Foydalaniladigan adabiyotlar



Yüklə 148,79 Kb.
səhifə10/10
tarix03.12.2022
ölçüsü148,79 Kb.
#120414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Tempratura

Nazorat savollari
1.Amalda qaysi temperatura shkalalari qo`llaniladi?
2.Kengayish termometrlarining ishlash printsipini ayting.
3.Monometrik termometrlarda qaysi termometrik moddalar qo`llaniladiq
4.Potentsiometr qaysi termometr bilan birgalikda ishlaydi?
5.Qarshilik termometrlarning turlari va ishlash printsipini ayting.
Tayanch iboralar
Temperatura shkalasi, dilatometrik, bimetall, manometrik, termoelektrik termometrlar, potentsiometr, logometr, muvozanat ko`prik.
Temperatura (lot. temperatura — zarur siljish, oʻlchamdorlik, normal holat) — makroskopik tizimning termodinamik muvozanat holatini xarakterlovchi asosiy parametrlardan biri. Termodinamik muvozanat holatida turgan tizimning barcha qismlarining temperaturasi bir xil boʻladi. Agar tizim muvozanat holatdan chiqarilsa, uning issiqroq qismlaridan sovuqroq qismlariga issiqlik uzatilishi natijasida maʼlum vaqtdan soʻng tizimning hamma qismlarida temperaturaning tenglashishi vujudga kelib, termodinamik muvozanat holatiga qaytadi.
Tizim tarkibidagi jismlarni isitish yoki sovitish, yaʼni temperaturasini oʻzgartirish ularning qariyb barcha fizik xossalariga taʼsir qiladi: jismlarning chiziqli oʻlchamlari, elastikligi, elektr oʻtkazuvchanligi va boshqa xossalari oʻzgaradi. Temperaturani oʻlchash uchun bu oʻzgarishlarning istalgan biridan foydalanish mumkin. Temperatura bevosita oʻlchanmaydigan kattalik. U boshqa kattaliklarni oʻlchash orqali aniqdanadi. Masalan, tizimning temperaturasini isitish yoki sovitish natijasida gaz hajmi yoki bosimining oʻzgarishi (suyuqlik, jumladan, simobli termometrlar) oʻtkazgichlarning elektr yurituvchi kuch (E.Yu.K.)lari oʻzgarishi (termoparalar) va boshqa orqali aniqlash mumkin.
Statistik fizikatsa temperatura termodinamik muvozanat holatdagi tizimni tashkil etgan zarralarning oʻrtacha kinetik energiyalarini tavsiflovchi kattalikdir.
Astrofizikada temperatura — muhitning fizik holatini ifodalovchi parametr. Osmon jismlarining temperaturasini baʼzi nazariy farazlarga asoslangan holda ularning nurlanishini oʻrganish yoʻli bilan aniqlanadi.
Temperaturaning quyidagi xillari mavjud: yulduz (yoki boshqa obʼyektning, masalan, Quyosh toji) ning effektiv temperaturasi — yulduz oʻlchamiga teng va yulduz tarqatayotgan toʻliq nurlanishni chiqara oladigan mutlak qora jism.
Ravshanlik temperaturasi — berilgan yoʻnalishda kuzatilayotgan muayyan toʻlqin uzunlikdagi nurlanish intensivligiga teng nurlanish chiqara oladigan mutlaq qora jism.
Spektrofotometrik temperatura — kuzatilayotgan spektral sohadagi nurlanish intensivligining nisbiy taqsimlanishiga yaqin nurlanish chiqara oladigan mutlaq qora jism.
Spektrometrik temperatura — spektrning turli sohalarida turlicha boʻlishi mumkin.
Gʻalayonlash temperaturasi — atomlarning gʻalayonlash holatlari boʻyicha taqsimlanishini ifodalovchi parametr. Ionlanganlik temperaturasi — spektral chiziqlarning nisbiy intensivligi boʻyicha aniqlanuvchi va moddaning ionlanganlik darajasini belgilovchi parametr.
Yüklə 148,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin