Uchinchi asos oppozitsiya a‘zolarining ma‘no ajratish kuchiga va shu
a‘zolarning turli pozitsiyadagi xizmatiga tayanadi. Bunday asosga ko‗ra
oppozitsiyalarning quyidagi ikki turi farqlanadi.
1. Doimiy oppozitsiyalar. Bunday oppozitsiya a‘zolari barcha pozitsiyalarda
o‗z farqlanish belgilarini yo‗qotmaydi.
O‗zbek tilidagi (p-t), (s-sh) oppozitsiyalarida shunday holat kuzatiladi. Qiyos
qiling: paxta - taxta (so‗z boshida, unlidan oldin), ona - ota (intervokal holatda),
topmoq — totmoq (so‗z o‗rtasida, sonordan oldin), ip -it (so‗z oxirida), sim - shim
(so‗z boshida, unlidan oldin), asir - ashir (intervokal holatda), osmoq - oshmoq
(so‗z o‗rtasida, sonordan oldin), tus - tush (so‗z oxirida kabi). Bunday doimiylik,
barqarorlik oppozitsiyaning har
ikkala a‘zosi jarangsiz bo‗lganda ko‗proq uchraydi.
Zidlanishning bu turi ayrim manbalarda "konstant oppozitsiya" deb ham
nomlangan.
1
2. Neytrallashuvchi (mo‗‘tadillashuvchi) oppozitsiya. Bunday oppozitsiya
a‘zolari kuchli pozitsiyada (masalan, undoshlar so‗zning boshida, ikki unli orasida
yoki unlidan oldin qo‗llanganda) o‗zlarining farqlanish belgilarini yo‗qotmaydi:
bol va pol (b-p), dor va tor (d-t) kabi. Kuchsiz pozitsiyada (masalan, so‗z oxirida)
esa ular neytrallashadi: (tub) dagi "b" undoshi jarangsiz "p" tarzida (tub > tup
kabi), (qad) dagi "d" esa jarangsiz "t" tarzida (qad > qat kabi) talaffuz qilinadi,
natijada (b - p) va (d - t) ga xos "jarangli-jarangsiz" lik farqlanish belgisi yo‗qolib,
shu fonemalarga xos umumiy (integral) belgilar - (b-p) dagi "lab-lab, portlovchi"
lik, (d-t) dagi "til oldi-dental, portlovchi" lik xususiyatlari saqlanadi. Kuchsiz
pozitsiyadagi neytrallashuv tufayli yuzaga kelgan tovush o‗zaro zidlanishda
bo‗lgan ikkala fonemaning bir umumiy vakili - varianti sanaladi, fonemalarning
o‗zi esa variantga nisbatan arxifonema bo‗ladi: b/p yoki P arxifonemasi (tub va tup
1
Журавлев В.К. Диахроническая фонология . М., Наука, 1986. С. 96; Ахманова О.С. Словарь линвистических терминов. М., 1966. С.
370.
47
so‗zlarida), d/t yoki T arxifonemasi (qad va q at so‗zlarida), z/s yoki S
arxifonemasi (tuz va tus so‗zlarida) bo‗lgani kabi.
1
Xulosa: a) fonemalar til mexanizmida muhim ijtimoiy ahamiyatga ega
bo‗lgan mustaqil birliklardir: ular so‗z va morfemalarning tovush qobig‗ini (ifoda
jihatini) farqlash bilan birga, shu so‗z va morfemalarning ma‘nolarini farqlash
vazifasini ham bajaradi; b) fonemalarda differensial (farqlanadigan) va integral
(farqlanmaydigan) belgilar mavjud bo‗lib, ulardan birinchisi (differensial belgi)
fonologik jihatdan relevant belgi, ikkinchisi (integral belgi) esa fonologik jihatdan
norelevant belgi hisoblanadi; v) ikki fonemaning qarama-qarshi qo‗yilayotgan
differensial belgilari shu fonemalarni bitta oppozitsiyaga birlashtiradi, bir
farqlanish belgisiga asoslangan ikki va undan ortiq oppozitsiyalar esa
korrelyatsiyalarga uyushadi. Demak, oppozitsiyalardagi farqlovchi belgilar
korrelyatsiyada birlashtiruvchi belgiga aylanadi, bunda oppozitsiya sistemaning
quyi pog‗onasi (yadrosi), korrelyatsiya esa uning yuqori pog‗onasi bo‗ladi.
Tilning fonologik tizimida korrelyatsiya hodisasi borligini aniqdagan
olimlardan biri (ehtimol, birinchisi) bizning yurtdoshimiz Abu Ali ibn Sino
bo‗lgan. U o‗zining fonetikaga doir bir risolasida "dol" "to" ga qanday
munosabatda bo‗lsa, "zod" "sin" ga shunday munosabatda bo‗ladi," - degan edi.
Qiyos qiling: "dol" (jarangli "d") - "to" (jarangsiz "t"), "zod" (jarangli "z") - "sin"
(jarangsiz "s"). Bunda jaranglilik va jarangsizlik belgilariga asoslangan d-t, z-s
oppozitsiyalarining bir korrelyatsiyaga uyushayotganligi nazarda tutilganligi
shubhasiz.
2
O‗zaro zidlanishda (oppozitsiyada) bo‗lgan fonemalardan birini ikkinchisi
bilan almashtirish qonuniyatiga oid ayrim ma‘lumotlar Zahiriddin Boburning
"Boburnoma" sida ham qayd etilgan.
Dostları ilə paylaş: |