xizmat qiladigan alomatlaridir. Masalan, "k" undoshi o‗zining jarangsizligi bilan
jarangli "g"dan ajralib turadi, demak, "k"ning jarang-sizligi va "g"ning esa
jarangliligi bu ikki fonemaning differensial (farqlanadigan) belgilari sanaladi.
Differensial belgilar fonemalarning xususiyatini belgilaydi - so‗zlarning fonetik
ma‘nolari ayni shu ikki fonemaning ("k" va "g"larning) differensial belgilari -
birining jarangsiz, ikkinchisining esa jarangli ekanligi tufayli farqlanmoqda.
39
Differensial belgilar fonemalar artikulyatsiyasiga bog‗liq bo‗lishi ham
mumkin: "b" - lab-lab undosh, "d" - til-tish (til oldi - dental) undoshi.
Artikulyatsiya o‗rnidagi bu tafovutlar bor va dor so‗zlarining fonetik tarkibini va
ma‘nolarini farqlamoqda: "q" - portlovchi undosh, "x"-sirg‗aluvchi undosh.
Artikulyatsiya usulidagi bu tafovutlar qol va xol so‗zlarining tovush tarkibi va
ma‘nolarini farqlash uchun xizmat qilmokda.
Shuning uchun differensial belgilar fonologik relevant yoki semiologik
relevant belgilar sanaladi.
II. Fonemalarning integral belgilari ularning o‗zaro farqlanmaydigan
alomatlaridir. Masalan, yuqorida keltirilgan "k" va "g" undoshlarining har ikkalasi
portlovchi, har ikkalasi sayoz til orqa fonemalardir. Demak, bu ikki fonema
artikulyatsiya usuli va artikulyatsiya o‗rniga ko‗ra farqlanmaydi. Shunga ko‗ra,
integral belgilar fonologik norelevant yoki semiologik norelevant belgilar
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: