XULOSA
Ushbu ishni o‗rganish jarayonida quyidagi xulosalarga keldik:
1. Bugungi kunda o‗zbek tilini an‘anaviy metodlar orqali o‗rganish bilan
birga, jahon tilshunosligida keng qo‗llanilayotgan sistemaviy-struktur metodlar
asosida o‗rganish tobora kengayib bormoqda. Har qanday sistem tadqiqot lisoniy
birliklarga ma‘lum elementlar munosabatidan tashkil topgan butunlik sifatida
yondashishni va elementlarning butunga bo‗lgan munosabati hamda butun bilan
butunning munosabatini yoritib berishni taqozo etadi. Biz ham ushbu kichik
tadqiqotimizda dialektik falsafaning umumiylik-xususiylik kategoriyalarini
tilshunoslikka tadbiq qilgan holda struktur tilshunoslikning asosiy antinomiyasi
bo‗lgan til va nutq dixatomiyasining fonetik – fonologik sathdagi fonema va
tovush munosabatlarini atroflicha o‗rganib, tadqiq qilindi. Ishning kirish qismi
―Inson tili – tovush tili‖deb nomlanib, bunda Sharq va G`arb faylasuflarining inson
tili (nutqi)ga bergan ta‘rif va tafsiflari bayon qilingan. Jumladan, Abu Nasr
Farobiyning bilish falsafasi: hissiy va idrokiy bilish, ―quvvai notika‖ va ―quvvai
mutahayyila‖ bilimlari hamda rus fiziologi I.P. Pavlovning ikkinchi signal
sistemasi haqidagi ta‘limotlari keltirildi.
Ishning birinchi bobi fonetika va uning birliklari haqida bo`lib, unda nutq
tovushlarining biologik va fizik-akustik tabiati, bo`g`in, urg`u, intonatsiya haqida
batafsil ma‘lumotlar bayon qilindi.
Ishning ikkinchi bobi esa tovush strukturasining fonologik aspektdagi
tadqiqi deb nomlanib, usbu bobda fonema va tovush munosabati, fonema til birligi
sifatida, fonemalarda invariant va variant munosabati, fonemalarning integral va
differentsial belgilari, fonologik oppozitsiyalarning korrelyatsiyaga uyushish
qonuniyatlari hamda nazariyotchi tilshunoslarning (I.A.Boduen de Kurtene,
L.V.Shcherba, Ye.D. Polivanov, N.S.Trubetskoy, N.F.Yakovlev, R.Avanesov,
S.I.Bernshteyn, D.Djons va boshqalarning) fonema va fonologiyaga oid g`oyalari,
bunday g`oya va qarashlarning S.-Peterburg, Moskva, Praga fonologiya
maktablaridagi, shuningdek, Amerika deskreptiv tilshunosligi hamda Kopengagen
81
structural tilshunosligidagi ko`rinishlari va talqini, ularning o`zbek tilshunosligiga
tatbiq etilganlik darajasi qator misollar asosida izchil yoritildi.
Undosh va unli fonemalar paradigmatik va sintagmatik jihatdan tahlil qilindi.
O‗zbek tilidagi undosh fonemalar paradigmatik jihatdan qaralganda, ulardagi
oppozitsiya va korrelyatsiyalar turli farqlanish belgilariga asoslanib aniqlanadi.
Undosh fonemalar artikulyatsiya o‗rni va to‗siqning hosil bo‗lishiga ko‗ra
labial-til oldi, labial-til o‗rta, labial-til orqa, labial-bo‗g‗iz, til oldi-bo‗g‗iz, til orqa-
bo‗g‗iz oppozitsiyalarni tashkil etadi. Lekin til oldi qatorida tish (dorsal) s, z, t, d
va tanglay (alveolyar) sh, j undoshlari borligi ularda dorsal-alveolyar
oppozitsiyasini keltirib chiqaradi. Til orqa va chuqur til orqa q, g‗, x undoshlari
borligi esa, velyar k, g va uvulyar q, g‗, x farqlanish belgilari bilan velyar-uvulyar
(yoki velyar-velyar emas, uvulyar-uvulyar emas) oppozitsiyasini ko‗rsatishni
taqozo qiladi.
Artikulyatsiya usuli va to‗siqning hosil bo‗lishiga ko‗ra, portlovchi-
sirg‗aluvchi,
portlovchi-affrikat,
sirg‗aluvchi-affrikat,
sonant-sonant
emas
(portlovchi, sirg‗aluvchi), sonantlar ichida esa, og‗iz (shovqinli) sonanti-burun
sonanti v-m, l-n, r-n, yon sonant-titroq sonant l-r oppozitsiyalari mavjud. Oxirgi
oppozitsiya ko‗pgina tillardagi kabi yakkalangan, ya‘ni faqat bir dona ekanligi
o‗zbek tilida ham aniqlandi.
O‗zbek tili konsonantizm sistemasidagi fonemalarning deyarli yarmi
«markaz»da joylashgan til oldi undoshlaridir. Lab, chuqur til orqa, bo‗g‗iz
undoshlari hamda til o‗rta undoshi p, b, f, v, m, y, q, x, g‗ «periferiya»da
hisoblanadi. «Markaz» dagi fonemalarning boshqa fonemalar bilan oppozitsiyaga
kira olishi, ya‘ni integrativ kuchi va valentligi ancha yuqori hisoblanadi. Shu
sababli, fonologik oppozitsiyalarning ko‗pchiligi ana shu nuqtada hosil bo‗ladi.
O‗zbek adabiy tili vokalizmi uchun tilning gorizontal holatiga ko‗ra belgilar,
ya‘ni til oldi — til orqa bo‗lishi fonologik jihatdan ahamiyatsiz hisoblanadi.
Chunki unlilarning talaffuzi til oldi undoshlaridan keyin til oldi, til orqa
undoshlaridan keyin til orqa bo‗lishi, ya‘ni o‗zgaruvchanligi qator belgisining
fonologik emasligini ta‘minlaydi. Lekin o‗zbek adabiy tili unlilari hamma
82
o‗rinlarda lablanganlik va lablanmaganlik belgilarini saqlab qoladilar. Bundan
tashqari, o‗zbek adabiy tili unlilari yuqori, o‗rta va quyi ko‗tarilishga ega bo‗lib,
tilning vertikal holati biroz pasayishi bilan fonologik jihatdan farqlanmasdan
qolmaydilar. Demak, lablanmagan-lablangan va tilning ko‗tarilish belgilari o‗zbek
adabiy tili unlilari uchun fonologik farq-lanish belgilari hisoblanadi: i-u, ye-o‗, a-o
— lablanmagan-lablangan; i - ye, i - a, u - u, u - o, o‗ - o — tilning ko‗tarilishi
bo‗yicha, yuqori — o‗rta, yuqori — quyi, o‗rta — quyi oppozitsiyalari mavjud.
O‗zbek tilida undosh fonemalar soni (25 ta) unli fonemalar soniga (6 ta)
qaraganda to‗rt marta ortiq. Shu sababli, undoshlar unlilarga qaraganda ancha
ko‗proq qo‗llanadi va ularning farqlanish kuchi va fonologik oppozitsiyalarning,
funksional xizmati ham ancha ortiq. Binobarin, o‗zbek adabiy tilida undoshlar
unlilarga qaraganda ko‗proq informatsion va farqlanish belgilariga egadir.
1. Fonologik sathda invariantni belgilashda fonologik birlik-larning
funksional tomoniga – ma‘no farqlash xususiyatiga e‘tibor berilishi fonema
belgilarini asosiy, differensial va qo‗shimcha, nodifferensial belgilarga ajratishga
zaruriyat tug‗diradi.
2. O‗zbek tili unli fonemalari uchun og‗izning ochilish darajasi va labning
ishtiroki asosiy, differensial; qator belgisi va miqdoriy belgilari esa qo‗shimcha,
nodifferensial belgi sanaladi. Bu belgilar hozirgi o‗zbek tili uchun eski o‗zbek tili
fonologik sistemasidagi qator belgisi bo‗yicha zidlanishning reliktidir.
3. Unli fonemalarda invariant-variant munosabatini belgilashda hozirgi
tilshunoslikda Boduen de Kurtene va uning shogirdlariga nisbat berilsa ham, aslida
sharq tilshunosligida, jumladan, o‗zbek tilshunosligida bir necha yuz yillar ilgari
ma‘lum bo‗lgan. Mahmud Qoshg‗ariy, Mahmud Zamahshariy, Alisher Navoiylar
fonema terminini qo‗llamagan bo‗lsalar ham, tovush tizimidagi umumiy birliklar
va ularning nutq jarayonidagi turlicha jilo bilan ko‗rinishi haqida qimmatli fikrlar
bildirganlar. Demak, tildagi invariant-variant munosabatini belgilash o‗zbek
tilshunosligida o‗zining uzoq an‘anasiga ega. Natijada invariant va uning
variantlarini belgilash mezonlari Yevropa tilshunosligi orqali kirib kela boshladi.
4. O‗zbek adabiy tilining unli fonemalar sistemasini belgilamoq va uning
turli variantlar orqali namoyon bo‗lishini aniqlamoq uchun, eng avvalo, o‗zbek
83
orfoepik me‘yorini belgilamoq va unlilarning fonologik qimmatini belgilashda shu
me‘yorga asoslanmoq lozim.
5. Undosh fonemalar invariant sifatida ijtimoiy-ruhiy, umumiylik
xususiyatiga ega bo‗lgan mohiyatdir. U bevosita kuzatishda nutq zanjirida bir
qancha variantlar orqali ro‗yobga chiqadi.
|