Gap bo'iaklari



Yüklə 95,5 Kb.
səhifə5/9
tarix29.09.2023
ölçüsü95,5 Kb.
#129558
1   2   3   4   5   6   7   8   9
gap bo\'laklarining tartibi

Vositali to'ldiruvchi. Bosh, qaratqich tushum kelishiklaridan boshqa kelishiklardagi va ko'makchili so'zlar bilan ifodalangan to'ldiruvchi vositali to'ldiruvchi deyiladi. Masalan: Boshimdan o'tganini o'zim bilaman.
Shodlik yo'lga boshladi meni, Baxtiyorlik bo'ldi odatim. (H.O.)
Maydon o'zining ko'rkamligi va ulug'vorligi bilan butun shaharga hush kiritgan edi. (P. Q.)
Vositali tuldiruvchi kimga? nimaga? kimdan? nimadan? kimda?nimada? kim bilan? nima bilan? kim haqida? nima haqida? kabi so'roqlardan biriga javob beradi. Masalan:
Do’st bilan obod uying.
Gar bo'lsa u vayrona ham. (E. V.)
Mehmonlarga har nav shirinliklar, pista, bodom, quruq mevalar tortildi. (0.)

Aniqlovchi va uning ifodalanishi


Predmetning turli belgilarini, bir predmetning ikkinchi predmetga qarashli ekanligini bildiruvchi ikkinchi darajali bo'lak aniqlovchi deyiladi. Aniqlovchi qanday? qanaqa? qaysi? qancha? kimning? nimaning? qayerning? kabi so'roqlaridan biriga javob beradi. Masalan: Oq, sariq. qizil, rang-barang chirmoviqlar, tikanli gullaming hammasi shudring bilan top-toza yuvilgan. (O.Yo.) Aniqlovchi asosan, otga bog'lamb keladi. Aniqlovchi qanday ma'noni ifodalashiga ko'ra uch xil: 1) sifatlovchi, 2) qaratqichli, 3) izohlovchi.
Sifatlovchi. Predmetning belgi-xususiyatL hajmi, shakli, maza-ta'mi, rang-turi, miqdor-darajasi, tartibi kabilarni bildiruvchi aniqlovchi turi sifatlovchi deyiladi. Sifatlovchi bog'lanib kelgan so'z sifatlanmish deyiladi. Sifatlovchi o'z sifatlanmishiga bitishib yoki bog'lanib, sifat, son, olmosh, ravish, sifatdosh. undov, taqlid so'zlar va so'z birikmasi bilan ifodalanadi.
Sifat bilan ifodalanishi: Nasiba g'ayratli, ishchan tashabbuskor bir qiz bo'lib o'sdi. (0. Yo.) Rang-barang gullar gulzorning husniga husn qo'shib turibdi. (Sh.R.)
Son bilan ifodalanishi. Uch og'ayini botirlar ertagini o'qidim. Ikkala do'st qizg'in bahslashardi.
Olmosh bilan ifodalanishi: Huv, o'sha aytgan yigit sizmisiz. Devor ortidagi qo'rg'onchada xotin kishi aytayotgan qo'shiq Bol-tavoyga huv, o'sha anorzor bog'ni, Salomatni eslatib qo'ydi (S. A.)

Yüklə 95,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin