Fiskal instituti “Buxgalteriya va iqtisodiyot” fakulteti “Moliyaviy hisob” fanidan



Yüklə 37,97 Kb.
səhifə7/7
tarix11.05.2023
ölçüsü37,97 Kb.
#126719
1   2   3   4   5   6   7
Konsolidatsiyalashgan hisobot tuzishning asosiy tamoyillari va qoidalari

- qo’shma jamiyat yoki hamkorlik faoliyatining aktiv va majburiyatlari, barcha xarajatlari hamda daromadlari kiritiladi;
- kapitalni umumlashtirish uchun sotib olish usuli qo’llaniladi, ayni paytda birlashtirish usulidan foydalanishga yo’l qo’yilmaydi;
- ozchilik ulushi hisobga olinmaydi va aks ettirilmaydi (bu balans bahosi va yangi qiymat usullarini bir-biriga mos kelishiga olib keladi).
Xulosa.
Хulosa qilib ta’kidlash mumkinki, "mustaqil bo’lmagan" jamiyatlarning moliyaviy natijalari to’g’risidagi hisobotini hisoblash uchun turli kurslardan foydalaniladi. Jumladan, hisobotning balans muayyan moddalari bilan bog’liq moddalari mazkur balans moddalari hisobga olinadigan kurs bo’yicha qayta hisoblanadi. Qolgan barcha moddalar esa muomala amalga oshirilgan paytdagi kurs bo’yicha yoki soddalashtirish maqsadida hafta, oy, chorak yoki yil uchun o’rtacha kurs bo’yicha qayta hisoblanadi. Qayta hisoblash paytida paydo bo’ladigan kurs farqlari “mustaqil” jamiyatlardan farqli ravishda moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda aks ettirilishi lozim.
Konsolidatsiyalashgan balans va moliyaviy natijalar to’g’risidagi konsolidatsiyalashgan hisobot ichki va tashqi foydalanuvchilar tahlil uchun foydalanadigan muayyan miqdordagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Biroq, moliyaviy hisobotning mavhum-matematik tabiatga ega raqamlarining o’zi ko’pgina muhim savollarga javob bera olmaydi. Shuning uchun konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarning asosiy shakllari bilan bir qatorda izoh va tushuntirish xatlari konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarning ajralmas qismi bo’lib hisoblanadi.
Izoh va tushuntirish xatlari konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotning asosiy matni (shakli)ga kiritilgan va kiritlmagan turli aspektlarga keng tushuntirish berish, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotda ko’rsatilgan raqamlarni foydalanuvchilar tomonidan tushunishga yordam beradigan ma’lumotlar bayonini ifodalash maqsadida, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni tuzuvchilar tomonidan foydalanuvchilarga hisobotlar to’liq bo’lishi uchun taqdim qilinadi. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarining izohlari tushuntirish xati ko’rinishida muntazam ravishda tartibga solinadi. Тushuntirish xatlaridagi ma’lumotlar moliyaviy hisobotning qaysi bandiga tegishli bo’lsa, o’sha band ko’rsatilgan holda berilishi lozim.
Yüklə 37,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin