III.
Prof. B.D. Polivanov I.A. Boduen de Kurtenening g‗oyalariga
hamohang fikr bildirgan tilshunoslardan biridir. U o‗zining 1915-1916 yillarda
o‗qigan va 1923 yilda "Tilshunoslikka kirish va umumiy fonetika bo‗yicha
ma‘ruzalar" ("Leksii po vvedeniyu v yazыkoznanie i obщey fonetike") nomi bilan
nashr qilingan nazariy kursida quyidagilarni ta‘kidlaydi: "Shuni nazarda tutish
kerakki, birinchidan, tovushlar o‗rtasidagi barcha fiziologik va fizik tafovutlar
(tovush hosil qilishda sodir bo‗ladigan harakatlar va tovushlarning akustik
tarkibidagi farqlar) tilning aloqa-muomala vositasi sifatidagi faoliyatida bir xil
qiymatga ega emas, ikkinchidan, ikki tovush o‗rtasidagi muayyan tafovutlarning
turli tillardagi qiymati, ya‘ni lisoniy tafakkurning tovushdagi biror sifatiga
bo‗lgan munosabati turlicha bo‗lishi mumkin ".
1
Ye.D. Polivanovning fonologiyadagi xizmatlaridan biri shuki, u fonologik
tizimning tarixiy taraqkiyotida sodir bo‗ladigan divergensiya (bir fonemaning
ikkiga parchalanishi) va konvergensiya (ikki fonemaning bir fonema holiga
kelishi) nazariyalarini ishlab chikdi.
Yuqoridagi ma‘lumotlardan ko‗rinadiki, Ye.D. Polivanov fonemani so‗zning
morfologik tarkibi sifatida qaragan, bu hol uni keyinrok yuzaga kelgan Moskva
fonologiya maktabining ilk namoyandalaridan biri deb qarashga asos bo‗ladi.
1
Поливанов Е. Д. Лекции по введению в языкознание и общей фонетике // История... языкознания. Хрестоматия М.: Высшая школа ,
1988. С. 178.
|