MUVOZANAT KO'PRIKLARI
Muvozanat ko'priklari qarshilik datchiklari termometrlari bilan birgalikda ishlash uchun mo'ljallangan asosiy o'lchov asbobi hisoblanib, ular ikki xil bo'ladi: Laboratoriya sharoitlarida qo'l bilan muvozanatlanadigan va sanoatda avtomatik ravishda muvozanatlanadigan ko'priklar. Avtomatik muvozanat ko'priklar ko'rsatuvchi, o'ziyozar va rostlovchi asbob sifatida ishlatiladi.
Qarshilik termometri ulanadigan doimiy tok muvozanat ko'prigining prinsipial sxemasi 15-rasmda keltirilgan. Ko'prik ikkita doimiy qarshilik R1 va R2, o'zgaruvchan qarshilik (reoxord) R3, simlar qarshiligi Rs va qarshilik termometri Rt dan iborat. Ko'prikning asosiy diagonaliga doimiy tok manbayi E, ikkinchi «bd» diagonaliga esa qayta ulagich П orqali nol-pribor HP sezgir galvanometr ulanadi. Ko'prikning muvozanat holatida «bd» diagonalda tok kuchi I0=0 bo'lib, qarshiliklarda kuchlanishning kamayishi bir xil bo'lgani uchun
(2.36)
deb yozish mumkin. Shuningdek, ko'prikning qolgan «be» va «ed» yelkalarida ham kuchlanishning kamayishi bir xil:
(2.37)
(2.36) tenglamani (2.37) tenglamaga bo'lsak,
yoki
Shunday qilib, muhit temperaturasining o'zgarishi natijasida Rt termometrning qarshiligi o'zgaradi va yelkalarda muvozanat buziladi. Ko'prikni muvozanat holatiga qaytarish uchun reoxord R3 ning surgichi muvozanat holat ta'minlangunga qadar suriladi.
Atrof-muhitni temperaturaga ta'siri natijasida yuzaga keladigan xatolikni bartaraf etish uchun qarshilik termometrining uch simli ulash sxemasi qo'llaniladi. Bunday ulash usulida bir simning qarshiligi Rt qarshilikka, ikkinchi simning qarshiligi esa o'zgaruvchan qarshilikka qo'shiladi. U holda muvozanat tenglamasi quyidagicha bo'ladi:
Agar R1 = R2 bo'lsa, Rt + Rc = R3 + Rc bo'ladi.
Bundan ko'rinib turibdiki, uch simli ulashda simlarning qarshiligi o'lchov natijasiga ta'sir qilmaydi.
15 – rasm. a) muvozanat ko’prikning prinsipial elektrik sxemasi; b) uch simli ulash sxemasi
Sanoatda har xil turdagi o'ziyozar, bir va bir necha nuqtalardagi temperaturani o'lchaydigan, signal beruvchi va rostlovchi avtomatik muvozanat ko'priklari keng tarqalgan.
Avtomatik muvozanat ko'priklarida kontaktli kompensatsiyalovchi o'zgaruvchan rezistorlar eng ishonchli element hisoblanib, ular yordamida o'lchanayotgan kattalik qarshilikli termoo'zgartgich qarshiligi bilan kompensatsiyalanadi.
Avtomatik muvozanat ko'priklarda reoxordning surgichi avtomatik ravishda siljiydi. Bunday ko'priklarning o'lchash sxemasi doimiy yoki o'zgaruvchan tok manbaidan ta'minlanadi. O'zgaruvchan tok muvozanat ko'priklarida aktiv qarshiliklar hal qiluvchi ahamiyatga ega, shuning uchun doimiy tok ko'priklari uchun chiqariladigan yuqoridagi tenglamalar o'zgaruvchan ko'priklar uchun ham saqlanadi. O'zgaruvchan tok muvozanat ko'priklari bir qator afzalliklarga ega: o'lchash sxemasi kuch transformatorining bir o'ramidan ta'minlanadi, ya'ni qo'shimcha ta'minlash manbai talab qilinmaydi, shu bilan birga tebranish o'zgartgichning ham zaruriyati bo'lmaydi.
Ko'rsatuvchi va o'ziyozar elektron avtomatik muvozanat ko'prigining prinsipial sxemasini (16-rasm) ko'rib chiqamiz. Prinsipial sxemaga quyidagicha shartli belgilar kiritamiz:
Rr - reoxord; Rsh - reoxord shunti, u reoxord qarshiligiga belgilangan qiymat yetkazib turish uchun xizmat qiladi; Rd - o'lchash diapazonini belgilash qarshiligi; Rq - shkala boshlang'ich qiymatini rostlovchi qo'shimcha qarshilik; R1,R2, R3 - ko'prik sxemasining qarshiliklari; Rb - tokni cheklovchi ballast qarshilik; Rt - qarshilik termometri;
Rs - simlar qarshiligini rostlovchi qarshilik; RD - asinxron kondensatorli reversiv dvigatel; SD - diagramma lentasini siljituvchi sinxron dvigatel; C1 va C2 - qo'zg'alish o'ramining magnit oqimi bilan boshqaruvchi o'ram o'rtasidagi siljish fazasini (90°) va uyg'onish o'ramida kuchlanishni (127 V) kerakli miqdorga yetkazish uchun xizmat qiladigan kondensatorlar; C3 - reversiv dvigatel boshqaruvchi o'ramini shuntlovchi kondensator, shu o'ramdagi tokning induksiyasini kompensatsiyalaydi. TO - tokni olib ketuvchi.
Ko'prik sxemasidagi barcha qarshiliklar manganin simdan tayyorlangan bo'lib, qarshilik termometri uch simli ulash sxemasi usulida ulangan. Bu holda termometrni ko'prik bilan ulaydigan simlarning qarshiligi ko'prikning yelkalariga taqsimlanadi. Shuning uchun atrof-muhit temperaturasining tebranishi natijasida, ulangan simlar qarshiligining tebranishi sababli hosil bo'lgan xato miqdori kamayadi. Termometr qarshiligining tebranishi natijasida ko'prik sxemasining muvozanati yo'qoladi, «a» va «b» cho'qqilardan kuchaytirgichning kirish qismiga nobalans kuchlanish keladi. Kuchaytirgich esa bu kuchlanishni reversiv dvigatel ishga tushguncha kuchaytiradi. Dvigatelning chiqish vali reoxord surgichi va karetka bilan kinematik bog'langanligi uchun bu val ularni nobalans kuchlanish kamayib, nolga teng bo'lguncha siljitadi. Ko'prik sxemasi muvozanat holatga kelganda, reversiv dvigatelning rotori to'xtaydi. Reoxord surgichi esa ko'rsatgichli karetka bilan birga o'lchanayotgan termometr qarshiligiga teng holatni egallaydi.
16- rasm. Avtomatik elektron muvozanat ko'prigining prinsipial sxemasi.
Doimiy tok manbaidan ishlaydigan muvozanat ko'prigining o'lchash sxemasi ham yuqoridagiga o'xshash, faqat uning elektron kuchaytirgichi tebranishli o'zgartirgich bilan ta'minlangan. Shuning uchun uning kuchaytirish potensiometrnikiga o'xshash.
Asbobsozlik sanoatida 0,25; 0,5; 1,0 aniqlik toifasiga ega bo'lgan KCM-1 va KCM-3 (diskli diagrammali) hamda KCM-2 va KCM-4 (lentali) diagrammali avtomatik muvozanat ko'priklar ishlab chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: |