Fiziologiya kafedrasi "biofizika" fanidan laboratoriya



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə18/34
tarix15.10.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#130238
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34
Biofizika ishlanma laboratoriya

A-Shtraub kanyulyasi, Б-yurak preparati joylashtirilgan kameraning umumiy ko‘rinishi, В-kameraning qor-suv aralashmasi solingan stakanga joylashtirilgan holati.


So‘ngra kameralarda harorat turg‘unlashguncha Shtraub usulida qurbaqa yuragining izolirlangan preparati tayyorlanadi (ilovaga qarang).
Ishning borishi: Shtraub metodiga muvofiq tayyorlangan yurak preparati stol ustida qoldirilgan kameraga joylashtirilib, 5-6 minut o‘tganidan so‘ng, preparat ritmini sanashga kirishiladi. Buning uchun sanash boshlanishi bilan bir vaqtda, sekundomer yurgizilib, yurak 20 marta qisqarganidan so‘ng to‘xtatiladi. Shu xildagi sanash uch-to‘rt marta takrorlanib, ulardan yurak ritmining 1 minutdagi o‘rtacha soni hisoblab topiladi. So‘ngra, yurak preparati harorati xona haroratidan 10°C ga yuqori kameraga o‘tkaziladi. Kamera ichidagi harorat turg‘unlashgach, yuqorida ko‘rsatilgan tarzda, yurak ritmi yana bir necha bor sanab olinadi. Sanash tamom bo‘lgach, yurak preparati harorati xona haroratiga teng kameraga ko‘chirilib, avvalgi ritm tiklanishi kutiladi. Dastlabki ritm tiklangach, preparat harorati xona haroratidan 10°C ga past kameraga o‘tkaziladi va kameradagi harorat turg‘unlashgach, yurak ritmi yana bir necha marta sanab olinadi. Sanash ishlari nihoyasiga yetkazilganidan keyin, hisoblab topilgan o‘rtacha ritmlar asosida yurak ritmining haroratini 10°C ga oshirish uchun mos harorat koeffitsiyenti Q10, so‘ngra jarayonning “aktivlanish energiyasi” hisoblab topiladi. Shu xildagi hisoblashlar haroratni 10°C ga pasaytirib o‘tkazilgan tajriba ma’lumotlar asosida ham bajariladi.
Hisoblashga misol: Faraz etaylik xona harorati 18°C ( T1 = 273 + 18 = 251 K) bo‘lgach sharoitda yurak 38 sekund davomida 20 marta qisqardi. Demak, yurak 1 minutda 20*60/38 = 31 marta qisqardi. Harorat 10oC ga oshirilganda esa ya’ni 28°C (T2=273+28=301 K) da 20 sekund davomida 20 marta, 1 minutda esa 20*60/20=60 marta qisqardi. Demak, RT=31 va RT+10=60 teng. U holda, mazkur jarayonning harorat koeffitsiyenti teng bo‘ladi:

Yuqorida bayon etilganidek, agarda bizga jarayonning harorat koeffitsiyenti va tajriba sharoitidagi haroratlar ma’lum bo‘lsa, u holda biz o‘rganmoqchi bo‘lgan jarayonning “aktivlanish energiyasini” ham hisoblab topa olamiz. Buning uchun jarayon harorat koeffitsiyentining o‘nli logarifmi va haroratlar kattaliklarini tenglamaga qo‘yib, hisoblash ishlarini bajaramiz. Yuqoridagi ma’lumotlardan foylalanib, qurbaqa yurak ritmining aktivlanish energiyasi uchun quyidagini hosil qilamiz:
agarda Q10= 1,9 ga teng bo‘lsa, uning o‘nli logarifmi, ya’ni Lg Q10 = Lg 1,9 = 0,2785 бўлади. Tajriba sharoitidagi harorat Т1 = 291, Т2 = 301 dir. Unda jarayonning “aktivlanish” energiyasi


Е = 0,46 * (Т21) * Lg Q10 = 0,46*291*301*0,2785 =
= 11293 kal.mol-1 = 11,293 Kkal.mol-1 ga teng bo‘ladi.



Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin