kechimlari, muhit bilan bo‗ladigan munosabatlari nazarda tutiladi. Bunday kechim
sistemasi tomonidan boshqariladi. Bu sistema maxsus funksiyalarni bajaradigan
nutqning yuzaga chiqishida qatnashadigan mushaklarni harakatga keltiradigan nerv
ta‘sirni idrok etadigan nerv markazi sanaladi. Bu markaz faoliyatini o‗rganish
fonetikaning perseptiv (eshitib his etish) aspekti deb ham qaraladi. Demak, til
vositasida amalga oshiriladigan nutqiy aloqa bevosita shu markazlar ishtirokida
16
3. Nutq a‘zolarining ijro kechimi — nutq a‘zolarining nutq tovushlarini hosil
qilishdagi ishtiroki (harakati va holati). Bunday kechim, yuqorida aytib
o‗tilganidek, nutq a‘zolarining fiziologiyasi bilati bog‗liqdir. Odatda, nutq
a‘zolarining harakati va holati artikulyatsiyani shakllantiradi. Artikulyatsiya esa
har bir millat vakillarida psixologik va fiziologik ko‗nikmalarga tayanadi. Bu holat
o‗sha millat tilining artikulyatsiya bazasi hisoblanadi. Shuning uchun bir millat
vakilida boshqa millat tiliga xos artikulyatsiya bazasi (psixologik va fiziologik
ko‗nikmalar) bo‗lmasligi mumkin. Demak, tillar bir-biridan artikulyatsiya
bazalaridagi ba‘zi belgilari bilan o‗zaro farq qiladi.
Har qanday nutq tovushining artikulyatsiyasi uch bosqichdan tarkib topadi:
birinchi bosqich – ekskursiya (hozirlanish), ikkinchi bosqich – o‗rta holat (ish
holati), uchinchi bosqich – rekursiya (talaffuzning qaytishi). Nutq jarayonida bu
bosqichlarning chegarasi mavhumlashadi: odatda, bir tovushning artikulyatsiyasi
nihoyasiga yetmay, ikkinchi tovush ekskursiyasi boshlanadi, natijada tovushlar bir-
biriga dinamik ravishda ulanib, ular orasidagi talaffuz chegaralari sezilmas holga
keladi. Bunday chegaralarni yozuvda (harflar misolida) aniq sezish mumkin.
Inson nutqining tovushlari fizik xususiyatlariga ko‗ra tabiatda paydo
bo‗ladigan tovushlarning bir turidir. Ammo inson foydalanadigan tovushlar,
tabiatdagi boshqa tovushlardan farqli o‗laroq, kishining nerv sistemasi tomonidan
boshqarilib turadigan nutq organlari mahsulidir.
Nutqning eng kichik bo‗lagi bo‗lgan tovush ma‘lum akustik xossaga, gap
muayyan ohangga, so‗z esa urg‗uga ega bo‗ladi.
Tovushning akustik xossasi, gapning qanday ohangga ega bo‗lishi, gap va
so‗z urg‗usining tabiati kabi masalalar fizika fani erishgan yutuqlar asosida hal
etiladi.
Shu bilan birgalikda har qanday tovushning paydo bo‗lish o‗rnini, lab va
burunlarning ishtirokini aniqlash uchun fizik asboblardan foydalanishga to‗g‗ri
keladi. Bularning hammasi tilshunoslik bilan fizika fanining uzviy aloqador
ekanligini ko‗rsatadi. Fizikaning akustika bo‗limi tilshunoslikning fonetika bo‗limi
17
bilan chambarchas aloqadadir. Ayniqsa, fizikaning akustika bo‗limi bilan
tilshunoslikning fonetika bo‗limi o‗zaro bog‗liq.
Dostları ilə paylaş: