Xo‘bsurat buzrugu pokizavu sohibjamol.
Na g‘ami devor ummatlarga sandek bo‘lsa pushtibon,
Na qo‘rqunchi dengizidin anga bo‘lsa Nuh kishtibon. (15-bet)
Keyingi qismda “Guliston” kitobining yozilish sababi bayon qilinadi. Unda
adibning behuda o‘tgan umriga achinib toat yo‘liga kirmoqchi va qolgan umrini
toat-ibodatda o‘tkazmoqchi bo‘lganligi va do‘stlarining e’tirozlari bilan yana ular
yoniga qaytishga majbur bo‘lganligi va umri davomida yig‘gan
ilmidan
foydalanib, “mutolaa qilganlarga safo, tinglaganlarga shifo baxsh etadigan” kitob
yozishni maqsad qiliganligi bayon qilinadi. Yana shu qismda zamona hukmdori
haqida so‘z yuritilib, kitobning shul zot va Ollohga bag‘ishlanganligi aytib o‘tiladi.
Shu qismda Sa’diy kitobni sakkiz bobga ajratgani va boblarning nomi haqida
aytilib, quyidagi masnaviy bilan yakunlanadi:
Masnaviy :
O‘shal muddatki, xushlik bizni topti,
Ki hijriy olti yuz ellik olti.
Murodimiz nasihat erdi, aytduk,
Janobi Haqqa topshurdik ketduk. (29-bet)
Dastlabki bob podshohlarning odati bayonida
etiladi va qisqa bir
hikoyat bilan boshlanadi. Bu bobda 41 ta hikoyat bo‘lib, ularda
podshohlarning turli xislatlari ibratli tarzda tasvirlab beriladi. Hikoyatlar
ichida podhohlarga nasihat tarzida adolatli bo‘lish,
karam va saxovatni
mahkam tutish, hasad va johillikdan uzoqlashish, mazlumlarga jabr
yetkazmaslik, askarlar va xalqning farovonligini
taminlash va yana shu
kabilar aytib o‘tiladi. Hikoyatlarda Sabuktagin, Fariddun, Zahhok, Hajjoji
Yusuf, No‘shiravoni odil Iskandar Rumiy kabi hukmdorlar qahramon ifatida
olinadi.
Bobda pand-nasihatlar turli janrlarda keltiriladi. Sa’diy o‘z
nasihatlarini
hikoyatlardan tashqari, 54 ta qit’a, 34 ta bayt, 14 ta masnaviy,
4 ta fard, 3 ta ruboiy, 2 ta nazm va 2 ta she’rga jamlaydi.
Bob Iskandar Rumiy haqidagi hikoyat va shu hikoyat mag‘zini ochib
beruvchi bayt va qit’a bilan yakunlanadi. Unda Iskandarga savol beradilarki,
“diyori mag‘rib va mashriqni nima birla zabt aylading? Zeroki avvalg‘i
podshohlarning xazinalari,
mulki va umri, askari mundin ziyoa erdi. Va
alarg‘a mundog‘ bir fath muyassar bo‘lmadi edi. U shunday javob ayladi
“Alloh taolloning inoyati bilan har mamlakatni zabt ayladim, aning xalqini
ranjitmadim va podishohlarining nomini yaxshiligidan bo‘lak zikr
etmadim.”
Dostları ilə paylaş: