9. “Mulammaot” (“Shiru shakarlar”)
10. “Mufradot” (“Fardlar”)
Sa’diy, ayniqsa, “Guliston”, “Bo‘ston” asarlari hamda g‘azallari
bilan keng
shuhrat qozongan.
Shoir nomini olamga tanitgan asari “Guliston”dir. Dunyoning juda ko‘p
tillariga tarjima qilingan bu asar 1258-yilda yaratilgan bo‘lib, Sa’diy bu asarida
axloqiy-ta’limiy qarashlarini ibratli kichik hikoyalarga va didaktik lirik she’rlarga
mujassamlantiradi. “Guliston” nasriy axloqiy-ta’limiy asar bo‘lib, sakkiz bobga
bo‘lingan.
I BOB. Podsholarning odati, II BOB.
Darveshlarning axloqi, III BOB.
Qanoatning fazilati, IV BOB. Sukunatning foydalari, V BOB.
Ishq va yoshlik
bayonida, VI BOB. Zaif va qarilik bayonida, VII BOB. Tarbiyaning ta’siri, VIII
BOB. Suhbat odobi bayonida
Sa’diy har bir bobda shu masalalarga muvofiq kichik hajmli ibratli hikoyalar
keltiradi, she’riy parchalarda yoki hikmatli so‘zlarda “qissadan hissa” chiqariladi.
Boblar sarlavhalaridan ko‘rinib
turganidek, bu asar pandnoma ruhida yozilgan
bo‘lib, kitobxonni ma’naviy kamolot sari yetaklash manfaatlariga xizmat qiladi.
Bunday toifalashtirish aslida mumtoz adabiyotimizdagi pandnoma janriga mansub
asarlarning ko‘pchiligiga, jumladan biz yuqorida ko‘rib o‘tgan hazrat Navoiyning
“Mahbub ul-qulub” asariga ham xosdir.
Ba’zi hikoyatlardagi diniy va tasavvufiy g‘oyalar, qissadan hissalar insonning
iymon va islomga bo‘lgan muhabbatini oshiradi, uning ma’naviy maqomining
yuksalishiga ijobiy ta’sir qiladi.
Sa’diy Sheroziy o‘z ijodiyoti bilan Sharq va G‘arb
xalqlari adabiyotiga
samarali ta’sir etdi. Uning “Guliston”idan ilhomlangan Abdurahmon Jomiy
“Bahoriston” asarini, Majididdin Xofiy “Xoriston” va Habib Kaoniy Sheroziy
“Pareshon” asarlarini yaratdilar.
Asar kompozitsiyasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, uning
tarkibiy tuzilishi ham
ma’no- mohiyati singari benuqsondir.Asar muqaddima, sakkiz bob va xotimadan
iboratdir. Muqaddimani Sa’diy an’anaviy
Allohga hamd, Payg‘ambarimiz
(s.a.v.)ga na’t va shu davr hukmdorlari Zangining o‘g‘li Sa’d va Sa’dning o‘g‘li
Abu Bakrlarning ta’rifi bilan boshlaydi:
“Minnat aziz va jalil bo‘lg‘on Xudog‘a mahsuldurki, anga itoat yaqinlikg‘a
sababsur. Va aning shukrida ne’matning izdiyodi sobitdur. Har bir nafaseki,
tubang‘a tushar tiriklikg‘aionat etguvchidur. Vaqtiki, yuqori chiqar vujudg‘a
xursandlik berguvchidur. Bu suratda har bir nafasda ikki ne’mat zohhirdur va har
bir ne’matg‘a shukr vojibdur.
Bayt:
Dostları ilə paylaş: