Gap bo’laklari


Ega bosh kelishikdagi birliklar bilan ifodalanib, kim? nima? qayer? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi



Yüklə 64,53 Kb.
səhifə2/2
tarix08.05.2023
ölçüsü64,53 Kb.
#126561
1   2
1246372.pptx (1)

Ega bosh kelishikdagi birliklar bilan ifodalanib, kim? nima? qayer? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi.
Ega, odatda, yakka so‘z: ot, olmosh, harakat nomi, otlashgan so‘z (sifat, son, olmosh, sifatdosh, ravishdosh, ravish, taqlid so‘z, undov so‘z, modal so‘z) bilan ifodalanadi.
Kesim
Nima qildi?
Nima qilyapti?
Nima qilmoqchi?
Ega anglatgan predmetning predikativ belgisini ifodalaydigan, ega haqidagi hukmni bildiradigan bosh bo‘lak kesim deyiladi.
Kesim o‘zida predikativlikni aks ettiradigan, gapni grammatik jihatdan shakllantiradigan bosh bo‘lak hisoblanadi.
Kesim ifoda materialiga ko‘ra (qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanishiga ko‘ra) ikki turga ajratiladi: 1) fe’l kesim; 2) ot kesim.
Fe’l kesim. Turli fe’l shakllari bilan ifodalanadigan kesim fe’l kesim deb yuritiladi: Yo‘l chetida zarg‘aldoqlar sayraydi. (P.Q.). O‘rik qiyg‘os gullaganda, birdan havo sovib, laylakqor yog‘ib berdi. (P.Q.).
Fe’l kesim ba’zan frazeologik ibora bilan ham ifodalanadi: Tog‘ etagida qishloqning mirzateraklari elas-elas ko‘zga tashlanadi. (P.Q.).
Ot kesim. Fe’ldan boshqa so‘z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, ravish, undov va b.) bilan, shuningdek, fe’lning harakat nomi shakli bilan ifodalanadigan kesim ot kesim deb ataladi.
IKKINCHI
DARAJALI BO’LAKLAR
TO’LDIRUVCHI
ANIQLOVCHI
HOL
Toʻldiruvchi (tilshunoslikda) — gapning ot yoki otlashgan soʻz bn ifodalanadigan, harakatning obʼyekti boʻlgan predmetni koʻrsatib, asosan kesimga bogʻlanadigan boʻlagi. U oʻzi bogʻlangan soʻz kesimga nisbatan grammatik tobe munosabatda boʻladi. Boshqaruvchi soʻzga bogʻlanish xarakteriga koʻra, Toʻldiruvchi 2 xil boʻladi; vositasiz Toʻldiruvchi va vositali Toʻldiruvchi Vositasiz Toʻldiruvchi tushum kelishigidagi soʻz bn ifodalanadi va harakat bevosita yoʻnaltirilgan obʼyektni koʻrsatadi, oʻtimli feʼl kesimga bogʻlanib, kimni? nimani? qayerni? soʻroqlariga javob beradi. Qiyoslang: Vali akasini koʻrdi. Tushum kelishigi belgisiz ham qoʻllanishi mumkin; Karim kitob sotib oldi. Vositali Toʻldiruvchi joʻnalish, chiqish va oʻrinpayt kelishiklaridagi soʻzlar yoki koʻmakchi olgan soʻz bn ifodalanib, harakat holat bevosita yoʻnaltirilmagan obʼyektni anglatadi. Masalan: Akamga shaxmat oʻyini yoqadi; Bizdan doʻstlarga salom deng; Karim ruchka bn yozdi.
Aniqlovchi — gapning ikkinchi darajali boʻlagi. Shaxs,Narsa, hodisa nomiga tobelanib, uning belgisi (xususiyati, sifati) ni anglatadi. Aniqlovchining uch turi mavjud: 1) izohlovchi aniqlovchi (boshqa nomni bildiradi ularga jinsi, mansabi, unvoni, qarindoshchiligi (masalan, oʻzbek shoiri Furqat); 2) sifatlovchi aniqlovchi (masalan, keksa togʻlar); 3) qaratuvchi aniqlovchi — belgili yoki belgisiz qaratqich kelishigi shaklidagi soʻz bilan ifodalanadi (masalan, suvning beti yoki suv beti).
Hol (tilshunoslikda) — gapning ikkinchi darajali boʻlaklaridan biri boʻlib, ish-harakatning belgi-sifatini, uning bajarilish usulini, shu bajarilish bilan bogʻliq boʻlgan oʻrin, payt, sabab, maqsad, shart-sharoit, miqdordaraja kabi xususiyatlarini koʻrsatadi. Hol ravish, feʼl, ot, sifat, son, olmosh kabi soʻz turkumlari bilan, shuningdek, taklidiy soʻzlar bilan ifodalanadi: Odil uyalganidan qizarib ketdi (Oybek); Sulaymonov tantanali ravishda knopkani bosdi (Abdulla Qahhor); Yetti oʻlchab, bir kes (maqol). Ravishning barcha turlari hol vazifasida kela oladi.
Feʼlning ravishdosh, sifatdosh shakllari hol vazifasida keladi. Masalan, Saida kulib soʻzladi. Anvar jilmaygan holda kirib keldi. Oʻzbek tilida hol mazmun jihatdan 8 xil boʻladi: Tarz hol — ish-harakatning bajarilish holati, usuli va sifatini bildiradi, odatda feʼlga bogʻlanadi: Ular juda sekin yurishdi (Oybek). Miqdor-daraja holi — ishh-arakatning bajarilish darajasini, shu bajarilish bilan birga bogʻliq boʻlgan miqdorni bildiradi: Koʻp oʻyla, oz soʻzla (maqol). Sabab holi — harakat, holat yoki belgining roʻy berish saba-bini bildiradi. Bunday hollar feʼl bilan ifodalangan boʻlakka ham, ot bilan (keng maʼnoda) ifodalangan boʻlakka ham bogʻlana oladi:
Maqsad holi — harakat, holat yoki belgining roʻy berishidagi maqsadni anglatadi: Sizni deb bu yerga keldim, Yoʻlchi aka (Oybek). Shart holi — harakat, holatning biror shart asosida roʻy berishini bildiradi: Ishlasa, tishlaydi. Toʻsiqsizlik holi — harakat, holatning roʻy berishiga toʻsiq boʻla olmagan shartni bildiradi: U koʻrsa ham oʻzini koʻrmaslikka soladi. Oʻrin holi — harakat va holatning roʻy berishi, boshlanish, yoʻnalish oʻrnini va bu yoʻnalishdagi soʻnggi nuqtani bildiradi: Stansiyadan temiryoʻlchilar, shahardan hasharchilar yetib keldi (Asqad Muxtor). Har yerni qilma orzu, har yerda bor tosh-tarozu (maqol). Payt holi — harakat, holatning roʻy berish vaqtini anglatadi: Erta-indin bu yerlar qam chamandek yashnaydi (Sharof Rashidov).
E’tiboringiz uchun rahmat
Yüklə 64,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin