Ota –onalarning muhim vazifalari shundan iboratki, bunday farzandning har tomonlama rivojlanishini kuzatib, sezib turishlari lozim. Aniqroq qilib aytganda, bunday bolalarni o‘z vaqtida sezib iqtidorini aniqlash va uning rivojlanishiga yordam berishi kerak. N.N.Rimski -Korsakovni qobiliyatini 2 yoshligida, I.Ye.Repinning 4 yoshligida P.I.Chaykovskini 5 yoshida sezishgan. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy juda ham kichik yoshligida «Qush tili» asarini o‘rgangan, yoshligidan she’riyatga iqtidori borligini namoyon etgan.
Hozirgi zamon sharoitida turli ijtimoiy tuzilmalar ishida ijtimoi pedagog shug‘ullanishi lozim bo‘lgan ijtimoiy faoliyatning asosiy yo‘nalishlari aniqlanadi. Bu yo‘nalishlar quyidagilardan iborat:
Hozirgi zamon sharoitida turli ijtimoiy tuzilmalar ishida ijtimoi pedagog shug‘ullanishi lozim bo‘lgan ijtimoiy faoliyatning asosiy yo‘nalishlari aniqlanadi. Bu yo‘nalishlar quyidagilardan iborat:
2.2. Iqtidorli bolalar bilan ishlashda ijtimoiy pedagogning o’rni 1.Moddiy yordam ko‘rsatish (puldan, nafaqa va imtiyozlar,turmushda yordam);
2.Ijtimoiy g‘amxo‘rlikni tashkil qilish (odamlar bilan ish olib borish, hodimlarni tanlash) tekshiruv, ilg‘or tajribani targ‘ib qilish;
3.Insonga ta’sir o‘tkazish
Bolaga qiyin paytda yordam berish uni qo‘llab -quvvatlash oson ish emas.
Bolaga qiyin paytda yordam berish uni qo‘llab -quvvatlash oson ish emas.
Bolaga bu xolatni bartaraf etishda qanday yordam ko‘rsatish kerak? Ushbu vaziyatda ijtimoiy pedagog o‘zini qanday tutushi kerak?
Ma’naviy yordam berish, bola haqiqatda qiyin vaziyatda ekanligi, buni yengib o‘tish yo‘lini ko‘rsatish, ijobiy xulosaga kelish, to‘g‘ri qaror qabul qilishga o‘rgatish, hayotda hali yaxshi tomonga o‘zgararishlar bo‘lishiga ishontirish lozim.Pedagog bolaga yordam berishi mumkin bo‘lgan mutaxassislar, ijtimoiy muxofazani amalga oshiradigan idoralar bilan aloqa o‘rnatadi. Buning uchun pedagog chuqur bilimga, kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishi shart. Shundagina olib borilayotgan o‘quv -tarbiya ishlarida yaxshi natijalarga erishishi mumkin. Hozirda bu pedagogik mahorat deb ataladi.