Fiskal instituti “Buxgalteriya va iqtisodiyot” fakulteti “Moliyaviy hisob” fanidan


Ayni paytda Bosh va shuba korxonalari guruhi hisobotiga nisbatan “konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot” atamasining maqsadga muvofiqligi



Yüklə 37,97 Kb.
səhifə5/7
tarix11.05.2023
ölçüsü37,97 Kb.
#126719
1   2   3   4   5   6   7
Konsolidatsiyalashgan hisobot tuzishning asosiy tamoyillari va qoidalari

Ayni paytda Bosh va shuba korxonalari guruhi hisobotiga nisbatan “konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot” atamasining maqsadga muvofiqligi:
- konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzishda aniqlik va qisqalik ta’minlanadi;
- ushbu atama amaliyotda keng qo’llanilmoqda va noaniqlikka olib kelmaydi;
- bunday nom xalqaro amaliyotda qo’llaniladigan atamaga mos keladi.
O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi qonunining 17-moddasida shunday deyiladi:
1. “Shuba korxonalari, filiallari va vakolatxonalari bo’lgan korxonalar konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuzadi.
2. Shuba korxonalarga qo’shilgan hissalar bosh korxonaning moliyaviy hisobotida uning moliyaviy qo’yilmalari sifatida aks ettiriladi.
3. Yuridik shaxslar o’z filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo’linmalarini mustaqil balansga ajratishlari mumkin bo’lib, ularning balanslari va boshqa hisobot shakllarini o’zlarining konsolidatsiyalashgan hisobotiga kiritishlari shart.
4. Konsolidatsiyalashgan hisobotga bosh korxona, uning shuba korxonalari, filiallari va vakolatxonalarining moliyaviy hisobotlari ilova qilinadi.
5. Konsolidatsiyalashgan hisobot buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq tuziladi.
6. Ushbu moddaning talablari vazirliklar, idoralar va byudjet tashkilotlarining jamlama moliyaviy hisobotiga nisbatan tatbiq etilmaydi.”12
7. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shuba korxonalari, filiallari va vakolatxonalari bo’lgan xo’jalik yurituvchi su’yektlar moliya-xo’jalik faoliyatini buxgalteriya hisobini umumlashgan ma’lumotlarini aks ettirishda konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarning o’rni nihoyatda kattadir.
Shuba korxonalari, filiallari va vakolatxonalari bo’lgan korxonalar konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisoboti, shuba korxonlarga qo’shilgan bosh korxona ulushini hisobotlarda aks ettirilish tartibi, yuridik shaxslar o’z filiallari, vakolatxonalari va tarkibiy bo’linmalarini mustaqil balansga ajratish va ularni bitta umumlashgan hisobotda aks ettirilishi, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarga asos bo’luvchi buxgalteriya hujjatlari, konsolidatsiyalashgan hisobotlarni tuzish va uning usullari, ma’lumotlarni jamlash, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni taqdim etish, shuba xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalarni bosh jamiyatning alohida moliyaviy hisobotida hisobga olish tartibini belgilab beruvchi O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-iyundagi 227-sonli “Statistika va moliya hisobotini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori, “Hisob yuritish siyosati va moliyaviy hisobot” nomli 1-son BHMA, “Konsolidatsiyalashgan moliyaviy xisobotlar va shuba xo’jalik jamiyatlariga sarmoyalarni xisobga olish” nomli 8-son BHMA, “Хo’jalik yurituvchi su’yektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlari rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma” nomli 21-son BHMA kabi me’yoriy huquqiy hujjatlar tashkil etadi va bu me’yoriy huquqiy hujjatlar asosida konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni tuzish, taqdim etish tartibi va qoidalari amalga oshiriladi.
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar va shuba xo’jalik jamiyatlariga sarmoyalarni hisobga olish” nomli 8-son BHMA hamda buxgalteriya hisobi va auditning milliy standartlarini ishlab chiqilishi buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirib ko’rsatishda konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot, ularni tuzish va foydalanuvchilarga taqdim etishning yangicha tartibini belgilab berdi.



Yüklə 37,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin