II.BOB. O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA ZAMONAVIY INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANIB “MEXANIK HARAKAT TURLARI. HARAKATLARNING MUSTAQILLIK QONUNI” MAVZUSINI O‘RGATISH
1) Umumtaʼlim maktablarining fizika kursida Mexanik harakat turlari. Harakatlarning mustaqillik qonuni
II.BOB. O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA ZAMONAVIY INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANIB “MEXANIK HARAKAT TURLARI. HARAKATLARNING MUSTAQILLIK QONUNI” MAVZUSINI O‘RGATISH 2.1. “Mexanik harakat turlari. Harakatlarning mustaqillik qonuni” mavzusini o‘rgatishda interfaol metodlardan foydalanishning ahamiyati Bugunning dolzarb muammolaridan biri ta’lim tizimi sifatini yaxshilash. O’quvchilarga sifatli ta’lim berish. Buning uchun pedogoglardan interfaol metodlardan unumli foydalanish, to‘g‘ri tanlov va o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otish talab etiladi. Shu bilan birga pedogog ko‘proq o‘z ustida ishlashi, yangi interfaol metodlarni izlab topishi, o‘quvchi qalbiga kirib borishi muhim.
O‘qitishning interfaol usullarini tanlashda ta’lim maqsadi, ta’lim oluvchining soni va imkoniyatlari, moddiy texnik baza sharoiti, o‘qituvchining pedogogik mahorati inobatga olinadi.
Interfaol metod-ta’lim oluvchini faollashtiruvchi, mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan metoddir.
Metod-grekcha “metodos” so‘zidan olingan bo‘lib, “yo‘l, ahloq usuli” degan ma’noni bildiradi. Faoliyat, xarakatning yo‘li, usuli yoki shakli tushuniladi.
Quyida bir qancha metodlar bilan tanishib chiqamiz.
«Zigzag» metodi:Sinf o‘quvchilari 4-7 guruhga bo‘linadilar va guruhlar nomlanadi. Guruhlarda yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn qismlarga ajratiladi va ajratilgan qismlar mazmuni bilan tanishib chiqish vazifasi guruhlarga topshiriladi. O‘quvchilar matnlarni diqqat bilan o‘rganadilar va gapirib beradilar. Vaqtni tejash maqsadida guruh a’zolari orasidan liderlar belgilanadi va qayd etilgan vazifa ular tomonidan bajariladi. Liderlarning fikrlari guruh a’zolari tomonidan to‘ldirilishi mumkin. Barcha guruhlarning o‘quvchilari o‘zlariga topshirilgan matn mazmuni xususida so‘zlab berganlaridan so‘ng, matnlar guruhlararo almashtirilib, avvalgi faoliyat takrorlanadi. Guruhlarga bir necha matnlar taqdim etiladi. Shu tarzda barcha matnlar mazmuni guruhlar tomonidan o‘rganib chiqilgach o‘quvchilar o‘tilgan mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalarni ajratadilar, ularning o‘zaro mantiqiy bog‘liqligini aniqlaydilar, yuzaga kelgan g‘oyalar asosida mavzuga oid sxema ishlab chiqiladi. So‘ngra o‘zlashtirilgan bilimlar asosida o‘quvchilarning o‘zlariga shunday sxemalarni ishlab chiqish vazifasi topshiriladi.
Muzyorar metodi: Muzyorar – muomaladagi to‘siqlarni yengib o‘tishga va o‘zaro munosabatlardagi «muzni» yorishga qaratilgan mashqdir. Muzyorar, birinchidan, tanishuv jarayonini rivojlantiradi, ikkinchidan, ishtirokchilarni o‘zini bemalol his qilishlariga yordam beradi.
Aqliy xujum metodi: «Aqliy hujum» biror muammoni yechishda gurux qatnashchilari tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to'plab, ular orqali ma'lum bir yechimga kelinadigan eng samarali usuldir. Uto'g'ri va ijodiy qo'llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o'rgatadi.
FSMU texnologiyasi:
(F) – Fikringizni bayon eting.
(S) – Fikringiz bayoniga biron sabab ko‘rsating.
(M) – Ko‘rsatilgan sababni tushuntiruvchi misol keltiring
(U) – Fikringizni umumlashtiring
Ushbu texnologiya tinglovchilarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga, egallangan bilimlarni tahlil qilishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga o‘rgatadi.
“Zinama-zina” texnologiyasi: o‘qituvchi o‘quvchilarni mavzular soniga qarab 3-5kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi (guruhlar soni 4 yoki 5ta bo‘lgani ma’qul); o‘quvchilar mashg‘ulotning maqsadi va uning o‘tkazilish tartibi bilan tanishtiriladi. Har bir guruhga qog‘ozning chap qismida kichik mavzu yozuvi bo‘lgan varaqlar tarqatiladi; o‘qituvchi guruh a’zolarin tarqatma materialda yozilgan kichik mavzular bilan tanishishlarini va shu mavzu asosida bilganlarini flomaster yordamida qog‘ozdagi bo‘sh joyiga jamoa bilan birgalikda fikrlashib yozib chiqish vazifasini beradi va vaqt belgilaydi; guruh a’zolari birgalikda tarqatma materialda berilgan kichik mavzuni yozma(yoki rasm, yoki chizma) ko‘rinishida ifoda etadilar. Bunda guruh a’zolari kichik mavzu bo‘yicha imkon boricha to‘laroq ma’lumot berishlari kerak bo‘ladi. Tarqatma materiallar to‘ldirilgach, guruh a’zolaridan bir kishi taqdimot qiladi. Taqdimot vaqtida guruhlar tomonidan tayyorlangan materialar, albatta, sinf doskasiga mantiqan tagma-tag(zina shaklida) ilinadi;
O‘qituvchi guruhlar tomonidan tayyorlangan materiallarga izoh berib, ularni baholaydi va mashg‘ulotni yakunlaydi.
Ha-yo‘q mashqi :O‘qituvchi bir nima (raqam, predmet, adabiy yoki tarixiy qahramon va sh. o‘.) ni o‘ylab qo‘yadi. O‘quvchilar esa unga savol berib, u nimani o‘ylab qo‘yganligini topishga harakat qiladilar. O‘qituvchi ularning savollariga faqat “Ha”, “Yo‘q”, “Ham ha, ham yo‘q” so‘zlari bilan javob beradi. Savol nojo‘ya berilgan yoki o‘qituvchi didaktika maqsadlaridan kelib chiqib, savolga javob berishni xohlamaydigan vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. SHunda u oldindan belgilangan ishora bilan javob berishdan voz kechadi. Mashq yakunlanganidan so‘ng albatta qanday savollar kuchli, qandaylari kuchsiz va nima uchunligi yuzasidan qisqa muhokama o‘tkazish shart.
Mashqning maqsadi – bolalarni savollarni tartibsiz berishga urintirmasmasdan, ularni izlash strategiyasini ishlab chiqishga o‘rgatishdan iboratdir.
“Kungaboqar”: O‘quvchilar 4-5 kishidan iborat guruhlarga bo‘linadi. O‘qituvchi fanning mavzusidan kelib chiqib, o‘rtaga bitta muammoni tashlaydi. Har bir guruh kungaboqar yasab, uning markaziga doira joylashtirib, barglar yopishtiradi. Mavzuga qarab, doiraga har bir guruhga yoki umumiy bitta muammo yozilib, doskaga yopishtiriladi Ajratilgan vaqt ichida guruhlar birgalikda fikrlarini bargga yozib, uni o‘sha guruh muammosi yozilgan gulga joylashtirib qo‘yadilar. Bu uslubdan o‘tilgan mavzuni tushuntirish, uni mustahkamlash va takrorlash hamda talabalar egallagan bilimlarni aniqlashda foydalanish mumkin.
“Blis-so‘rov” texnologiyasi: ushbu usul orqali talabalarga tarqatilgan qog‘ozlarda ko‘rsatilgan harakatlar ketma-ketligini avval yakka tartibda mustaqil ravishda belgilash, kichik guruhlarda o‘z fikrini boshqalarga o‘tkaza olish yoki o‘z fikrida qolish, boshqalar bilan hamfikr bo‘la olish kabi ko‘nikmalarni shakllantirish. Mashg‘ulotlar interfaol usullardan foydalanish ta’lim sifatini oshirishda muhum omil hisoblanadi. To‘gri tanlangan usul maqsadga erishishda birlamchi qadam bo‘lish barobarida talimda innavatsiya, erkin fikrlash, mulohaza yuritish va masalani yechimini izlab topish yo‘l yo‘riqlarini shakllantiradi.
Yuqoridagi interfaol usullar yordamida fizika fanini o’qitish ancha samarali hisoblanadi.
Fizika tabiat hodisalarini, modda va maydon xossalari va qonuniyatlarini o‘rgatuvchi fan. Fizika fanini birinchi bo‘lib qadimgi yunon mutaffakkiri Aristotel (e.a. 384-322 y.) o‘zining kitobida bayon etgan.
Olimlar tabiatni ko‘p asrlar davomida o‘rganib, materiya harakatsiz yashay olmaydi, harakatni materiyadan ajratib va yo‘q qilib bo‘lmaydi, ya’ni harakat materiyaning ajralmas xossasidir, degan xulosaga keldilar. Harakat deganda materiyaning tabiatda bo‘ladigan barcha o‘zgarishlari bir turdan ikkinchi turga aylanishlari va barcha jarayonlar tushuniladi.
Tabiatda sodir bo‘luvchi barcha harakatlar va jarayonlar muayyan qonunlar bo‘yicha yuz beradi. Turli jarayonlar va hodisalar orasidagi qonuniy bog‘lanishni ochish va o‘rganish har bir qanday fan tarmog‘ining bosh maqsadi hisoblanadi. Buni bilish esa inson qo‘liga tabiatdagi biror hodisa qanday yuz berishini oldindan bilishiga, ya’ni kelajakni oldindan aytishga va o‘tmishni izohlashga yordam qiladigan usullar berish uchun kerak. Shundagina tabiat hodisalarini inson foydasiga ishlatish mumkin.
Fizika barcha tabiiyot va amaliy fanlarning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan tadqiqotlarni ishlab chiqishga va asboblar yaratishga imkon beradi. Hozirgi vaqtda bu fanlarning barchasining alohida bo‘limlari bor: astronomiyada – astrofizika, kimyoda – fizikkimyo, agronomiyada – agrofizika, metallshunoslikda – metallofizika va hokazo. Shuning uchun fizika barcha tabiiyot va amaliy fanlarning yaratilishi uchun poydevordir, deyish mumkin.
Tabiat haqidagi fanlar ichida texnika taraqqiyoti uchun fizika eng katta ahamiyatga ega. Fizika texnikaning asosidir, chunki fizika qonunlari texnikada ko‘p qo‘llaniladi. Fizika sohasidagi yangi kashfiyotlar mavjud texnikaning yaxshilanishi yoki yangi texnikaning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Texnikaning taraqqiyoti o‘z navbatida fanning yanada rivojlanishiga olib keladi.
Fizika ishlab chiqarishning taraqqiyotiga tegishli tabiiy fanlar orqali ham, bevosita ham juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Fizikaning ishlab chiqarishga elektr energiya, barcha transport turlari, radioaloqa, teleko‘rsatuv, yadro energiyasini va hokazolarni ochib berganini eslashning o‘zi yetarlidir.
Zamonaviy fizika materiya harakatining turli fizik shakllarini, ularning bir-biriga aylinishini, shuningdek, modda va maydon xossalarini o‘rgatadi.
Fizika taraqqiyoti davrida bir qancha tushunchalar sistemasi vujudga kelgan va bular orqali barcha fizik hodisalar, fikrlar, qonunlar va hokazolarni ta’riflash mumkin. Ana shunday tushunchalardan: fizik jismlar, fizik sistema, fizik hodisa va fizik muhit deb ataluvchi tushunchalar.
Fizik jismlar deb, tabiatda uchraydigan turli moddalardan tashkil topgan barcha jismlarga aytiladi. Masalan, turli moddalardan tashkil topgan Quyosh, auditoriya, xonadagi havo, chang zarralari, dengiz, avtobus va hokazolar fizik jismlar.
Fizik sistema yoki jismlar sistemasi deb, ayrim fizik hodisalar xuddi bitta jismdagidek namoyon bo‘ladigan jismlar to‘plamiga aytiladi.
Fizik hodisalar deb, modda zarrachalari, atom yoki molekulalari o‘zgarmas qolgan holda sodir bo‘ladigan hodisalarga aytiladi. Masalan, suvning qaynashi yoki muzlashi, avtobus va samolyotning harakati va shu kabilar fizik hodisalardir.
Modda molekulalari o‘zgaradigan hodisalar kimyoviy hodisalar deyiladi. Masalan, yoqilg‘ining yonishi, plastmassalar tayyorlash, rudalardan metall olish. Ammo ko‘pgina hodisalarda bir vaqtning ham fizik, ham kimyoviy hodisalar sodir bo‘lishi mumkin. Misol tariqasida bunga elektr yoyini, radioaktivlik, zanjir va termoyadro reaksiyalarini olish mumkin. Shuning uchun ham fizika ham kimyo fanlari o‘rtasiga keskin chegara qo‘yib bo‘lmaydi.
Fizik muhit deb, fizik hodisa va jarayonlar sodir bo‘ladigan moddiy fazo yoki muhitga aytiladi.
Mexanika materiya harakatining eng sodda turi haqidagi ta’limotdir. Bunday harakat jismlarning yoki jism qismlarining bir-biriga nisbatan ko‘chishidan iborat bo‘ladi.
Mexanika ham, hamma tabiiy fanlar kabi, o‘zining qonun-qoidalarini tajribalardan olingan ma’lumotlarni umumlashtirish yo‘li bilan aniqlaydi. Jismlarning ko‘chishini kuzatish tajribalari eng sodda tajribalardandir. Odamlar, kundalik turmushida va har qanday ishlab chiqarish jarayonida jismlarning ko‘chishini ko‘radilar. Shuning uchun mexanik tasavvurlar juda yaqqol bo‘ladi. Mexanikaning boshqa tabiiy fanlardan oldinroq rivojlanishiga ham sabab ana shu.
Fizikaning jismlar mexanik harakatini va nisbiy tinchlik sharoitlarini o‘rganadigan bo‘limi mexanika deyiladi.
Mexanik harakatda bir jismning vaziyati boshqa jismlarga nisbatan o‘zgaradi. Masalan, poyezd temir yo‘l iziga nisbatan, trolleybus, avtobuslar binolarga, daraxtlarga nisbatan harakat qiladi va hokazo. Ammo temir yo‘l relsi va binolar, daraxtlarning o‘zi ham Yer bilan birga harakatlanib turadi. Tabiatda mutlaqo harakatsiz jism yo‘q. Tabiatdagi hamma jismlar harakatda bo‘lganligidan har qanday tinchlik nisbiydir. Har qanday tinchlik nisbiy bo‘lgani kabi, har qanday harakat ham nisbiydir.
Mexanika uch qismga bo‘linadi: kinematika, dinamika va statika.
Mexanikaning mexanik harakatni uni yuzaga keltirgan sabablarga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘rganadigan bo‘limi kinematika deyiladi.
Mexanikaning jismlarning harakat qonunlarini harakatlanayotgan jism massalariga va ta’sir etuvchi kuchlarga bog‘liq holda o‘rganadigan bo‘limi dinamika deyiladi.
Kuch ta’sirida jismlarning muvozanat holatini saqlash shartlarini o‘rganadigan mexanikani bo‘limi statika deyiladi.
Kinematika o‘rin almashtirishning o‘zinigina vaqtga bog‘lab tekshiradi, dinamika esa jismlarning harakat holatlarini o‘zgartiradagan o‘zaro ta’sirlarni ham hisobga oladi.
Jismning harakatini tasvirlashda, ya’ni uni vaziyatining o‘zgarishini ko‘rsatishda, berilgan jismning harakati kaysi jismga yoki jismlar sistemasiga nisbatan qaralishini tanlab olish kerak.
Harakat falsafasi harakatning mavjudligi va mohiyati haqidagi savollarni o'rganish bilan bog'liq falsafaning bir bo'limi. Ushbu tadqiqotning asosiy savollari quyidagilarga tegishli epistemologiya va ontologiya harakat, harakat biz sezganimizdek mavjud bo'ladimi, u nima, va agar mavjud bo'lsa, qanday paydo bo'ladi. Harakat falsafasi tabiiy tizimlarning o'zgarishi nazariyalarini o'rganishda muhim ahamiyatga ega va falsafadagi makon va vaqtni o'rganish bilan chambarchas bog'liqdir.
Harakat falsafasi qadimgi yunon va rim faylasuflarini, ayniqsa, ularni tashvishga solgan Suqrotgacha kabi faylasuflar Parmenidlar, Zena Elea, Geraklit va Demokrit. Shunday qilib, u umuman fan falsafasining rivojlanishida ta’sir ko'rsatdi.