Fizikaviy kimyo fanini kimyo texnologiya sohalarini rivojlantirishdagi о‘rni



Yüklə 30,4 Kb.
səhifə3/3
tarix24.02.2023
ölçüsü30,4 Kb.
#123596
1   2   3
Fizikaviy kimyo fanini kimyo texnologiya sohalarini rivojlantiri

TARKIB  XOSSA
Kimyoning rivojlanishini asosan quyidagi 5 ta bosqichga bo’lish mumkin Har bir bosqich kimyoviy muommolarni hal qilish usullari bilan farq qiladi:
1 – Bosqich - Kimyo rivojlanishining qadimgi naturfilosofiya davridan, bizning tariximizgacha bo’lgan davr bo’lib uni biz " alximiya" davri deb ataymiz. Bu davr asosan moddalar haqidagi dalillarni to’plash bilan shug’ullanib ularning bir - biriga o’tish hollarini o’rgandi. U 2 ming yil - XVII asrning 2 chi yarmigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Ularning asosiy maqsadi filosofiya toshini topish bo’ldi.
2 - Bosqich. XVII asrning 2 chi yarmidan boshlanadi. Bu davr eksperimental kimyo deb atalib, ular kimyoni moddalar tarkibi haqidagi fan ekanligiga asos soldi. Sintez o’tkazdi, moddalar tarkibini tekshirish natijasida ularning bir - biriga o’tishini o’rganib qoida, qonun, nazariyalarni vujudga keltirdi, analitik kimyo - sifat fani sifatida vujudga keldi.
3 - Bosqich. XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlanadi va analitik kimyo - undan keyin esa sintetikaga o’tib - " strukturnaya ximiya" (tuzilish kimyosi) vujudga keldi, natijada - ranglovchi bo’yoqlar, dorilar, sun’iy ipak olindi. Bu davr kimyoviy strukturaning boshlanishiga asos bo’ldi (1860-1880 yillar) va organik kimyoning jadal rivojlanishiga sabab bo’ldi.
4 - Bosqich. XX asr-sanoat va texnikaning jadal rivojlanish davrini o’z ichiga oladi. Bu davr - sanoat va qishloq xo’jaligi uchun kerakli bo’lgan aniq tarkibli moddalarni juda ko’p miqdorda olish bilan harakterlanadi. Ma’lum xossaga ega bo’lgan plastmassa, sintetik, kauchuk, sun’iy tola, yuvuvchi moddalar, azotli o’g’itlar va boshqalardan ko’plab miqdorda ishlab chiqarila boshlandi.
5 - Bosqich. Hozirgi zamon ishlab chiqarish talabiga binoan rivojlanish davri. Bu davrda har xil erituvchi tanlash, biokatalizatorlar yordamida kerakli tarkibdagi moddalarni olish uchun ishlatiladigan kimyoviy jarayonlar haqidagi ta’limotni yaratishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.
Kimyodagi evolyusiya - kinetika, strukturaviy kimyo, biokimyo, bioorganik kimyo va tarkib haqidagi ta’limotlarga asoslanadi, hamda qanday qilib yerda tirik organizmning vujudga kelishiga javob beradi. Shunday qilib kimyo tarixi - bilimlar majmuasini qonuniyatlar, nazariyalar asosida umumlashtirib, kimyoni fan va ishlab chiqaruvchi kuch sifatidagi rivojlanish tendensiyalarini o’rgandi. Demak, kimyo tarixi - kimyo va sivilizasiya, kimyo va ishlab chiqarish orasidagi munosabatlarni o’rganadi. Professor S.G. Kara-Murza, hozirgi olingan eksperimental faktlarni hisobga olib “kimyo tarixi kimyo fani metodik arsenalining takomillashishining tarixini o’rganadi” deb taklif qildi (Kara-Murza S. G Texnologiya nauchnix issledovaniy M. Nauka,1989)
Yüklə 30,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin