Foydali qazilmalar



Yüklə 21,74 Kb.
səhifə4/4
tarix11.11.2023
ölçüsü21,74 Kb.
#131875
1   2   3   4
Yonuvchi foydali qazilmalar

Yonuvchi slanetslar
Yonuvchi slanetslar» deb gili yoki mergeli bitumlashgan,yengil o‘t oluvchi va tutab yonuvchi jinslarga aytiladi. Ular yonganda ko‘p (40–70%) kul hosil bo‘ladi. Yonuvchi slanetslar tabiatda qatlam shaklida boshqa cho‘kindi jinslar bilan qatlamlanib yotadi. Tarkibidagi organik uglerod modda organik erituvchilarda erimaydi; faqat 360 °С haroratda qizdirilganda eriydi. Sanoat ahamiyati va paydo bo‘lishi bo‘yicha yonuvchi slanetslar ikki turga bo‘linadi: laguna – dengiz va ko‘l – chuchuk suv genezisli slanetslar. Sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgani – laguna va dengizda paydo bo‘lgan yonuvchi slanetslar konlaridir.

Ular juda katta maydonlarni (100–100000 km2) egallab yotadi. Bu turdagi yonuvchi slanetslar asosan dengizda yashovchi sodda mikroorganizmlar va turli suvo‘tlaridan paydo bo‘ladi. Yonuvchi slanetslarning yonish issiqligi 2000–3000 kkal/kg,ba’zan 4500 kkal/ kg ni tashkil etadi. Ular yonganda katta miqdorda kul hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan kul sement, qurilish g‘ishti, sun’iy toshlar va boshqa qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Yonuvchi slanetslar elektr quvvati olish uchun yoqilg‘i, kimyo sanoati uchun xomashyo va qurilish materiallari uchun qimmatbaho foydali qazilma hisoblanadi.


Tarkibini uglerod (50–80 %), vodorod (8–10 %), azot (5 %),oltingugurt (12–28 %) tashkil qiladi. Quruq haydalganda birlamchi qatron miqdori 30% gacha yetadi.
Qatronni quruq haydab, undan aviatsiya benzini, moylovchi yog‘lar, qattiq parafin, turli moylar, ixtiol tiokriolin va gaz olinadi. Gazdan oltingugurt olinadi.
Yonuvchi slanetslarning dunyo bo‘yicha zaxiralari asosan AQSH (250 mlrd t), Rossiya (80 mlrd t), Angliya (15 mlrd t), Shvetsiya (10 mlrd t), Boltiqbo‘yi davlatlarida (30 mlrd t) va Qozog‘istonda to‘plangan.


Adabiyotlar:


1. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka
taxdid, barqarorlik shartlari va kafolatlari. T. 1997.
2. O‘zbekiston respublikasining yer to‘g‘risidagi qonuni.
3. Betextin A.G. Mineralogiya kursi. T. «O‘qituvchi», 1969.
4. Qo‘shmurodov O., Qodirov M.H. Petrografiya. T. «Univer-
sitet», 1994.
5. Qo‘shmurodov O., Umarov A.Z., Ishbayev X.D. Kristallogra-
fiya. T. «Universitet», 2004.
6. Qo‘shmurodov O., Koneyev R.I., Umarov A.Z. Mineralogiya.
T. «Universitet», 2005.
7. Qodirov M.H., Shorahmedov Sh.Sh. Geolog iyadan amaliy
mashg‘ulotlar. Toshkent, «O‘zbekiston», 1994.
8. Qo‘shmurodov O. Foydali qazilmalar (ma’ruzalar matni).
«Universitet», 2002.
9. Tursunov M.X. Foydali qazilmalar. TDTU, 2000.
Yüklə 21,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin