G’azal mulkining sultoni o`qituvchi



Yüklə 32,07 Kb.
səhifə5/5
tarix26.11.2023
ölçüsü32,07 Kb.
#135113
1   2   3   4   5
Alisher Navoiy tadbir ssenariysi

Sahna ko’rinishi
Yaxshidan bog’ qoladi.
Ko’klam kunlarining birida sulton Husayn saroyda yolg’iz o’tiraverib zerikibdi. Ancha vaqtdan beri Mir Alisherni ko’rmaganligi tufayli do’sti yashaydigan mahallaga yo’l olibdi.
Borib qarasa, do’sti yeng shimarib bog’da ishlayotgan ekan.
Husayn: - Hormang, do’stim! Nega shoirlar majlisida ko’rinmay qoldingiz desam, bog’bonlikni pesh qilibsizda?
Alisher: - ”Ko’klam kelsa, ko’chat ek” - degan ekan mashoihlar. Shu bog’dagi qurigan olmalarni qo’porib tashlab, o’rniga uch-to’rt tup yong’oq ekayapman.
Husayn: - Ey do’stim-ey, qarigan chog’ingizda bog’ qilishni nima keragi bor axir?
Bu yong’oqlar qachon hosilga kiradi –yu, mevasini qachon yeysiz? Undan ko’ra shu bog’da tinchgina gazal bitib o’tiravermaysizmi?
Alisher: - Do’stim, yaxshidan bo’g’ qoladi, degan naqlni eshitganmisiz? Men bu ko’chatlarni o’zim uchun emas, balki mahhalla bolakaylari uchun ekayapman. Bir kun kelib “Bu bog’ Mir Alisherdan qolgan!” deyishsa, shuning o’zi har qanday ne’matdan lazzatliroqdir.
Husayn:- Bo’lmasa, shu tillolarni olib qo’ying do’stim. Ko’chat olursiz!
Alisher: - Ana ko’rdinggizmi, do’stim, ekayotgan ko’chatlarim hozirdanoq hosil bera boshladi.
O`qituvchi: - Mir Alisher o’z davridanoq buyuk daholar safidan mustahkam o’rin olib, o’zbek nomini jahonga mashhur qilib, xalqimiz timsoliga aylandi. Uning ummon qadar bepayon ijodidan har kim o’z iste’dodiga yarasha bahramand bo’lmoqda. Zero Navoiyning har bayti hikmatli bir kitob.
O`qituvchi: - Biz shunday ulug’ mutaffakir shoirimiz borligidan fahrlanamiz, iftixor qilamiz, bugungi adabiy kechamiz Navoiyga, she’riyat dahosiga, bo’lgan ehtiromimizning bir ko’rinishidir.
O`qituvchi:
-Birin- ketin o’tib borar asrlarning karvonlari
Oh, ne choqlik xatarlidir uning oshar dovonlari,
Inson zoti murodiga azal-abad yetar edi,
Ushalsa gar umidvor zot Navoiyning armonlari.
O`qituvchi:
-Fursat keldi do’stu g’anim kimligini bilay bu kun,
Jami bashar farzandiga saodatlar tilay bu kun,
Ko’kka boqib sahar chog’i iltijolar qilay bu kun
Nurga to’lsin aziz bobom Navoiyning makonlari.

Bugun oz bo’lsa ham Navoiy bobomizni ruhini shod eta olgan bo’lsak o’zimizni baxtiyor hisoblaymiz. Biz ham bobomizdek o’qish, ilm olish, o’rganish, komil inson bo’lishga harakat qilamiz. Navoiy bobomizga bag’ishlab tayyorlangan bayram tadbirimiz ham nihoyasiga yetdi.


E’tiboringiz uchun rahmat!

[Введите текст]



Yüklə 32,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin