Akustika fani fizikaning tarkibiy qismi bo‗lib, tovushning eshitish
xususiyatlarini o‗rganadi. Ultra va infrabinafsha tovushlar kashf etilgunga qadar
har qanday tovushni qabul qilish vositasi insonning eshitish organi quloq deb
hisoblangan, shuning uchun fizikaning tovushlarni o‗rganuvchi sohasi akustika
(yunoncha ―eshitish‖ so‗zidan olingan) deb yuritilgan.
Tovush to‗lqinlarining vujudga kelishi va tarqalishi bilan bog‗liq hodisalarni
akustik hodisalar deb yuritiladi.
Hozirgi paytda tovushning havodagi tezligi normal sharoitda 331 m/sekundga
tengligi asboblar yordamida aniqlangan. Shuningdek, olimlar suvda tovush tezligi
1500 m/s, po‗latda esa 6000 m/s ekanligini o‗lchov asboblari yordamida ma‘lum
bo‗lgan.
3. Asosiy akustik tushunchalar qatoriga tovushning balandligi, tovush
bosimi, tovush kuchi, tovush tembri, tovush cho‗ziqligi, akustik rezonans
kabilar kiradi.
Dostları ilə paylaş: |