Fiziologiya kafedrasi "biofizika" fanidan laboratoriya


Suyuqliklarning sirt tarangligini o‘lchash



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə7/34
tarix15.10.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#130238
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34
Biofizika ishlanma laboratoriya

Suyuqliklarning sirt tarangligini o‘lchash.
Suyuqliklarning sirt tarangliklarini o‘lchash amaliyotida suyuqlik yuza qatlamidan qattiq konturni yulib olib uchun zarur bo‘lgan kuchni o‘lchashga asoslangan Dyu Nui halqa metodi keng qo‘llaniladi.
Halqa metodi o‘zining qulay va oddiy bo‘lishiga qaramay, bir qator kamchiliklarga ham ega. Halqacha ho‘llanish effektining o‘lchov natijalariga ko‘rsatadigan ta’sirining e’tibordan chetda qolishi va bir qator hollarda halqacha usulining umuman noqulayligi shular jumlasidandir. Shularni e’tiborga olib, quyida kam tarqalgan, ammo laboratoriya sharoitida barpo etilishi osonlashtirilgan va o‘zgartirilgan Rebinder usuli keltirildi.
Rebinder sirt taranglik o‘lchash usuli suyuqlik yuza bo‘lim chegarasida hosil qilinadigan havo pufakchasining yorilishiga mos keladigan bosimni o‘lchashga asoslangan. asbob kapillyar naychasining uchi suyuqlik yuzasiga tegib turgan sharoitda u orqali havo berilib, berilgan havo bosimi sekinlik bilan oshirib borilsa, kapillyar uchida pufakcha hosil bo‘ladi. Pufakcha kattaligi bosim oshgan sari osha boradi va bosim pufakcha devoridagi molekulalarning tortishish kuchlarini yenga oladigan darajaga yetganda esa, pufakcha yoriladi. Ana shu pufakcha yorilishiga sabab bo‘ladigan bosim suyuqlik sirt tarangligiga to‘g‘ri proporsional bo‘lib, kapillyar uchining diametri teskari proporsionaldir, ya’ni
р=к. / (3)
bu yerdagi Р - havo bosimi suyuqlik sirt tarangligi - kapillyar radiusi, к – proporsionallik koeffitsenti.
Ikki xil suyuqlik uchun o‘lchab olingan bosimlar ularning sirt tarangliklari bilan quyidagicha bog‘langan.
/0= р/р0 (4)
Bu yerdagi  va 0 olingan suyuqliklarning sirt tarangliklari. р va р0 esa o‘sha suyuqliklar uchun olingan bosim kattaliklari. Mazkur munosabatga ko‘ra birinchi suyuqlikning sirt tarangligi teng bo‘ladi.
= 0 * р/р0 (5)
Agarda olingan suyukliklardan birining sirt taranglik kattaligi bilan o‘sha suyuqlik uchun o‘lchab topiladigan bosim kattaligi aro nisbat doimiy deb qaralsa, ya’ni к= 00, u holda (5) formula quyidagi shaklga kiradi: = к Р (6).
Demak Rebinder usuliga muofiq biror suyuqlikning sirt tarangligini aniqlash uchun avvalo asbob doimiysi topilishi shart.
1-laboratoriya ishi. Suyuqliklarning sirt tarangliklarini aniqlash.
Ish uchun zarur vositalar: qulaylashtirilgan Rebinder asbobi, issiq va sovuq qonli hayvonlar uchun ishlatiladigan fiziologik va Ringer eritmalari, oleat natriyning 0,1% li eritmasi, etil spirti, efir, probirkalar, pipetkalar, probirka shtativi, filtr qog‘ozi.
1-mashg‘ulot Asbob doimiysini aniqlash.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin