Foydali qazilmalar



Yüklə 21,74 Kb.
səhifə3/4
tarix11.11.2023
ölçüsü21,74 Kb.
#131875
1   2   3   4
Yonuvchi foydali qazilmalar

TABIIY YONUVCHI GAZLAR. Ular asosan 90 % metan (CH4) gazidan va qo‘shimcha etan (C2H6), propan (C3H8), butan (C4H10) gazlaridan iborat.
Yonuvchi gazlar har doim neft tarkibida erigan holda uchraydi va ko‘pincha neftning ustki qismida to‘planadi va «yo‘ldosh gaz» deb ataladi. U neft bilan birga qazib olinadi. Yonuvchi tabiiy gazlar o‘zi ham mustqil gaz konlarini hosil qiladi. Neft va tabiiy yonuvchi gazlarning hosil bo‘lishi to‘g‘risida dunyo olimlari tomonidan juda ko‘plab fikrlar bayon qilingan. Bular orasida eng keng tarqalgani – ularning organik yo‘l bilan hosil bo‘lishi haqidagi gipotezadir. Uning mualliflari rus olimlari I.M.Gubkin va A.D.Arxangelskiydir. Ularning fikricha, neft va gazlar dengizning sayoz qismlarida, lagunalarda, quruqlikdagi yirik suv havzalarida
yashovchi umurtqasizlar, suv o‘tlari va bakteriyalarning yalpi qirilib ketishi natijasida ularning tanasi pelit yoki loyiqa cho‘kmasida to‘planib, uzoq vaqt davomida yuqori harorat va kuchli bosim ostida (yer yuzasidan 5–8 km chuqurlikda) bakteriyalar ishtirokida organik birikmalarga aylanadi. Organik birikmali loyqa qatlam «neft» hosil qiluvchi yoki «neftli ona jins» deb ataladi. Unda hosil bo‘lgan neft va gaz
kuchli bosim ostida g‘ovakli tog‘ jinslari – qumlar, g‘ovak qumtoshlarga o‘tib to‘planib, neft va gaz konlarini hosil qiladi.Tektonik nuqtai nazardan neft va gaz konlari, asosan, anticlinal strukturalarda, gumbazsimon burmalarda to‘planadi.
O‘zbekistonda neft va gazga boy bo‘lgan yirik regionlar mavjud.Ular Farg‘ona, Surxondaryo, G‘arbiy O‘zbekiston, Buxoro–Xiva, Ustyurt regionlaridir.
Neft konlaridan eng yiriklari Olamushuk, Polvontosh (Andijon viloyati), G‘alcha-Changora (Farg‘ona viloyati), Amudaryo (Surxondaryo viloyati) hisoblanadi.
Eng yirik gaz konlari: Gazli, Muborak, O‘rtabuloq, Kandim,Uchkir, Oqqum (Buxoro viloyati), Odamtosh (Qashqadaryo viloyati),Qo‘shtor (Surxondaryo viloyati) hisoblanadi.


Yüklə 21,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin