Фонетик сатҳ бирликлари



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/66
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#112870
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
fonetik sath birliklari

2.3.5. Pozitsion variantlar 

 

 



Undoshlar uchun unli oldi pozitsiyasi kuchli, unlidan keyingi, ikki unli orasi 

(intervokal) so‗z oxiri pozitsiyasi kuchsiz pozitsiya sanaladi.  

 

O‗zbek  tilida  undosh  fonemalar  kuchli  pozitsiyada  namuna  hisoblanuvchi 



varianti  orqali  voqelanadi.  Kuchsiz  pozitsiyada  esa  korrelyativ  munosabatda 

bo‗lgan  juftliklar  korrelyativ  belgilarini  yo‗qotadi.  Natijada  zidlanuvchi  a‘zolar 

o‗rtasida  farqlovchi  belgilarning  neytralizatsiyasi  ro‗y  beradi.  Bunday 

neytrolizatsiyaga  uchrovchi farqlovchi belgilar turlicha bo‗lishi mumkin: 

1) jaranglilik-jarangsizlik  belgisiga  ko‗ra  zidlanuvchi  korrelyativ  a‘zolar  kuchsiz 

pozitsiyada bu belgisiga ko‗ra mo‗‘tadillashadi.  

Mo‗‘tadillashuv ikki yo‗nalishda ro‗y beradi: 

a)  jarangli  undosh  jarangsiz  undosh  kabi  talaffuz  qilinadi.  Masalan,  b~p:  bop 

(bob), kavop (kabob), d~t obot (obod), g~k bark (barg) va boshq. 

b)  jarangsiz  undosh  jaranglilashadi.  Bu  vaqtda  jarangsiz  undoshdan  oldin  kelgan 

unli  cho‗ziladi.  Unlining  cho‗zilishi  esa  o‗zidan  keyin  kelgan  undoshning 

kuchsizlanishiga – jarangli variantga ega bo‗lishiga sababchi bo‗ladi:  




 

76 


 

Navbahor, ochildi gullar, sabza bo‗ldi bog‗lar,  

 

Suhbat aylaylik, kelinglar, jo‗ralar, o‗rtog‗lar. 



Shuningdek, intervokal holatda q-g‗ mo‗‘tadillashuvi yuzaga chiqadi:  

 

 



 

chortoq ~ chortog‗i 

2) portlovchilik-sirg‗aluvchilik  belgisiga  ko‗ra  zidlanuvchi  korrelyativ  a‘zolar 

intervokal  pozitsiyada  mo‗‘tadillashadi.  Bu  vaqtda  portlovchi  undosh  sirg‗alish 

belgisiga  ega  bo‗ladi:  b~v:  soboq  va  boshq.  Bunday  hodisa  keyinchalik  turkiy 

tillar  o‗rtasida  korrespondensiyaning  ro‗y  berishiga  olib  kelgan.  Masalan: 

o‗zbekcha  sovun,  qadimgi  turk,  hozirgi  tatar,  boshqird  tillarida  sobun; 

o‗zbekcha qovoq, uyg‗. qoboq va boshq; 

 

 

k~g bukun~bugun kabi. 



Bulardan tashqari fakultativ variantlar ham muayyan kombinator holat yoki 

pozitsiya  bilan  bog‗liq  holda  ro‗y  beradi.  Shuning  uchun  fakultativ  variantlar 

haqida fikr yuritilganda ham pozitsiya haqida ma‘lum darajada ma‘lumot beriladi. 

 


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin