Reaksiya issiqlik effekti ΔHp ishorasi bilan belgilanib ma‘lum reaksiyada ajralgan (yo yutilgan) issiqlik miqdori bilan ifodalanadi, masalan,
SO3(g) + H2O(s) = H2SO4(s) – ΔHp
Bu yerda, g – gaz, s – suyuq holatdir.
Molekulaning hosil bo’lish issiqlik effekti
Hosil bo’lish issiqligi ΔHh.b. ishorasi bilan belgilanib, quyidagicha ta‘rifga ega, ya‘ni 1 mol molekula oddiy moddalardan hosil bo’lganda ajralgan (yoki yutilgan) issiqlik miqdoridir.
ISSIQLIК SIG’IMI
ISSIQLIК SIG’IMI
Issiqlik sig’imi ham issiqlik effekti bilan bir qatorda kimyoviy jarayonlarni harakatlantiruvchi kattalik hisoblanadi. Bir birlik massadan iborat sistemaning temperaturasini bir gradusga oshirish uchun sarf bo’lgan issiqlik miqdoriga issiqlik sig’imi deyiladi.
С – solishtirma issiqlik sig’imi 1 kg yoki 1 g moddani,