VII.
N.S. Trubetskoyning fonologik nazariyasi.
Nikolay Sergeevich Trubetskoy o‗zining nemis tilida yozilgan va 1960
yilda rus tiliga tarjima qilingan "Fonologiya asoslari" kitobida fonologiya
nazariyasini qarama-qarshiliklar birligi dialektikasi asosida shakllantirgan. Bu
nazariyaga ko‗ra, fonologik sistemada asosiy rolni fonemalar emas, ma‘no
farqlovchi oppozitsiyalar bajaradi: oppozitsiyalar sistema tarkibida ma‘lum tartib
va struktura holatida (aloqalar va bog‗lanishlar munosabatida) bo‗lib,
fonemalarning fonologik mohiyat kasb etishiga sharoit yaratadi.
1
Shu g‗oyaga
tayanib N.S.Trubetskoy fonologik oppozitsiyalarning uch prinsipga asoslangan
quyidagi tasnifini ishlab chiqadi: 1)oppozitsiya bilan oppozitsiyalar sistemasi
o‗rtasidagi munosabatga ko‗ra: bir o‗lchovli, ko‗p o‗lchovli, proporsional va
yakkalangan oppozitsiyalar; 2)oppozitsiya a‘zolari o‗rtasidagi munosabatga ko‗ra:
privativ, gradual va ekvipolent oppozitsiyalar; 3)oppozitsiya a‘zolarining ma‘no
ajratish kuchiga va shu a‘zolarning turli pozitsiyadagi xizmatiga ko‗ra: doimiy
oppozitsiyalar va neytrallashuvchi oppozitsiyalar.
N.S.Trubetskoyning bu tasnifi va unga asos bo‗lgan oppozitsiyalar metodi
o‗zbek tiliga dastlab prof. A. Abduazizov tomonidan tatbiq etilgan.
2
N.S. Trubetskoy nazariyasining yana bir muhim jihati shundaki, unda
fonema bilan tovush (aniq fizik birlik) o‗rtasidagi aloqadorlik ham o‗z ifodasini
topgan. N.S. Trubetskoyning ta‘kidlashicha, oppozitsiya a‘zosi sifatidagi fonema
aniq tovushga teng emas, chunki tovushlar fonemalarning moddiy ramzlari, xolos.
Fonema turli pozitsiyada ana shu tovushlardan biri shaklida reallashadi. Bunday
2
Жамолҳонов Ҳ. Ўзбек тилининг назарий фонетикаси. Ўз.Р.Фанлар академияси ―Фан‖ нашриѐти 2009 й.
1
Трубецкой Н.С. Основы фонологии. С.74. М., 1960.
2
Баскаков Н.А., Содиқов А.С. Абдуазизов А.А. Умумий тилшунослик.. Тошкент: Ўкитувчи, 1979. 41-61-бетлар. Яна: Абдуазизов А.
Ўзбек тили фонологияси ва морфонологияси. Тошкент: Ўкитувчи, 1992. 29-35-бетлар.
59
tovushlarni u fonema variantlari deb nomlaydi. Uningcha: a) ikki tovush bir xil
pozitsiyada qo‗llanib, so‗z ma‘nosini o‗zgartirmasa, ular bir fonemaning fakultativ
variantlari sanaladi.
1
N.S. Trubetskoy bir mustaqil fonemani va fonemalar birikmasini aniqlash
bo‗yicha ham qator qoidalarni bergan. Ulardan muhimlari quyidagilar:
1) ikki tovush birikmasining komponentlari ikki bo‗g‗inga aloqador
bo‗lmasa (ikki bo‗g‗inga ajralmasa), bunday birikma yaxlit bir fonema sanaladi.
2) tovushlar guruhini birgalikda artikulyatsiya qilish mumkin bo‗lsa va
talaffuz davomida asta-sekin susayish yoki qisqarish ro‗y bersa, bunday tovushlar
guruhi bir mustaqil fonema sanaladi.
3) cho‗ziqligi o‗sha tildagi boshqa fonemalarning cho‗ziqligiga to‗g‗ri
kelgan tovush birikmalari bir fonemaning vakili sifatida qaralishi mumkin;
4) to‗rtinchi qoida yuqoridagi uch qoidani o‗z ichiga oladi va muayyan
fonemalar uchragan holatda boshqa fonemalar birikmasi uchramasligini nazarda
tutadi.
5) oddiy fonemalar mustaqil fonemalardir;
6) birikmali fonemaning (masalan, diftongning) biror elementi boshqa
fonemaning kombinator variantiga to‗g‗ri kelsa, bunday birikma ma‘lum
fonemaning vakili deb qaralishi mumkin.
7) bir tovush yoki tovushlar birikmasi yuqoridagi qoidalarga bo‗ysunsa, ular
bir-birlariga nisbatan fonemaning fakultativ yoki kombinator variantlari
munosabatida bo‗lsa, bunda o‗sha tovushlar guruhi yoki bir tovush o‗sha
fonemalar birikmasining vakili bo‗ladi.
2
Dostları ilə paylaş: |