Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, fonologik oppozitsiya turli til tovush larini
qarama-qarshi qo‗yishga asoslanmaydi, chunki u muayyan bir tilning strukturaviy
birligidir va shu tilning o‗zigagina xizmat qiladi. Boshqa til tovushlari muayyan til,
masalan, o‗zbek tili tarkibida oppozitsiya hosil qilishi uchun u shu til tizimidagi
kvaziomonimlar tarkibida qo‗llanadigan darajaga ko‗tarilgan bo‗lishi shart.
Masalan, arab tilining "f" undoshi o‗zbek tilining "p" undoshi bilan zidlanish hosil
farklovchi belgi (sirgalish-portdash belgisi) o‗zbek tilidagi sof va sop minimal
juftligida fonologik vazifa bajarmokda. Bunday holatni x-h oppozitsiyasi misolida
juftliklarning (kvaziomonimlarning) mavjudligi arab tilidan o‗zlashgan "h"
42
Fonologik oppozitsiyalar fonologik sistemaning eng kichik (minimal)
strukturaviy birliklari sanaladi, ular tarixan o‗zgarib turishi ham mumkin. Masalan,
qadimgi turkiy va eski turkiy tillarda unli fonemalar tilning yotiq (gorizontal)
harakatiga ko‗ra old qator va orqa qator zidlanishiga ega bo‗lgan: (i-ы)+(γ-u)+(ө-
o)+(ə-a) kabi. Hozirgi o‗zbek adabiy tilida esa bunday zidlanish o‗zining fonologik
xususiyatini yo‗qotgan - fonemalar konvergensiyasi natijasida (i - ы) unlilari bitta
(i) ga, (γ - u) unlilari bitta (u) ga, (ө -o) unlilari bitta (o) ga, (ə -a) unlilari esa bitta
(a) ga birlashgan. Demak, fonologik oppozitsiyalar til taraqqiyotining muayyan
bosqichiga nisbatan belgilanadi, ayni shu bosqichda bir fonema boshqa fonemaga
bir xil pozitsiyada qarama-qarshi qo‗yiladi: hozirgi o‗zbek adabiy tilidagi (i) va (u)
unlilari so‗z boshida (ich va uch) yoki bir xil fonetik qurshovda (bir va bur, qish va
qush) bir-biriga qarama-qarshi qo‗yilgani kabi. Demak, "oppozitsiya" tushunchasi
"fonema" va "pozitsiya" tushunchalari bilan uzviy bog‗liqdir: fonemaning bo‗lishi
oppozitsiyaning bo‗lishini, oppozitsiyaning bo‗lishi esa pozitsiyaning bo‗lishini
taqozo qiladi,
1
o‗zaro qarama-qarshi qo‗yilmagan, binobarin zidlanishdan
tashqarida qolgan fonemaning o‗zi yo‗q.
2
"Pozitsiya" kategoriyasini birinchi bo‗lib hamyurtimiz Muhammad ibn Muso
al-Xorazmiy (780-850) kashf etgan. U o‗zining "Hind arifmetikasi haqida kitob"
(Hisob al-hind") asarida o‗nlik sistemasi raqamlaridan (0,1, 2,3,4,5,6,7,8,9)
foydalanib, katta sonlarni yozish tizimini ishlab chiqqan. Bu tizimga ko‗ra raqam
birinchi pozitsiyada birlikni, ikkinchi pozitsiyada o‗nlikni, uchinchi pozitsiyada
yuzlikni (to‗rtinchi, beshinchi... pozitsiyalarda yanada kattarok sonlarni)
ifodalaydi: 0 (nol), 1(bir), 10 (o‗n), 100 (yuz), 1000 (ming); 2 (ikki), 20 (yigirma),
200 (ikki yuz), 2000 (ikki ming) kabi. Keyinchalik "pozitsiya" tushunchasi til
tizimiga ham tatbiq etilgan va fonologik oppozitsiya tushunchasining yuzaga
kelishiga sabab bo‗lgan.
1
Журавлев В.К. Диахроническая фонология. М.:Наука, 1986. С.72.
2
Степанов Ю.С. Основы общего языкознания. М.: Просвещение, 1975. С. 78.
43
Fonologik oppozitsiyalar dialektikaning qarama-qarshiliklar birligi va
kurashi, inkorni inkor qonunlariga tayanadi, ularning strukturaviy birlik sifatidagi
mohiyati ham shu qonunlarga asoslanadi.
Dostları ilə paylaş: