Nazorat savollari: 1. Biologik jarayonlar kinetikasiga ta’sir etuvchi omillarni tushuntiring?
2. Shtraub metodini tushuntiring ?
3. “Aktivlanish energiyasi” deganda nimani tushunasiz ?
7-Laboratoriya mashg’uloti. Mavzu:Model sistemalardagi potentsiallar farqi. Potentsial, kuchlanish va elektr potensiallar farqi. Diffuzion potensiallar. Xlorid kislota eritmalariaro yuzaga keladigan potensiallar farqini o’lchash va hisoblash
Baqaning o‘ldirilgan terisi orqali vujudga keladigan konsentratsion potensialning muhit pH darajasiga bo‘lgan munosabatini o‘rganish.
Ish uchun zarur vositalar: millivoltmetr, elektrodlar sistemasi uchun mo‘ljallangan shtativ, xlorlangan kumush elektrodlar, plastmassa naycha bo‘lagi (diametri 1,5-2,0 sm), o‘sha naychaga mos o‘rtasida agarli sifonga mo‘ljallangan teshigi bor rezina probka, kristallizator yoki katta stakan, mazkur stakanga mo‘ljallangan o‘rtasida plastmassa naychaning tashqi diametriga mos teshikka ega qopqoq, uchlariga qog‘oz pilik tiqilgan va P shaklli agarli sifonchalar, kontakt eritmalar uchun mo‘ljallangan va kaliy xloridning to‘yingan eritmalari to‘yingan stakanchalar, kaliy xloridning to‘yingan va I n eritmalari, uksus kislota va uning kaliyli tuzi eritmalari (1n), 50 ml xajmi o‘lchov silindri va stakanchalar, I va 10 ml hajmga ega pipetkalar, preparat nabori va qurbaqalar.
Dastlab uksus kislota va uning kaliyli tuzi (1n) eritmalaridan pH darajasi 3,6; 4,4; 4,8; 5,2 va 6,0 ga teng bufer eritmalari tayyorlanadi. So‘ngra mazkur bufer eritmalarni suyultirish yo‘li bilan ularning har qaysisidan 50 ml hajmli, konsentratsiyalari 0,1; 0,01; 0,001 M ga teng eritmalar tayyorlab olinadi. Harakatsizlantirilgan qurbaqaning qorin tomonidan plastmassa naychaning stakanga tushiriladigan tomonini to‘la qoplay oladigan kattalikda teri parchasi qirqib olinib, epiteliy qavati tashqariga qaragan xolda maxkam bog‘lanadi. Shu tarzda xosil qilingan teri taglik “idishga” kaliy xloridning 1n eritmasi quyiladi va eritma “idishda” I minut davomida qoldirilib, keyin esa kaliy xlorid eritmasi pH=3,8 bufer eritmaga almashtiriladi. Millivoltmetr ham elektr tarmog‘iga ulanadi. U qizib, o‘z rejimiga tushib olguncha, rasmda ko‘rsatilgandek qilib, o‘lchash moslamasi yig‘iladi (12-rasm). Yuqorida bayon etilgan tarzda tayyorlangan teri taglik “idish” kristallizatorning qopqog‘iga o‘rnatiladi va shu holatda stakandagi 0,1 M, pH=3,8 bufer eritmaga tushiriladi. P-shaklidagi agarli sifonning pillik tiqilgan uchi, plastmassa naychaning kkkinchi tomoniga tiqilish probkadagi teshik orqali uning ichidagi eritmaga ikkinchi bandi esa kontakt eritmalarning biriga tushiriladi. Keyin S-shaklidagi agarli sifonning katta yelkali uchi ikkinchi kontakt eritmaga, kalta bandli pilik tiqilgan uchi esa stakandagi eritmaga shunday tushiriladiki, u terining tashqi yuzasiga tegib tursin. Terining tashqi yuzasi bilan kontakt hosil qiluvchi elektrod millivoltmetrning manfiy qutbiga, terining ichki yuzasi bilan kontakt hosil qiladigan elektrod esa, asbobning musbat qutbiga ulanadi. Millivoltmetr qizib olganidan so‘ng, dastlab 15 minut davomida, 5 minut interval bilan potensiallar farqi uch marta o‘lchab olinadi. Keyin esa stakandagi eritma, 0,1 M bufer eritmasining pH darajasi 4,4; 4,8; 5,2 va 6,0 eritmalariga almashtirilgan xolatlari uchun potensiallar farqlari alohida-aloxida o‘lchab olinadi. So‘ngra stakandagi 0,1 M bufer eritmalar o‘rniga 0,01 M, pH darajasi yuqorida ko‘rsatilgan kattaliklarga ega eritmalarda potensiallar farqlari o‘lchanadi. Oxirgi o‘lchash ishlari 0,001 M eritmaning pH darajasi har xil bo‘lgan eritmalarida ham bajariladi.
O‘lchash ishlari tamomlangach, tajriba davomida ishlatilgan bufer eritmalarning har bir jufti va ularning pH darajalariga mos keladigan konsentratsion potensiallar farqlarining nazariy kattaliklari, Nernst tenglamasiga binoan, hisoblab topiladi. O‘lchov natijalari va ularga tegishli potensiallar farqlarining nazariy qiymatlari quyidagi jadvalga ko‘chiriladi:
5-jadval
Bufer eritmalapHing konsentratsiya-lari, M.
Muhit pH darajasi
3,3
4,4
4,8
5,2
6,0
Potensiallar farqi, mB
Таj.
Nаz.
Таj.
Nаz.
Таj.
Nаz.
Таj.
Nаz.
Таj.
Nаz.
Tajriba ma'lumotlari asosida, teri potensiallar farqining bufer eritmalari konsentratsiyalari va ularning pH darajalariga bog‘liqligini aks ettiruvchi grafik chiziladi. Bunda abssissa o‘qiga muhit pH darajasi, ordinata o‘qiga esa, millivoltlarda ifodalangan potensiallar farqining kattaliklari tushiriladi. Hosil qilingan chiziqlar tepasiga tegishli konsentratsiyalar juftlarining kattaliklari yozib qo‘yiladi.
18-rasm. Qurbaqa terisi potensiallar farqini o‘lchash moslamasining ko‘rinishi: 1-plastmassa naychasi 2-plastmassa qopqoqli stakan, 3-P va S shaklli agarli sifonlar, 4-xlorlangan kumush elektrodlar, 5-kaliy xloridning to‘yingan eritmalari qo‘yilgan kontakt stakanlar, 6-teri.