2.3.3. O‗zbek tili undoshlar sistemasida invariant-variantlilik
Fonemaning muhim funksional belgisi distinktivlikdir.
2
Farqlash tushunchasi
zidlash tushunchasini taqozo etadi. N.S.Trubetskoyning ta‘kidlashicha, ikki narsa
bir-biriga zidlanganidagina o‗zaro farqli belgisi namoyon bo‗ladi. Xuddi
shuningdek, tovushlarning belgisi ham boshqa shunga yaqin tovushlarning
belgisiga zidlangandagina, uning ma‘no farqlash (distinktiv) funksiyasi namoyon
bo‗ladi.
Shuning uchun ham til birliklarining farqlanishida lingvistik zidlanishlar
muhim o‗rin egallaydi.
Fonologik zidlanishlar tasnifida ularning ma‘no farqlash va ma‘no farqlamaslik
belgisi muhim ahamiyatga ega. Bu belgiga ko‗ra fonologik zidlanishlar ma‘no
farqlovchi va ma‘no farqlamaydigan zidlanishlarga bo‗linadi.
Birinchi zidlanish fonologik muhim zidlanish sanalib, u morfema va
so‗zlarning moddiy shakllantirish bilan birga, ularning ma‘nolarini farqlash
vazifasini bajaradi.
3
Tovushlar o‗zlarining fonologik muhim belgilari bilangina o‗zaro zid
munosabatda bo‗ladi. Demak, har qanday fonema albatta ma‘lum zidlanishning
a‘zosi bo‗ladi. Har qanday real talaffuz qilinayotgan tovush esa fonologik muhim
bo‗lmagan belgilarga ham ega bo‗ladi. Demak, undoshlarda invariant-variant
munosabatini belgilash uchun ularning fonologik muhim va nomuhim belgilarini
ajratish katta ahamiyat kasb etadi.
Undosh fonemalarning muhim belgilari korrelyativ va korrelyativ bo‗lmagan
belgilar bo‗lishi mumkin.
4
Kamida ikki fonema o‗rtasida zidlanishga asos bo‗lgan
belgilardan birining birida bor, ikkinchisida yo‗qligi bilan ajralib turadigan belgi
1
Решетов В.В. Узбекский язык.I.Фонетика.-Тошкент:Учпедгаз,1959. -С.160; Абдуллаев Ф.А. Фонетика хорезмских говоров. -
Тошкент: Фан,1967. -С.59.
2
Трубецкой Н.С. Юқоридаги асар. –Б.38
3
Трубецкой Н.С. Ўша асар. –Б.39
4
Дмитриенко С.Н. Фонемы русского языка. -М.: Наука, 1985. -С.20
70
korrelyativ belgi hisoblanadi. Belgilar majmuasi faqat birgina fonemaning o‗ziga
xos bo‗lsa, bunday belgilar korrelyativ bo‗lmagan belgi hisoblanadi. Masalan «t»
fonemasida jarangsizlik belgisi asosiy va korrelyativ belgidir. Chunki xuddi shu
fonemaning asosiy belgilariga ega bo‗lgan, ammo undan boshqa korrelyativ
belgisining borligi bilan (jaranglilik belgisining borligi bilan) ajralib turuvchi «d»
fonemasi bor.
1
Undosh fonemalar o‗rtasidagi munosabatning turlicha tasnifi uchraydi.
Masalan, L.L.Bulanin rus tilidagi barcha undoshlar besh farqlovchi belgi asosida
o‗zaro oppozitsiyaga kirishi mumkinligini, bu besh belgi, o‗z navbatida, uch
guruhni: asosiy, korrelyativ, nisbiy belgilarni hosil qilishini ko‗rsatadi.
2
Paydo bo‗lish o‗rni va usuliga ko‗ra undosh fonemalar belgisi asosiy, jarangli,
jarangsiz, qattiqlik-yumshoqlikka ko‗ra belgisi korrelyativ, shovqinlilik-sonorlikka
ko‗ra farqlovchi belgisi nisbiy belgilarga ajratiladi.
3
O‗zbek tilida undoshlarning fonologik oppozitsiyasini quyidagicha
guruhlash mumkin: asosiy aktiv organga ko‗ra (paydo bo‗lish o‗rni va usuli
belgisi); ovozning ishtirokiga ko‗ra.
4
Nutq
jarayonida undoshlar
yondosh
tovushlar
bilan
sintagmatik
munosabatda bo‗lib, turli xil variantlarga ega bo‗ladi. Muayyan undosh fonema
ma‘lum fonetik qurshovda turli o‗zgarishlarga uchraydi. Bu o‗zgarishlar ma‘lum
belgilariga ko‗ra kombinator, pozitsion, fakultativ va individual variantlar tiplariga
birlashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: |