VI. Praga tilshunoslik to‗garagida tilning tovush tomoniga oid qarashlar:
Fonologiyaning ilmiy predmet sifatida shakllanishida Praga tilshunoslik
to‗garagi nomi bilan ma‘lum bo‗lgan funksional tilshunoslik maktabining o‗rni
kattadir. Bu maktab 1926-1952 yillar orasida faoliyat ko‗rsatgan. Uning vakillari
qatorida chex olimlari V. Matezius, B. Trnka, B. Gavranek, I. Vaxek, Ya.
Mukarjovskiy, V. Skalichka, Y. Korjinek, rus olimlari N.S. Trubetskoy, P.O.
Yakobson, S.O. Karsevskiy va boshqalar bo‗lgan. Mazkur maktab vakillarining
asosiy nazariy qarashlari "Praga tilshunoslik to‗garagi tezislari"da (1929 y.),
shuningdek qator maqolalarda o‗z ifodasini topgan. Bunga ko‗ra fonologiyada til
tovushlarining
akustik
obrazlariga,
ularning
sistema
ichidagi
aloqa-
munosabatlariga, demak, funksional sistema elementi sifatidagi tavsifiga alohida
e‘tibor qaratilishi ktrak.
1
Shundan kelib chiqib, fonologiyaning vazifa doirasi
quyidagicha belgilanadi:
a) eng oddiy va ahamiyatli akustik-artikulyatsion obrazlarni (fonemalarni),
ular o‗rtasidagi aloqa-munosabatlarni aniqlash orqali muayyan tilning strukturaviy
1
Тезисы Пражского лингвистического кружка // Звегинцев В.А. История языкознания XIX и XX веков в очерках и извлечениях. Часть
II. М: Учпедгиз, 1960. С. 72-73.
58
sxemasini belgilash. Bunda, xususan, fonologik korrelyatsiyalarga alohida e‘tibor
berish talab qilinadi;
b) muayyan tildagi fonemalarning birikish imkoniyatlarini, shuningdek,
fonema variatsiyalarining guruhlanishi va tarqalish darajasini aniqlash;
v) muayyan tildagi fonemalarning ko‗llanish darajasini, ularning funksional
jihatlarini o‗rganish.
2
Dostları ilə paylaş: |