Fiziologiya kafedrasi "biofizika" fanidan laboratoriya


Baqaning tirik terisidagi potensiallar farqini o‘lchash



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə20/34
tarix15.10.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#130238
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34
Biofizika ishlanma laboratoriya

Baqaning tirik terisidagi potensiallar farqini o‘lchash.


Ish uchun zarur vositalar: oldingi ishda ishlatilgan moslamalar. Ringer eritmasida tayyorlangan agar-agarning 2% li geli bilan to‘ldirilgan P va S-shaklli sifonchalar, sovuq qonli hayvonlar uchun ishlatiladigan Ringer va fiziologik eritmalar, natriy xloridning 0,1 n eritmasi, pipetkalar, mikrokompressor, qurbaqalar, sulfatli Ringer eritmasi, missulafat kristallari.


Baqa terisi potensiallar farqining muhitdagi natriy ionlari konsentratsiyasiga bog‘liqligi.
Millivoltmetr elektr zanjiriga ulanadi va u qizib o‘z rejimiga tushib olguncha, natriy xloridning 0,1 n eritmasidan uning 1/40, 1/160 va 1/640 n eritmalari tayyorlab olinadi.
Orqa miyasi buzilib, harakatsizlantirilgan qurbaqa tanasidan yetarli kattalikdagi teri parchasi qirqib olinib, plastmassa naychaning bir tomoniga, epiteliy qatlami tashqariga qaratilgan holatda bog‘lanadi. Naycha ichiga Ringer eritmasi kuyilib, u shunaqa eritma quyilgan stakanga tushiriladi. S-shaklidagi agarli sifon vositasida kontakt stakandagi eritma teri tushirilgan eritma bilan ulanadi. P-shaklidagi sifon orqali naycha ichidagi eritma kontakt eritma bilan ulanadi. Elektrodlarning shtekkerlari, ularning qutblik holatlariga mos ravishda, millivoltmetrga ulanada va o‘lchov ishlari boshlab yuboriladi. Dastlabki o‘lchovlar 5 minut oraliq bilan 10 minut davom ettirilib, qayd etilgan kattaliklar yozib boriladi. So‘ngra stakandagi Ringer eritmasi natriy xloridning 1/640 n eritmasiga almashtiriladi va 10 minut davomida, 5 minut oraliq bilan potensiallar farqi o‘lchab olinadi. Shu tarzda, o‘lchov ishlari natriy xloridning 1/160 n va 1/40 n eritmalarida ham bajariladi. Tajriba natriy xloridning 1/10 n eritmasida amalga oshiriladigan o‘lchovlar bilan tamomlanadi.
Qo‘lga kiritilgan ma'lumotlar asosida, teri potensiallar farqining muhitdagi natriy ionlari konsentratsiyasiga bo‘lgan aloqasini aks ettiruvchi grafik chiziladi. Bunda abssissa o‘qiga natriy ionining konsentratsiyalari, ordinata o‘qiga esa millivoltlarda ifodalangan potensiallar farqi ko‘chiriladi.



Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin