida esa dunyoviy ruh ustivor bo‘lib, ijodkor bu oddiy
22
hayetov
hayotiy hodisadan nafsparastlik balosi haqida muhim
axloqiy-falsafiy xulosani
keltirib chiqargan.