Fiziologiya kafedrasi "biofizika" fanidan laboratoriya


- Laboratoriya mashg’uloti



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə24/34
tarix15.10.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#130238
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34
Biofizika ishlanma laboratoriya

10- Laboratoriya mashg’uloti
Mavzu:.Olma po’stida yuzaga keladigan fazalararo potentsiallar farqini o’lchash.


1-laboratoriya ishi.
Olma po‘stida vujudga keladigan potensiallar farqini o‘lchash.
Ish uchun zarur vositalar: millivoltmetr, potensiallar farqini o‘lchashga mo‘ljallangan sistema rasmda ko‘rsatilgandek qilib yig‘iladi (8-rasm) va millivoltmetr elektr tarmog‘iga ulanadi. Olmaning tepa tomonidan G shaklidagi agarli sifonning kalta uchi sig‘adigan kattalikda teshik ochiladi. So‘ngra olma Petri chashkaga shunday joylashtiriladiki, undagi teshik tepaga qarasin. Petri chashkaga 0,01 n kaliy xlorid eritmasi quyilib, mazkur eritma II shakldagi agarli sifoncha vositasida o‘lchash moslamasining oraliq stakanidagi eritma bilan ulanadi. G shaklidagi sifoncha vositasida esa olma po‘stidagi teshik oraliq stakanlarning ikkinchisidagi eritma bilan ulanadi. Oraliq stakanlardagi eritmalarga tushirilib qo‘yilgan elektrodlarning shtekkerlari millivoltmetrga ulanib, potensiallar farqining dastlabki qiymati o‘lchab olinadi. O‘lchash ishlari har 5 minutda takrorlanib, turg‘un kattaliklarga erishmaguncha davom ettiriladi. O‘lchab olingan kattaliklar yozib boriladi. Turg‘un kattaliklarga erishilgach, chashkadagi eritma kaliy xloridning 0,001 n eritmasiga almashtiriladi va tezlik bilan potensiallar farqi o‘lchab olinadi, keyin esa o‘lchash ishlari yuqorida ko‘rsatilganidek, har 5 minutda takrorlanadi. Potensial turg‘unlashgach, olma moslamadan olinib, uning eritmasi tegib turgan tomonidagi qismi ksilolsa ho‘llangan paxta bilan artiladi. Ksilol bo‘lmagan taqdirda olmaning eritmaga tegib turadigan tmonidagi po‘sti skalpel yordamida shilib tashlanadi va chashkadagi eritmaga joylashtirilib, dastlabki tartibda, oldin kaliy xloridning 0,01 n, keyin esa uning 0,001 n eritmalarida potensiallar farqi o‘lchab olinadi.



8-rasm. Olma po’sti orqali kelib chiqadigan fazalararo potensiallar farqini o’lchashga mo’ljallangan moslamaning chizmasi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin