10
G L O S S A R I Y
Elektrotexnologik qurilmalari – Elektr energiyasini ist‘mol qilib, uni boshqa turdagi energiyaga
aylantirish orqali va shu vaqtning o’zida texnologik jarayonlarni amalga oshirish uchun
mo’ljallangan qurilmalar.
Qattiq holat – o’tkazgichlar, yarim o’tkazgichlar va dielektriklar, metallar va nometallar, kristall
va amorf moddalar kiradi.
Suyuq holat –– o’tkazgichlar (metallar, to’zlar, ishqorlar va oksidlar eritmalari), dielektriklar
(mineral va organik), maxsus ko’rinishdagilar – suyuk kristallardir.
Gaz holat – murakkab aktiv moddalar bo’lib, ular oddiy moddalar bilan birikkan holda
keyinchalik kondensatsiya usuli bilan ajralib chiqadigan tayyor mahsulot xisoblanuvchi boshqa
birikmalar hosil qiluvchi sistemalarni tashkil qiladi
Plazma holat – ionlar darajasidagi transport jarayonlari va almashuv reaktsiyalarini ta‘minlovchi
elektr o’tkazuvchan muhitlar bo’lib, nurlanish energiya manbai sifatida va moddalar hamda aniq
mahsulotlarni qizdirish vositasi xisoblanadi
Elektrotermik qurilmalar – elektrotermik jihoz, uning energiya manbasi va avtomatik boshqarish
qurilmasidan iborat kompleks.
Qarshilik orqali qizdirish – elektr toki qattiq yoki suyuq jismlar orqali oqib o’tishi orqali elektr
energiyasi issiqlik energiyasiga aylanadi (Joul effekti)
Elektr yoyi orqali qizdirish – elektr energiyasi gazsimon muhitda yoki metall bug’idagi yoy
razryadida issiqlik energiyasiga aylanadi
Elektr yoyi va qarshiliq orqali qizdirish – qattiq va suyuq jismlarda elektr toki o’tishi jarayonida
va elektr yoy razryadida elektr energiyasi issiqlik energiyasiga aylanadi.
O’zgaruchan magnit maydonida qizdirish – elektr energiyasi o’zgaruvchan magnit maydon
energiyasiga va so’ngra shu maydonda joylashtirilgan jismlarda issiqlik energiyasiga aylanadi.
O’zgaruchan elektr maydonida qizdirish – elektr energiyasi o’zgaruvchan elektr maydon
energiyasiga va so’ngra shu maydonda joylashtirilgan jismlarda issiqlik energiyasiga aylanadi.
Elektron to’plami yordamida qizdirish – Elektron to’plami bilan bombardimon qilinayotgan
jismlarda ushbu to’plam energiyasi issiqlik energiyasiga aylanadi.
Issiqlikdan izolyatsiyalovchi materiallar – issiqlik isrofini kamaytirish uchun xizmat qiladi.
Qizitish elementlarining materiallari – qarshilik pechlari konstruktsiyasining asosiy qismi bo’lib,
pechlar ishlashining ishonchliligi va zarur bo’lgan texnologik rejimga rioya qilinishi ko’p
jihatdan ularga bog’liq
Termometrlar – elektr pechlarida xaroratni o’lchash uchun termoelektrik termometrlar keng
qo’llaniladi
Dostları ilə paylaş: |