amplitudasining (kengligining) katta yoki kichikligiga bog‗liqdir: tebranish
amplitudasining katta bo‗lishi unga berilayotgan zarba darajasiga, masalan,
(dinamik urg‗uni) yuzaga keltirishda havo zarbi kuchli bo‗ladi. Demak, tovush
kuchining nutqdagi ahamiyati ko‗proq zarb urg‗usini ifodalashda namoyon bo‗ladi.
– 20 db, pichirlash – 40 db, yarim ovoz bilan pichirlash – 60 db, baland ovoz bilan
gapirish – 80 db, simfonik orkestr ovozi – 100 db dan 110 db gacha bo‗ladi. 130 db
tonlar) qo‗shilmasidan tarkib topadigan sifati. Tovush tembrini ifodalovchi va
19
uning boshqa tovushlar tembridan farqini ko‗rsatuvchi chastotalar
formantlar
deyiladi. Tovush formantlari maxsus eksperimental apparat – spektograf
yordamida aniqlanadi.
Tovush tembrining turli formantlarga ega bo‗lishida bo‗g‗iz boshlig‗i,
halqum, oqg‗iz bo‗shlig‗i va burun bo‗shlig‗i maxsus rezonatorlik (akustik filtrlik)
vazifasini bajaradi: bunday bo‗shliqlarning turli shaklga kirishi, hajmi, undagi
a‘zolarning harakati-holati tovushning bo‗yoqdorligini (sifat belgilarini) o‗zgartirib
turadi, shu tariqa fonemalarning o‗zaro farqlanishi ta‘minlanadi. Odatda, tovush
tembri unli fonemalarda muhim rol o‗ynaydi: hamma unli fonemalarda ovoz bor,
ammo ular bir-biridan tembri bilan farq qiladi. Ayni paytda, tovush tembri ayrim
undoshlarni, masalan, sonantlarni farqlashda ham qatnashadi. Bulardan tashqari,
tembr nutqning supersegment birligi, ovoz tovlanishlari tarzida ham namoyon
bo‗ladi: quvnoq tembr, ma‘yus tembr kabi. Tembrning bu turlari nutqning
ekspressiv-emotsional xususiyatlarini ta‘minlaydi.
Dostları ilə paylaş: