Xlodvig Xlodvig tez orada o‘z raqiblarini yengib, barcha frank qabilalari ustidan hukmronligini o‘rnatadi. 486-yilda Xlodvig franklar davlatiga asos soladi.
Varvar qabilalari yo‘lboshchilari ichida birinchi bo‘lib Xlodvig xristianlikni Rimdan qabul qiladi.
Franklar davrida ham mamlakatda asosiy ishchi kuchi qullar va kolonlar bo‘lib qolavergan. Dastlabki paytda franklar gallardan alohida yashaganlar.
Shimoliy Galliyada tashkil topgan frank qirolligi Xlodvigning vorislari davrida Burgundiya va Provansni bosib oladi.
Qirollar hokimiyati kuchayib borishi natijasida muhim qonunlar, qarorlar qabul qilish uchun xalq yig‘inlarini chaqirmay qo‘yadilar.
Xlodvig davrida franklarda mamlakat viloyatlarga bo‘linib, ularni qirol tayinlagan graflar boshqara boshlagan.
Graflar
VI asr oxiridan franklarning chek yerlari dehqon oilasining sotishi yoki in’om etishi mumkin bo‘lgan mulki – allodga aylanadi.
Galliyadagi Rim imperatoriga tegishli yerlarni o‘z mulkiga aylantirgàn frank qirollari, uning bir qismini o‘z yaqinlari va cherkovga ham in’om etganlar.
«Sali haqiqati».
Xlodvig buyrug‘iga binoan yozilgan franklarning an’anaviy odatlari to‘plami «Sali haqiqati» deb nomlangan. Xlodvig «Sali haqiqati»ni o‘qib eshittirmoqda
Bu to‘plam Yevropadagi eng mashhur odat huquqlari yodgorligiga aylanadi.
To‘plamning nomi unga faqat franklarning sali qabilasi qonunlari kiritilganligini anglatadi.