FUQOROLI HUQUQI
Fuqarolik huquqi - huquq ajiralmas qismi hisoblanadi ; yuridik jihatdan teng boʻlgan subʼyektlar oʻrtasidagi mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi va mustahkamlovchi huquq normalari yigʻindisidan iborat. Fuqarolik huquqi oʻzining predmeti hisoblangan mulkiy va shaxsiy munosabatlarni tartibga solishda ishtirokchilarining tengligini eʼtirof etishga, mulkning daxilsizligiga, shartnomaning erkinligiga, xususiy ishlarga bironbir kishining oʻzboshimchalik bilan aralashishiga yoʻl qoʻyilmasligiga, fuqarolik huquqlari toʻsqinliksiz amalga oshirilishini, buzilgan huquqlar tiklanishini, ularning sud orqali himoya qilinishini taʼminlash zarurligiga asoslanadi. Fuqarolik huquqida mulkiy munosabatlar asosiy oʻrinni egallaydi. Mulkiy munosabatlar jumlasiga mulkni egallash, undan foydalanish va uni tasarruf etish, majburiyatlarni bajarish bilan bogʻliq munosabatlar va shahrik. kiradi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda Fuqarolik h uquqi
XX asr muqaddam vujudga kelgan, Rim quldorlik davlatining fuqarolik
xususiy huquqi tarixini o'rganish O'zbekiston yuristlari uchun dolzarb masalalardan
biridir. O'zbekiston Respublikasi insonparvar, mustaqil, suveren, huquqiy davlat
sifatida fuqarolik jamiyatini qurar ekan, u o'zining iqtisodiy siyosiy, ijtimoiy va
huquqiy munosabatlari orqali jahondagi barcha davlatlar bilan shartnomalar tuzish,
ularni bajarishlik munosabatlarini olib bormoqda va barcha davlatlar tomonidan
deyure sifatida tan olingan.
O'zbekiston yuristlari jahon madaniyatining huquqiy yodgorligi sifatida o'z
o'rnini qoldirgan Rim huquqini o'rganmasdan, uning ildizlariga yetmasdan, burjua
huquqini to'liq anglab olishlik nihoyatda murakkab ekanligini juda yaxshi tushunib
yetadi. 1804 yilgi Napoleon Fuqarolik Kodeksidan boshlab, 1900 yilgi Germaniya
Fuqarolik tuzuklari majmuasi (ulojeniyelari)va boshqa Yevropa, Osiyo va Afrika
mamlakatlarining fuqarolik va savdo kodekslari Rim fuqarolik xususiy huquqining
normalariga asoslanib qabul qilingan, chunki ularning eng asosiy maqsadi, xususiy
mulkni «muqaddaslashtirish»dir. Shu bilan birga iqtisodda hukmron bo'lgan sinf
vakillarining erki, irodasi va manfaatlarini qonun darajasiga ko'tarib, uni
mustahkamlashdan iboratdir.