Fragen – zum Text


-§ Unli tovushlar talaffuzining ayrim belgilari



Yüklə 3,69 Mb.
səhifə7/161
tarix11.01.2022
ölçüsü3,69 Mb.
#110940
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   161
3-§ Unli tovushlar talaffuzining ayrim belgilari

Hamma tillardagidek nemis tilida ham unli tovushlar o’zlarining asosiy belgilariga ega, so’z boshida, bo’g’in boshida, ochiq bo’g’inda, yopiq bo’g’inda va boshqa holatlarda unli tovushlar o’zbek tilidagi unli tovushlardan talaffuz jihatidan butunlay farq qiladi.

Shuning uchun ham nemis tilidagi har bir so’zni o’qitilishiga alohida e’tibor berish kerak bo’ladi. Nemis tilida 8 ta unli harf mavjud, lekin ular 16 tovushga ega.

Unli tovushlar:Ii, Ee, Ää, Aa, Oo, Uu, Öö, Üü Cho’ziq unlilar [i:], [e], [ε], [a], [o], [u], [ø], [y]. Qisqa unlilar [i], [ə], [ε], [a], [y ], [u], [oe], [y].

Üü tovushini talaffuz qilishda labni ozgina oldinga cho’zib „u“ tovushini aytiladi va lab holati o’zgartirilmasdan «yu » tovushiga o’tiladi. Übung, üben, Übersetzung.

Bo’g’inlar ikki xil bo’ladi ochiq bo’gin va yopiq bo’g’in. Unli bilan tugagan yoki tarkibida bitta unli bo’lgan bo’g’inlar ochiq bo’gin deyiladi. Ki ; no, hö; ren, agar so’zlarda ikki unli tovush birga kelsa u ham ochiq bo’g’in bo’lib cho’ziq aytiladi. Boot, Saal.

Bir yoki undan ortiq undoshlar bilan tugagan bo’g’inlar yopiq bo’gin deyiladi. Wind, Kopf, das. Ayrim so’zlarda bo’g’in undosh bilan tugasa ham o’qilishda cho’zib aytiladi. Bunday so’zlarni yodlab olish kerak, mana ular :er, wer, wem, dem, wen, den, erst, Wert, Erde, werden, Art, Bart , Arzt, Harz, nach, obst, Trost, tösten, Wuchs, Wüste.

«H h» tovushi so’z o’rtasida kelsa o’qilmaydi, so’z cho’ziq talaffuz qilinadi, ihm [i :m], Sohn [zo:n]. Faqatgina so’z boshida o’qiladi haben, heute « i » unli tovushidan keyin « e » tovushi kelsa bunday so’zlar ham cho’ziq talaffuz qilinib e tovushi „y“ deb o’qiladi. Liebe [Ii :be] viel [fi :1].

Ayrim so’zlarda ikkita « K » harfi kelsa , birinchi « K » o’rnida « c » - tse harfi qo’llanib ikkita « K » tarzida talaffuz qilinadi. Ecke [ekke], dick [dikk].


Topshiriqlar


  1. O’zbek va nemis tilidagi unlilar bir xilmi ?

  2. Quyidagi so’zlarni uzun, qisqa guruhlarga bo’ling .Abend, aber, Abfall, Bedarf, Bar, Bank, Band, eins, einsam, Einheit, wohnen, gehen, kommen, machen, spielen, Ekke, Farbe, früh, wenn, wann,

  3. Yopiq va ochiq bo’g’inlarga 5 ta dan so’z yozing.

  4. Quyidagi gaplarni yodlang

Mein Name ist Achmedow

Ich heiße Akbar

Ich wohne in Buchara, Mustaqillikstrasse

Ich bin Student und studiere an der Uni.

Mein Vater ist Arbeiter, meine Mutter ist Rentnerin.

Ich habe zwei Brüder und eine Schwester.





Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin