Фонетик сатҳ бирликлари



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/66
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#112870
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
fonetik sath birliklari

XULOSA 

 

Ushbu ishni o‗rganish jarayonida quyidagi xulosalarga keldik: 

1.  Bugungi  kunda  o‗zbek  tilini  an‘anaviy  metodlar  orqali  o‗rganish  bilan 

birga,  jahon  tilshunosligida  keng  qo‗llanilayotgan  sistemaviy-struktur  metodlar 

asosida  o‗rganish  tobora  kengayib  bormoqda.  Har  qanday  sistem  tadqiqot  lisoniy 

birliklarga  ma‘lum  elementlar  munosabatidan  tashkil  topgan  butunlik  sifatida 

yondashishni  va  elementlarning  butunga  bo‗lgan  munosabati  hamda  butun  bilan 

butunning  munosabatini  yoritib  berishni  taqozo  etadi.  Biz  ham  ushbu  kichik 

tadqiqotimizda  dialektik  falsafaning  umumiylik-xususiylik  kategoriyalarini 

tilshunoslikka  tadbiq  qilgan  holda  struktur  tilshunoslikning  asosiy  antinomiyasi 

bo‗lgan  til  va  nutq  dixatomiyasining  fonetik  –  fonologik  sathdagi  fonema  va 

tovush  munosabatlarini  atroflicha  o‗rganib,  tadqiq  qilindi.  Ishning  kirish  qismi 

―Inson tili – tovush tili‖deb nomlanib, bunda Sharq va G`arb faylasuflarining inson 

tili  (nutqi)ga  bergan  ta‘rif  va  tafsiflari  bayon  qilingan.  Jumladan,  Abu  Nasr 

Farobiyning  bilish  falsafasi:  hissiy  va  idrokiy  bilish,    ―quvvai  notika‖  va  ―quvvai 

mutahayyila‖  bilimlari  hamda  rus  fiziologi  I.P.  Pavlovning  ikkinchi  signal 

sistemasi haqidagi ta‘limotlari keltirildi.  

 

Ishning  birinchi  bobi  fonetika  va  uning  birliklari  haqida  bo`lib,  unda  nutq 



tovushlarining  biologik  va  fizik-akustik  tabiati,  bo`g`in,  urg`u,  intonatsiya  haqida 

batafsil ma‘lumotlar bayon qilindi.  

 

Ishning  ikkinchi  bobi  esa  tovush  strukturasining  fonologik  aspektdagi 



tadqiqi deb nomlanib, usbu bobda fonema va tovush munosabati, fonema til birligi 

sifatida,  fonemalarda  invariant  va  variant  munosabati,  fonemalarning  integral  va 

differentsial  belgilari,  fonologik  oppozitsiyalarning  korrelyatsiyaga  uyushish 

qonuniyatlari  hamda  nazariyotchi  tilshunoslarning  (I.A.Boduen  de  Kurtene, 

L.V.Shcherba,  Ye.D.  Polivanov,  N.S.Trubetskoy,  N.F.Yakovlev,  R.Avanesov, 

S.I.Bernshteyn, D.Djons va boshqalarning) fonema va fonologiyaga oid g`oyalari, 

bunday  g`oya  va  qarashlarning  S.-Peterburg,  Moskva,  Praga  fonologiya 

maktablaridagi, shuningdek, Amerika deskreptiv tilshunosligi hamda Kopengagen 




 

81 


structural tilshunosligidagi ko`rinishlari va talqini, ularning o`zbek tilshunosligiga 

tatbiq etilganlik darajasi qator misollar asosida izchil yoritildi.  

Undosh va unli fonemalar paradigmatik va sintagmatik jihatdan tahlil qilindi. 

O‗zbek  tilidagi  undosh  fonemalar  paradigmatik  jihatdan  qaralganda,  ulardagi 

oppozitsiya va korrelyatsiyalar turli farqlanish belgilariga asoslanib aniqlanadi.  

Undosh  fonemalar  artikulyatsiya  o‗rni  va  to‗siqning  hosil  bo‗lishiga  ko‗ra 

labial-til oldi, labial-til o‗rta, labial-til orqa, labial-bo‗g‗iz, til oldi-bo‗g‗iz, til orqa-

bo‗g‗iz oppozitsiyalarni tashkil etadi. Lekin til oldi qatorida tish (dorsal) s, z, t, d 

va  tanglay  (alveolyar)  sh,  j  undoshlari  borligi  ularda  dorsal-alveolyar 

oppozitsiyasini  keltirib  chiqaradi.  Til  orqa  va  chuqur  til  orqa  q,  g‗,  x  undoshlari 

borligi esa, velyar k, g va uvulyar q, g‗, x farqlanish belgilari bilan velyar-uvulyar 

(yoki  velyar-velyar  emas,  uvulyar-uvulyar  emas)  oppozitsiyasini  ko‗rsatishni 

taqozo qiladi. 

Artikulyatsiya  usuli  va  to‗siqning  hosil  bo‗lishiga  ko‗ra,  portlovchi-

sirg‗aluvchi, 

portlovchi-affrikat, 

sirg‗aluvchi-affrikat, 

sonant-sonant 

emas 

(portlovchi,  sirg‗aluvchi),  sonantlar  ichida  esa,  og‗iz  (shovqinli)  sonanti-burun 



sonanti  v-m,  l-n,  r-n,  yon  sonant-titroq  sonant  l-r  oppozitsiyalari  mavjud.  Oxirgi 

oppozitsiya  ko‗pgina  tillardagi  kabi  yakkalangan,  ya‘ni  faqat  bir  dona  ekanligi 

o‗zbek tilida ham aniqlandi. 

O‗zbek  tili  konsonantizm  sistemasidagi  fonemalarning  deyarli  yarmi 

«markaz»da  joylashgan  til  oldi  undoshlaridir.  Lab,  chuqur  til  orqa,  bo‗g‗iz 

undoshlari  hamda  til  o‗rta  undoshi  p,  b,  f,  v,  m,  y,  q,  x,  g‗  «periferiya»da 

hisoblanadi.  «Markaz»  dagi  fonemalarning  boshqa  fonemalar  bilan  oppozitsiyaga 

kira  olishi,  ya‘ni  integrativ  kuchi  va  valentligi  ancha  yuqori  hisoblanadi.  Shu 

sababli, fonologik oppozitsiyalarning ko‗pchiligi ana shu nuqtada hosil bo‗ladi. 

O‗zbek adabiy tili vokalizmi uchun tilning gorizontal holatiga ko‗ra belgilar, 

ya‘ni  til  oldi  —  til  orqa  bo‗lishi  fonologik  jihatdan  ahamiyatsiz  hisoblanadi. 

Chunki  unlilarning  talaffuzi  til  oldi  undoshlaridan  keyin  til  oldi,  til  orqa 

undoshlaridan  keyin  til  orqa  bo‗lishi,  ya‘ni  o‗zgaruvchanligi  qator  belgisining 

fonologik  emasligini  ta‘minlaydi.  Lekin  o‗zbek  adabiy  tili  unlilari  hamma 




 

82 


o‗rinlarda  lablanganlik  va  lablanmaganlik  belgilarini  saqlab  qoladilar.  Bundan 

tashqari,  o‗zbek  adabiy  tili  unlilari  yuqori,  o‗rta  va  quyi  ko‗tarilishga  ega  bo‗lib, 

tilning  vertikal  holati  biroz  pasayishi  bilan  fonologik  jihatdan  farqlanmasdan 

qolmaydilar. Demak, lablanmagan-lablangan va tilning ko‗tarilish belgilari o‗zbek 

adabiy tili unlilari uchun fonologik farq-lanish belgilari hisoblanadi: i-u, ye-o‗, a-o 

— lablanmagan-lablangan; i - ye, i - a, u - u, u - o, o‗ - o — tilning ko‗tarilishi 

bo‗yicha, yuqori — o‗rta, yuqori — quyi, o‗rta — quyi oppozitsiyalari mavjud. 

O‗zbek  tilida  undosh  fonemalar  soni  (25  ta)  unli  fonemalar  soniga  (6  ta) 

qaraganda  to‗rt  marta  ortiq.  Shu  sababli,  undoshlar  unlilarga  qaraganda  ancha 

ko‗proq  qo‗llanadi  va  ularning  farqlanish  kuchi  va  fonologik  oppozitsiyalarning, 

funksional  xizmati  ham  ancha  ortiq.  Binobarin,  o‗zbek  adabiy  tilida  undoshlar 

unlilarga qaraganda ko‗proq informatsion va farqlanish belgilariga egadir. 

 

1.  Fonologik  sathda  invariantni  belgilashda  fonologik  birlik-larning 



funksional  tomoniga  –  ma‘no  farqlash  xususiyatiga  e‘tibor  berilishi  fonema 

belgilarini  asosiy,  differensial  va  qo‗shimcha,  nodifferensial  belgilarga  ajratishga 

zaruriyat tug‗diradi. 

2.  O‗zbek  tili  unli  fonemalari  uchun  og‗izning  ochilish  darajasi  va  labning 

ishtiroki  asosiy,  differensial;  qator  belgisi  va  miqdoriy  belgilari  esa  qo‗shimcha, 

nodifferensial belgi sanaladi. Bu belgilar hozirgi o‗zbek tili uchun eski o‗zbek tili 

fonologik sistemasidagi qator belgisi bo‗yicha zidlanishning reliktidir. 

3.  Unli  fonemalarda  invariant-variant  munosabatini  belgilashda  hozirgi 

tilshunoslikda Boduen de Kurtene va uning shogirdlariga nisbat berilsa ham, aslida 

sharq  tilshunosligida,  jumladan,  o‗zbek  tilshunosligida  bir  necha  yuz  yillar  ilgari 

ma‘lum  bo‗lgan.  Mahmud  Qoshg‗ariy,  Mahmud  Zamahshariy,  Alisher  Navoiylar 

fonema  terminini  qo‗llamagan  bo‗lsalar  ham,  tovush  tizimidagi  umumiy  birliklar 

va ularning nutq jarayonidagi turlicha jilo bilan ko‗rinishi haqida qimmatli fikrlar 

bildirganlar.  Demak,  tildagi  invariant-variant  munosabatini  belgilash  o‗zbek 

tilshunosligida  o‗zining  uzoq  an‘anasiga  ega.  Natijada  invariant  va  uning 

variantlarini belgilash mezonlari Yevropa tilshunosligi orqali kirib kela boshladi. 

4.  O‗zbek  adabiy  tilining  unli  fonemalar  sistemasini  belgilamoq  va  uning 

turli  variantlar  orqali  namoyon  bo‗lishini  aniqlamoq  uchun,  eng  avvalo,  o‗zbek 




 

83 


orfoepik me‘yorini belgilamoq va unlilarning fonologik qimmatini belgilashda shu 

me‘yorga asoslanmoq lozim. 

5.  Undosh  fonemalar  invariant  sifatida  ijtimoiy-ruhiy,  umumiylik 

xususiyatiga  ega  bo‗lgan  mohiyatdir.  U  bevosita  kuzatishda  nutq  zanjirida  bir 

qancha variantlar orqali ro‗yobga chiqadi.    

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

84 



Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin