Foydalaniladigan adabiyotlar


YARIM O'TKAZGICHLI TERMOSEZGICHLAR



Yüklə 148,79 Kb.
səhifə8/10
tarix03.12.2022
ölçüsü148,79 Kb.
#120414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Tempratura

YARIM O'TKAZGICHLI TERMOSEZGICHLAR
Yarim o'tkazgichli termometrik qarshiliklar yoki termistorlarning termik koeffitsiyenti toza metallarnikiga nisbatan 8-10 marta yuqori bo'lganligi uchun, temperaturani avtomatik boshqarish sistemalarida keng qo'llaniladi. Bundan tashqari, ularning boshlang'ich qarshiligi katta va geometrik o'lchamlari juda kichik bo'ladi. Boshlang'ich qarshilikning katta bo'lishi esa, tashqi zanjirlardagi qarshilikning issiqlikdan o'zgarishini hisobga olmaslik imkonini beradi.
Qanday materialdan tayyorlanganiga qarab, termistorlar mis marganesli (MMT) va kobalt marganesli (KMT) turlarga bo'linadi.
MMT-1 (KMT-1) termistorlarining tuzilishi 13-rasmda keltirilgan.

a) b)
13 – rasm. Yarim o’tkazgichli qarshilik termometrlari.
a-mis marganesli ММЕ-1; b- mis marganesli ММЕ-4.
Oxirida kontakt qiluvchi qalpoqchalar 2 bo'lgan tashqi tomonidan emal bo'yoq bilan bo'yalgan yarim o'tkazgichli silindr 1 ga chiqish simlari kavsharlangan. Termistorlarning diametri 2 mm, uzunligi 12 mm va inersionligi 85 sekundni tashkil qiladi. Termistorlarning bu turlari namlik o'rtacha (normal) bo'lgan hollarda qo'llaniladi. MMT-4 (KMT-4) turidagi termistorlar ham silindr shaklida tayyorlangan bo'lib, uning oxirida chiqish simlari 6 ulangan qalpoqcha 1 joylashgan. Yarim o'tkazgichli silindr metall folga 2 bilan o'ralgan bo'lib, himoyalovchi metall g'ilof ichiga joylashgan. Tepa qismida esa shishali izolyator 5 mavjud. Termistorlarning bu turi yuqori namlikli sharoitlarda va suyuqliklarda qo'llaniladi. Ularning diametri 4 mm, uzunligi esa 20 mm bo'ladi.
Temperaturani o'lchashdagi xatolikning kichikligi, o'lchashni ma'lum masofaga uzatish va markazlashtirish imkoniyatining borligi va boshqalar qarshilikli termoo'zgartgichlarning afzalligini ko'rsatadi. Ularga qo'shimcha tok manbayining talab etilishi, sezgir elementning ma'lum miqdorda uzunligi, zaharli moddalar ta'sirida yemirilishi qarshilikli termoo'zgartgichlarning kamchiligi hisoblanadi.
Qarshilik termoo'zgartgichlari bilan birgalikda ishlaydigan ikkilamchi asbob sifatida muvozanat va nomuvozanat ko'priklari hamda logometrlar ishlatiladi.

Yüklə 148,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin