1.2.1. BO‗G‗IN
(Sillabema)
Bo‗g‗in bir havo zarbi bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar birikmasidir.
Masalan: ona (o-na), ota (o-ta), bola (bo-la) kabi. Bo‗g‗in nutq oqimining
tovushdan katta, so‗zdan kichik (ba‘zan bir so‗zga teng) segment birligidir.
Fonologik nuqtai nazardan bo‗g‗in sillabema deyiladi, uni o‗rganadigan soxa esa
sillabika deb nomlanadi.
Bo‗g‗in unlisiz tuzilmaydi, shuning uchun unli tovush bo‗g‗inning markazi
hisoblanadi - u undoshlarni o‗ziga tortib, bir havo zarbi bilan aytiladigan fonetik
bo‗lakni (bo‗g‗inni) hosil qiladi. Undoshlar o‗zicha bo‗g‗in yasamaydi (sonorlar
bundan mustasno). Ular unlidan oldin kelganda kuchsiz boshlanib, kuchli tugaydi;
kitob so‗zidagi "ki" bo‗g‗ini boshida kelgan "k" undoshi shunday. Undosh tovush
unlidan keyin kelganda, kuchli boshlanadi, so‗ng kuchsizlanib tugaydi: kitob
so‗zidagi "tob" bo‗g‗ini oxirida kelgan "b" undoshi shunday. Ba‘zan ikki bo‗g‗in
orasida ikkita bir xil undosh yonma-yon kelib qoladi: muddat (mud—dat) kabi. Bu
hodisa geminatsiya sanaladi. Bunda ikkala "dd" bir tovushdek talaffuz etiladi,
binobarin, kuchli boshlanib, kuchli tugaydi, oralig‗ida esa bir oz pasayish
kuzatiladi. Bular ikki balandlikka ega undoshlar sanaladi. Demak, bo‗g‗in
tuzilishida undoshlar kuchsiz boshlanuvchi, kuchli tugovchi va ikki balandlikka
ega xarakterida bo‗ladi. Shunga ko‗ra bo‗g‗in uch qismga bo‗linadi; a) bo‗g‗in
boshi - bo‗g‗in yasovchi tovushning (unlining) balandligigacha bo‗lgan qism; b)
bo‗g‗in markazi (bo‗g‗in balandligi); v) bo‗g‗in markazidan keyingi qism (bo‗g‗in
balandligidan so‗nggi qism).
Unli (V) yoki unli+undosh (VC) tipidagi bo‗g‗inning boshi nulga teng
bo‗ladi: o+ta (birinchi bo‗g‗in boshi nulga teng), ol+ma (birinchi bo‗g‗in boshi
nulga teng); undosh+unli (CV) tipidagi bo‗g‗inning oxiri ham nulga teng: ol+ma
("ma" bo‗g‗inining oxiri nulga teng) kabi. O‗zbek tilidagi umumturkiy so‗zlarda:
a) boshi nulga teng bo‗g‗in faqat so‗z boshida uchraydi: o+ta, uch+ta kabi; b)
boshi nulga teng bo‗lgan bo‗g‗in birinchi bo‗g‗indan keyin qo‗llanmaydi. Bu
22
tipdagi bo‗g‗inning so‗z o‗rtasida yoki oxirida kelishi faqat arabcha va ruscha
leksik o‗zlashmalarda uchraydi: ma-o—rif (arabcha), a-or-ta (ruscha-baynalmilal)
kabi; v) oxiri nulga teng (CV tipidagi) bo‗g‗in so‗zning barcha qismlarida
qo‗llanishi mumkin: bo+la, da+la kabi; g) bo‗g‗in boshida undoshlarning
qatorlashib kelishi faqat ruscha-baynalmilal so‗zlarda uchraydi: traktor (birinchi
bo‗g‗in sxemasi - CCVC) kabi.
Dostları ilə paylaş: |