Fiziologiya kafedrasi "biofizika" fanidan laboratoriya



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə11/34
tarix15.10.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#130238
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34
Biofizika ishlanma laboratoriya

Nazorat savollari:
1. Mitsella paydo bo‘lishini izohlang?
2. Yarim kolloidlar deb nimaga aytiladi?
3. Mitsella hosil bo‘lish jarayoni qanday amalga oshadi?
4. Mitsella paydo bo‘lishining kritik konsentratsiyasini qanday usullar yordamida aniqlash mumkin?
5-Laboratoriya mashg’uloti
Mavzu: Biologik suyuqliklarning osmotik bosimi. Eritmalar va to’qima suyuqliklarining osmotik bosimlarini aniqlash.


Nazariy tushuncha. Agarda erituvchi bilan eritma erituvchi molekulalariga o‘tkazuvchan, ammo erigan modda molekulalariga o‘tkazuvchan bo‘lmagan (yarimo‘tkazuvchan) membrana bilan ajratib qo‘yilsa, u holda erituvchi molekulalarining mazkur membrana orqali eritma tomon, bir tomonlama diffuziya kelib chiqadi. Bu xildagi diffuziya erituvchi hajm birligidagi molekulalar sonining o‘sha hajmga ega eritmadagisidan ko‘p bo‘lishi bilan shartlanadi. Chunki eritma hajmining ma’lum qisminierigan modda molekulalari egallaydi. Natijada erituvchi molekulalarining membrana orqali eritma tomon siljishi ularning eritmadan erituvchi tomon siljishidan ustunlik qiladi.
Erituvchining yarim o‘tkazuvchan membrana orqali eritmaga qarab yo‘nalgan bir tomonlama diffuziyasi osmos va shu osmos tufayli kelib chiqadigan, yarim o‘tkazgich membrana yuza birligiga to‘g‘ri keladigan kuch esa osmotik bosim deb ataladi.
Vant-Goff qoidasiga ko‘ra, noelektrolit modda eritmasinining osmotik bosimi deganda, erigan modda zarrachalari gaz holatiga o‘tib, eritma hajmini egallaganda hosil qiladigan bosim tushuniladi. Demak, noelektrolit modda eritmalariga ideal gaz holatining tenglamasini tadbiq etish mumkin, ya’ni
pV=nRT ёки p=n/V RT ёки p=cRT (1).
bu yerdagi р - eritmaning osmotik bosimi, n - hajmi V ga teng eritmada erigan modda miqdori, с - mol.l-1 da ifodalangan molyar konsentratsiya, R - universal gaz doimiysi, T - mutlaq harorat. Shunday qilib, noelektrolit modda eritmasining osmotik bosimi o‘sha eritmaning konsentratsiyasi va mutlaq haroratga to‘gri propotsionaldir.
Tenglama (1) dagi molyar konsentratsiya (С) ni 1l dagi mol miqdori molyal konsentratsiya С (1000 g erituvchida erigan mol miqdori) ga almashtirilib, suyultirilgan eritmaning osmotik bosimini yetarli darajada aniq hisoblash uchun ishlatiladigan formula hosil qilish mumkin, ya’ni
p=CRT (2)
Har molekulasi n - sondagi ionga parchalanadigan, molyal konsentratsiyasi С - ga, dissotsiatsiya darajasi  - ga teng elektrolit uchun ionlar va dissotsiyalanmagan molekulalarning yig‘indi konsentratsiyasi teng bo‘ladi:

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin