Fiziologiya kafedrasi "biofizika" fanidan laboratoriya



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə27/34
tarix15.10.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#130238
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34
Biofizika ishlanma laboratoriya

Nazorat savollari:
1. Kollodiy membranada potentsiallar farqi qanday hosil bo’ladi?
2. Donnan muvozanat potetsialini tushuntiring?


Mavzu: Tirik to’qimalar potentsiallar farqlari. Qurbaqa ko’ndalang targ’il muskuli normal va zararlanish potentsiallar farqini o’lchash.Qurbaqa ko‘ndalang – targ‘il muskulida yuzaga keladigan shikastlanish potensialini o‘lchash, shikastlanish potensialiga kaliy xloridning ta'siri.


Ish uchun zarur vositalar: millivoltmetr, qutblanmaydigan elektrodlar o‘rnatiladigan shtativ, agarli sifon, sovuq qonli hayvonlarga ishlatiladigan Ringer eritmasi, fiziologik eritma, kaliy xloridning 1 % li eritmasi, doka, ip, preparat tayyorlash nabori, qurbaqalar.
Qurbaqaning orqa oyog‘idan boldir muskuli ajratib olinadi (boldir muskuli preparatini tayyorlash metodi ilovada keltirilgan). Preparat o‘lchov moslamasiga shunday joylashtirilsinki, u eritma quyish uchun mo‘ljallangan stakan (I) ustida vertikal holatda osilib tursin. Buning uchun muskulning distal qismidagi tog‘ay ligaturaga olinadi va shtativga o‘rnatilgan sterjen (7) ga bog‘lanadi


10-rasm.


Muskul shikastlanish potensialini o‘lchashga mo‘ljallangan moslamaning sxemasi:
1-eritma quyiladigan stakan,
2-muskul, 3-dokadan tayyorlangan tasma, 4-agarli sifon, 5-kaliy xloridning to‘yingan eritmalari quyilgan stakanlar, 6-xlorlangan kumush elektrodlar, 7-sterjen, 8-ligatura.

Muskulni elektrodlardan biriga ulash maqsadida, unga o‘ralgan doka tasmaning ikkinchi uchi alektrod tushirilgan kontakt eritmaga botiriladi. Muskulning ikkinchi elektrod bilan bo‘ladigan aloqasi agarli sifon vositasida amalga oshiriladi. So‘ngra, muskulning proksimal tomonidan muskul uzunligining 1/5 ulushiga teng qismi qirqib tashlanadi va stakan (I) ga quyib quyilgan fiziologik eritmaga botsin. Shu ishlar bajarilgach, o‘lchash ishlari amalga oshiriladi.


Dastlabki 10 minut davomida muskulning shikastlanish potensiali uning fiziologik eritmadagi holatida o‘lchab olinadi. Bunday o‘lchash ishlari har 5 minutda takrorlanishi shart. So‘ngra stakan (I) dagi fiziologik eritma kaliy xloridning 1,1% li eritmasiga almashtirilib, navbatdagi 20 minut davomida shikastlanish potensialining o‘zgarishi qayd etiladi. Shunday qilib, har biri 5 minut davom etadigan to‘rtta o‘lchashdan keyin. O‘lchash ishlari yana yangidan fiziologik eritmada takrorlanadi. Bu xil o‘lchash shikastlanish potensialining dastlabki kattaligi tiklanmaguncha davom ettiriladi.
Qo‘lga kiritilgan ma'lumotlar koordinata sistemasiga tushiriladi, ya'ni abtsissa o‘qiga minutlarda ifodalangan vaqt, ordinata o‘qiga esa millivoltlarda ifodalangan shikastlanish potenyiali kattaliklari tushiriladi. Grafikda eritmalarning almashtirish paytlari strelkalar vositasida ko‘rsatiladi.
Eslatma. 1. muskul va doka tasma qurib qolmasligi uchun ular fiziologik eritma bilan ho‘llab turilishi shart. 2. eritmalar almashtirilganda, muskul navbatdagi eritma bilan chayilishi shart. 3. o‘lchash ishlarini boshlashdan oldin, muskulning qutblik holati aniqlangan bo‘lishi shart.
Ish bajarilib bo‘lingach, grafik ma'lumotlari asosida ish yuzasidan tegishli xulosalar chiqariladi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin