II. Korrelyatsiya - ikki va undan ortiq oppozitsiyaning bir farqlanish belgisi
asosida uyushib kelishidan tarkib toptan sistema (mikrosistema). Masalan, o‗zbek
tili undoshlari "labial-til oldi" farqlanish belgisi asosida (p-t)
+
(b-d) + (t-n) + (f-s)
+ (v-z) + (f-sh) + (v-l) + (v-r) korrelyatsiyasiga, "labial-til orqa" farqlanish belgisi
asosida (p-k) + (b-g) + (f-x) + (v-t) korrelyatsiyasiga, "til oldi - til orqa" farqlanish
belgisi asosida (t-k) + (t-q) +
(d-g) + (s-x) + (z-g) + (n-ng) korrelyatsiyasiga,
"portlovchi-sirg‗aluvchi" farqlanish belgisi asosida (p-f) + (b-v) + (t-s) + (d-z) + (t-
sh) + (d-j) + (k-x) + (g-g‗) + (q-x) + (k-h) + (g-h) korrelyatsiyasiga uyushadi
(korrelyatsiyalar miqdori va turlari yuqoridagilar bilan cheklanmaydi).
Odatda, oppozitsiyadagi differensial (farqlanadigan) belgi korrelyatsiyada
integral (birlashtiruvchi) belgiga, oppozitsiyadagi integral belgi esa korrelyatsiyada
differensial belgiga aylanadi. Masalan, (p-b) oppozitsiyasidagi jarangsizlik (p) va
jaranglilik (b) farqlanish belgisi (p-b) + (t-d) + (s-z) + (f-v) + (k-g) + (sh-j) + (ch-
dj) + (x-g‗) oppozitsiyalarining barchasini bir korrelyatsiyaga birlashtirmoqda,
demak, integral belgi vazifasini bajarmoqda, ayni paytda (p-b) oppozitsiyasidagi
integral belgilar (lab-lab, portlovchi) bu oppozitsiyani korrelyatsiyadagi boshqa
oppozitsiyalardan farqlaydi (demak, differensial belgi vazifasini bajaradi). Qiyos
qiling: p-b (lab-lab) + t-d (til oldi-tish) + k-g (sayoz til orqa) + p-b (portlovchi) + f-
v (sirg‗aluvchi) kabi.
III. Tilshunoslikda fonologik oppozitsiyalar tasnifining yana bir necha turi
bor. Shulardan biri professor N.S. Trubetskoyga mansubdir. U fonologik
oppozitsiyalarni uch asosga ko‗ra tasnif qiladi:
Birinchi asos oppozitsiya bilan sistema o‗rtasidagi munosabatga ko‗ra
belgilanadi. Bu belgi asosida oppozitsiyalar quyidagicha tasnif qilinadi:
1. Bir o‗lchovli oppozitsiyalar (oppozitsii odnomernыe). Bunda bir
oppozitsiya a‘zolariga xos bo‗lgan belgilar yig‗indisi shu sistema tarkibidagi
boshqa oppozitsiyalarning a‘zolarida uchramaydi. Masalan: (p-b) dagi "lab-lab,
44
portlovchi" belgilari yig‗indisi (t-d) da yo‗q, (t-d) dagi "til oldi, portlovchi"
belgilari yig‗indisi (k-g) da yo‗q, (k-g) dagi "til orqa - portlovchi" belgilari
yig‗indisi (s-z) da yo‗q, (s-z) dagi "til oldi-dental, sirg‗aluvchi" belgilari yig‗indisi
(sh-j) da yo‗q, (sh-j) dagi "til oldi-tanglay, sirg‗aluvchi" belgilari yig‗indisi (ch-dj)
da yo‗q. Shuning uchun (p-b) oppozitsiyasi tarkibida uchinchi a‘zo uchramaydi.
Bu xususiyat "jarangli-jarangsiz" lik farqlanish belgisi asosida uyushib kelgan
korrelyatsiya tarkibiga kirgan barcha juftliklarga xos. Bir o‗lchovli oppozitsiyalar
ba‘zan "bilateral oppozitsiyalar" deb ham nomlanadi.
1
2. Ko‗p o‗lchovli oppozitsiyalar (oppozitsii mnogomernыe). Bunda
oppozitsiya a‘zolaridagi belgilar shu sistemadagi boshqa oppozitsiya tarkibiga
kirgan fonemaga ham xos bo‗ladi. Masalan, (b-d) oppozitsiyasi a‘zolaridagi
"portlovchi, jarangli" lik belgilari (d-g) oppozitsiyasidagi (g) fonemasida ham bor
(b-d-g kabi), (p-t) oppozitsiyasi a‘zolaridagi "portlovchi, jarangsiz" lik belgilari esa
(t-k) oppozitsiyasi tarkibidagi (k) undoshida ham mavjud (p-t-k kabi).
3. Proporsional oppozitsiyalar. Bunda bir oppozitsiya a‘zolaridagi farqlanish
belgilari shu sistemadagi barcha oppozitsiyalarga xos bo‗ladi. Masalan: (p-b) dagi
"jarangsiz-jarangli" lik farqlanish belgisi shu belgi asosida tarkib topgan
korrelyatsiya a‘zolarining barchasida bor: (p-b), (t-d), (k-g), (s-z), (sh-j), (ch-dj),
(f-v), (x-g‗) kabi.
4. Yakkalangan oppozitsiya (oppozitsiya izolirovannaya). Bunday oppozitsiya
a‘zolari o‗rtasidagi aloqa boshqa oppozitsiyalarda takrorlanmaydi. Masalan:
o‗zbek tilidagi (l-r) oppozitsiyasiga xos "yon sonant" va "titroq sonant" farqlanish
belgisi boshqa biror oppozitsiyada yo‗q.
2
Dostları ilə paylaş: |