Gandbol o‘yinining asosiy qoidalari Gandbol bo‘yicha musobaqalar qoidasi



Yüklə 1,77 Mb.
səhifə1/5
tarix08.10.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#129818
  1   2   3   4   5
gandbol


Gandbol (qo‘l to‘pi)
Reja:
  • Gandbol o‘yinining asosiy qoidalari

  • Gandbol bo‘yicha musobaqalar qoidasi


Bundan yuz yillar muqaddam daniyalik o‘qituvchi Xolger Nilson yangi sport o‘yini — „Xandboll“ni o‘ylab topdi. Qo‘l to‘pi, deb nom olgan bu o‘yin dastlab qizlar uchun mo‘ljallangandi. O‘yin qiziqarli bo‘lganligi uchun keyinroq o‘g‘il bolalar ham shug‘ullana boshladilar. Bu sport turida o‘yin boshlanishidanoq har bir o‘yinchi faol va to‘laqonli ishtirokchi bo‘lib qoladi. Gap shundaki, gandboldagi har bir harakat inson bolaligidan boshlab o‘rganadigan harakatlarga juda yaqindir. Ya’ni yurish, yugurish, sakrash, uloqtirishlar o‘yin mazmunini tashkil qiladi. To‘p uchun kurash, g‘oliblik o‘rinlari, yaxshi natija uchun intilish — bular o‘yin mazmunini to‘ldiradi. Gandbol tezlik, kuch, chaqqonlik, qo‘rqmaslik kabi sifatlarni tarbiyalaydi, bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlaydi. O‘yinda har bir ishtirokchi o‘z qobiliyatini yaxshi tomondan ko‘rsatadi.


Gandbol jamoa o‘yini bo‘lganligi sababli, o‘yinchilar harakati jamoa manfaatiga bo‘ysundiriladi. Shu bois o‘yinchi unga o‘zini to‘la bag‘ishlashi kerak. O‘yinda jismoniy sifatlargina emas, balki onglilik, faollik, intizom, maqsadga intilish, o‘zini tutish, hissiyotlarni jilovlash kabilar ham tarbiyalanadi. Shular qatori, o‘yinchida kuzatuvchanlik, e’tiborlilik, ijodiy tafakkur kabi xislatlar ham shakllana boradi. Gandbol o‘yinida ham boshqa o‘yinlarga o‘xshab belgilangan qoidalarga rioya qilgan holda raqib darvozasiga ko‘proq to‘p kiritish va o‘z darvozasini to‘p kirishidan himoya qilishdir. Ko‘p to‘p kiritgan jamoa g‘alaba qiladi.
Maydonda 7 kishidan iborat ikki jamoa o‘ynaydi (bir darvozabon va 6 maydon o‘yinchisi). Bir jamoadan o‘yinda hammasi bo‘lib 12 o‘yinchi ishtirok etishi mumkin (10 o‘yinchi va 2 darvozabon). Ammo o‘yinchilar maydon markazida almashsalarda, to‘g‘ridan to‘g‘ri almashtirilavermaydilar.
Jamoa tarkibida besh o‘yinchi bo‘lsa, o‘yin boshlanaveradi. O‘yinchi biror sababga ko‘ra maydondan chiqarib yuborilganda ham o‘yin to‘xtatilmaydi. Darvozabon o‘yinchilarni almashtira olmaydi, ammo o‘yinchilar darvozabonning o‘rniga turishlari mumkin. O‘yin 15 daqiqadan 2 taym davom etadi (orada 10 daqiqa tanaffus bo‘lib, darvozalar almashiladi). Gandbol o‘yini har qanday to‘p bilan har qanday maydon va hatto ko‘cha maydonlarida ham o‘ynalishi mumkin. Faqat maydon chizig‘i hamda 2 · 3 m hajmdagi darvoza belgilansa kifoya. O‘yin maydonini belgilash unchalik qiyin emas, darvoza oldida 6 metrli yarim doira (to‘p aynan shu joydan uriladi) va maydonni ikkiga bo‘lib turuvchi o‘rta chiziq bo‘lsa yetarli.
Gandbol o‘yini mashg‘ulotlarida muayyan qoidalarga amal qilinadi. Organizmni mashg‘ulotga tayyorlash uchun tayyorgarlik mashqlari bajariladi. Bu ba’zi noxushliklardan saqlaydi. Tayyorgarlik mashqlarida dastlab sekin yuguriladi, so‘ngra tezlashib, yo‘nalishlar o‘zgartiriladi (oldinga, orqaga burilib), oyoqdan oyoqqa sakrashlar bajariladi.
To‘pni joyda turib va harakatda bir-biriga uzatish, darvozaga urish mashq qilinadi. Shundan so‘ng o‘yinni boshlash mumkin:

  1. Maydonda intizom va tartibga rioya qilish kerak.

  2. O‘yin paytida baqiriq-chaqiriq qilmaslik lozim.

  3. O‘yinchilar o‘zaro urilib ketmaslikka harakat qilishlarizarur.

  4. Gandbol o‘ynaganda yengil, yumshoq, qulay poyabzalkiyilgani ma’qul.

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin